Zhao Yongfenning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ichki Mongoliya (Xitoy xalq respublikasi) Xuanxe daryosi havzasida yangi turdagi urbanizatsiya jarayoni va atrof-muhit o‘rtasidagi bog‘liqlikni tadqiq etish masalalari», 11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Gr284.
Ilmiy rahbar: Tojieva Zulxumor Nazarovna, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Gr.01.06.
Rasmiy opponentlar: Jumaxanov Shavkatjon Zairjanovich, geografiya fanlari doktori(DSc), dotsent, Xodjaeva Gulya Ashirbaevna, geografiya fanlari nomzodi, dosent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ichki Mongoliyaning Xuanxe daryosi havzasi shahar aglomeratsiyalarida urbanizatsiya va atrof muhit o‘rtasidagi bog‘liqlikka ta’sir etuvchi omillarni aniqlash asosida urbanizatsiya va atrof muhitning muvofiqlashtirilgan rivojlanish modeli va strategiyasining echimiga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ichki Mongoliyadagi (Xitoy) Xuanxe daryo havzasidagi urbanizatsiya va atrof-muhit o‘rtasidagi interaktiv bog‘lanishning (miqdoriy tahlil usullari va integral indeks modellari) tadqiqot usuli takomillashtirilgan;
tizim nazariyasi nuqtai-nazaridan urbanizatsiya va atrof muhit o‘rtasidagi o‘zaro taʻsir va bog‘lanishning miqdoriy analitik modeli yaratilgan hamda urbanizatsiya jarayoniga atrof muhit ta’siri reaksiyasi makroskopik mashtabda ilmiy jihatdan asoslangan;
urbanizatsiya va atrof muhit o‘rtasidagi o‘zaro taʻsirning makon va zamondagi dinamik o‘zgarishlaridagi qonuniyatlari va mexanizmlari ishlab chiqilgan hamda muvofiqlashtirilgan rivojlanishga taʻsir qiluvchi asosiy (to‘siq darajasi modeli, mezon qatlami va indeks qatlami) to‘siq omillari aniqlangan;
ArcGIS dasturi asosida Ichki Mongoliyadagi Xuanxe daryo havzasida yangi turdagi urbanizatsiya jarayoni va atrof-muhit o‘rtasidagi muvofiqlashtirish darajasining hududiy o‘zgarishlar kartasi hamda bog‘lanish indeksining hududiy ajratilish kartalari yaratilgan;
atrof-muhit va resurs salohiyatiga mutanosib keladigan hududiy iqtisodiy o‘sish modeli hamda urbanizatsiya jarayoni uchun optimallashtirish yoʻli va muvofiqlashtirilgan rivojlanish strategiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ichki Mo‘g‘ulistonning Sariq daryosi havzasida yangi turdagi urbanizatsiya va ekologik muhit o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganish natijasida olingan ilmiy natijalar asosida:
Ichki Mongoliyadagi Xuanxe daryo havzasidagi urbanizatsiya va atrof-muhit o‘rtasidagi interaktiv bog‘lanishning tadqiq etishning takomillashtirilgan usuli urbanizatsiya jarayonining atrof muhitga ta’sirini baholashda Jining Normal universiteti amaliyotiga joriy etilgan (Xitoy Xalq Respublikasi, Jining Normal universiteti, Geografiya fanlari va rejalashtirish maktabi, 2023-yil 04-dekabrdagi 20231204-002-son ma’lumotnomasi). Natijada, urbanizatsiya jarayonining ekologik holatga ta’sirini baholash aniqligini oshirish imkonini bergan;
tizimlarni birlashtirish nazariyasi nuqtai-nazaridan yaratilgan urbanizatsiya va ekologik muhitning nazariy tadqiqot asoslaridan, Xitoy Ichki Mo‘g‘uliston Sariq daryo havzasining shahar aglomeratsiyasida yangi turdagi urbanizatsiya va ekologik muhitni muvofiqlashtirilgan holda rivojlanishi, makon va zamondagi o‘zaro ta'sirning evolyusiya jarayonlari, qonuniyatlari va qonunlari, ekologik muhitini birgalikda rivojlantirish modellaridan foydalanilgan (Xitoy Xalq Respublikasi, Jining Normal universiteti, Geografiya fanlari va rejalashtirish maktabi, 2023-yil 04-dekabrdagi 20231204-002-son ma’lumotnomasi). Natijada, Ichki Mo‘g‘ulistonda yangi turdagi urbanizatsiya jarayonlarini rejalashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirich imkoniyatini bergan;
urbanizatsiya va ekologik muhit o‘rtasidagi o‘zaro taʻsirning makon va zamondagi dinamik o‘zgarishlaridagi qonuniyatlari va mexanizmlari ishlab chiqilganligi hamda muvofiqlashtirilgan rivojlanishga taʻsir qiluvchi asosiy (to‘siq darajasi modeli mezon qatlami va indeks qatlami) to‘siq omillari aniqlanganligi Ichki Mo‘g‘ulistonning Sariq daryosi havzasida yangi turdagi urbanizatsiya va ekologik muhit o‘rtasidagi makon va zamondagi o‘zgarish jarayonlari, ular o‘rtasidagi o‘zaro taʻsirining qonuniyatlarini asoslashda foydalanilgan (Xitoy Xalq Respublikasi, Shinjon pedagogika universiteti, Geografiya fanlari va turizm maktabi, 2023-yil 05-dekabrdagi 20231205-002-son ma’lumotnomasi). Natijada, ekologik jihatdan zaif mintaqalarda inson va er munosabatlarini nazariy o‘rganish va amaliy jihatdan urbanizatsiyaning yangi turini va shahar aglomeratsiyalarining ekologik muhitini birgalikda rivojlantirish modellari va chora-tadbirlarini ishlab chiqish umkoniyatini bergan;
atrof-muhit va resurs salohiyatiga mutanosib keladigan mintaqaviy iqtisodiy o‘sish modeli, shuningdek, yuqori sifatli urbanizatsiya jarayoni uchun optimallashtirish yoʻli va muvofiqlashtirilgan rivojlanish strategiyasi, ArcGIS dasturi asosida Ichki Mo‘g‘ulistondagi Sariq daryo havzasida yangi turdagi urbanizatsiya jarayoni va ekologik muhit o‘rtasidagi muvofiqlashtirish darajasining hududiy o‘zgarishlar kartasi hamda bog‘lanish indeksining hududiy ajratilish kartalari yaratilganligi mintaqaviy siyosatda yangi turdagi urbanizatsiya jarayonlari, shahar aglomeratsiyasi va ekologik muhitni o‘zaro bogliq holda rivojlantirish modellarini asoslashda foydalanilgan (Xitoy Xalq Respublikasi, Shinjon pedagogika universiteti, Geografiya fanlari va turizm maktabi, 2023-yil 05-dekabrdagi 20231205-002-son ma’lumotnomasi). Natijada, Ichki Mo‘g‘uliston Sariq Daryo havzasida yangi turdagi urbanizatsiya jarayoni va ekologik muhit o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik munosabatlari modellarini, rivojlanishda istiqbol strategik rejalarini takobillashtirish imkonini bergan.