O‘lmasov Axadjon Akromjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mashinasozlik uchun kompozision termoplastik polimer materiallarining samarali tarkiblari va ulardan qoplamalar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T3806.
Ilmiy rahbar: Negmatov Sayibjan Sadikovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Tulyaganova Vasila Sunnatillaevna, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Qarshiev Mamaraim Sanaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mashinasozlik uchun kompozision termoplastik polimer materiallarining samarali tarkiblari va ulardan qoplamalar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
termoplastik polimer va organomineral to‘ldiruvchilarning turi, miqdori va nisbatiga hamda elektromagnit ishlov berish rejimlarining fizik modifikatsiyalangan kompozision termoplastik polimer materiallari va ular asosidagi qoplamalarning fizik-mexanik xususiyatlarining o‘zgarishiga ta’siri asoslangan;
organomineral to‘ldiruvchilarning turi, miqdori va nisbati, elektromagnit ishlov berish rejimlari va texnologik parametrlarning kompozisiyaning issiqlikka chidamli, antifriksion xususiyatlariga ta’sirini o‘rganish orqali modifikatsiyalangan kompozision termoplastik polimer materiallari va ular asosidagi qoplamalarning optimal tarkiblari ishlab chiqilgan;
kukunsimon termoplastik qoplamalarga magnit maydonining ta’sir etish vaqtining oshishi bilan uning mustaxkamlik xossalari 1,28-1,6 martaga oshishi, adgezion mustahkamligi esa to‘ldirilmagan va ishlov berilmagan qoplamalarga qaraganda 2-3 marta yuqori ekanligi aniqlangan;
fizik modifikatsiyalangan issiqlikka chidamli, antifriksion kompozision termoplastik polimer materiallari va ular asosidagi qoplamalarning xususiyatlarini aniqlashda ishqalanish koeffisienti va tannarxining o‘rtacha 25 % ga pasayishi hamda mashina va mexanizmlarning ishchi organlarining ishlash qobiliyati va umrboqiyligini 2,0-2,5 marta ortishi aniqlangan;
mashina va mexanizmlarni ishchi organlarining ishqalanish agregatlarida qo‘llash uchun organomineral to‘ldiruvchilar bilan fizik modifikatsiyalangan kompozision termoplastik polimer materiallar va ulardan qoplamalarni olish uchun elektromagnit ishlov berish bo‘yicha samarali texnologiya ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mashinasozlik uchun kompozision termoplastik polimer materiallarining samarali tarkiblari va ulardan qoplamalar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan modifikatsiyalangan kompozision termoplastik polimer materiallari va ulardan magnit maydonida ishlov berish orqali tayyorlangan polimer qoplamalari Piskent paxta tozalash zavodi mashina va mexanizmlarning ishchi organlarida amaliyotga joriy etilgan (“O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi paxtachilik kengashining ilmiy tadqiqot organi”ning 2024 yil 20 martdagi 02-11/123a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kompozision polimer qoplamalarining atmosfera sharoitida xizmat qilish muddatini 2-4 barobar, paxta tozalash mashinalari va mexanizmlarining samaradorligi oshirish imkonini bergan;
yuqori fizik-mexanik va ekspluatatsion xususiyatlarni ta’minlovchi, fizik modifikatsiyalangan kompozision termoplastik polimer qoplamalarni olishning ishlab chiqilgan samarali texnologiyasi Piskent paxta tozalash zavodida amaliyotga joriy etilgan (“O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi paxtachilik kengashining ilmiy tadqiqot organi”ning 2024 yil 20 martdagi 02-11/123a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, paxta mashinalari va mexanizmlarining mahsuldorligi 7,0-14,0%ga oshirish imkonini bergan.