Axmedov Otajon Maxamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Byudjet tashkilotlarida qurilish-ta’mirlash xarajatlari auditini takomillashtirish”, 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt2465.
Ilmiy rahbar: Ostonokulov Azamat Abdukarimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mamatqulov Murodjon Shukurovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dosent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: byudjet tashkilotlarida qurilish-ta’mirlash xarajatlari auditini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan qurilish-ta’mirlash xarajatlari auditi bo‘yicha nazorat xavf tahlilini amalga oshirishda xavf darajasining qiymati 2 va undan yuqori bo‘lganda, audit ob’ektiga «yuqori» xavf darajasi, 1,5 va 2 oralig‘ida bo‘lsa (1,5 ham kiradi), «o‘rta» xavf darajasi, 1 va 1,5 oralig‘ida bo‘lsa, «past» xavf darajasini belgilash taklif etilgan;
byudjetdan moliyalashtiriladigan qurilish-ta’mirlash xarajatlari auditining kengaytirilgan dasturi va rejasining namunaviy shakli taklif qilingan;
byudjetdan moliyalashtiriladigan qurilish-ta’mirlash xarajatlari auditi jarayonida “Shaffof qurilish” axborot tizimi ma’lumotlar bazasidan foydalangan holda dastlab shakllantirilgan hamda tegishli tartibda ekspertizadan o‘tkazilgan qurilish smetalari ma’lumotlarini taqqoslash va tahlil qilish yuzasidan audit amallarini o‘tkazish taklif etilgan;
byudjet tashkilotlarida qurilish-ta’mirlash xarajatlari auditi natijalarini umumlashtiruvchi auditorlik hisobotining namunaviy shakli taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Byudjet tashkilotlarida qurilish-ta’mirlash xarajatlari auditini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan qurilish-ta’mirlash xarajatlari auditi bo‘yicha nazorat xavf tahlilini amalga oshirishda xavf darajasining qiymati 2 va undan yuqori bo‘lganda, audit ob'ektiga «yuqori» xavf darajasi, 1,5 va 2 oralig‘ida bo‘lsa
(1,5 ham kiradi), «o‘rta» xavf darajasi, 1 va 1,5 oralig‘ida bo‘lsa, «past» xavf darajasini belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati inspesiyasining 2023 yil 18 oktyabrdagi 14-05-199-sonli ma’lumotnomasi bilan amaliyotga joriy etildi. Natijada, davlat moliyaviy nazorati tizimida byudjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan qurilish-ta’mirlash xarajatlarining moliyaviy auditini o‘tkazishda xavf darajasini «yuqori», «o‘rta» va «past» darajalarga guruxlash hamda ularni baholash natijasida audit o‘tkazishda asosiy maqsadga erishish uchun cheklangan vaqtdan samarali foydalanib, natijadorlikni oshirishga xizmat qildi;
byudjetdan moliyalashtiriladigan qurilish-ta’mirlash xarajatlari auditining ilk marotaba kengaytirilgan dasturi va rejasining namunaviy shakli yuzasidan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati inspesiyasining 2023 yil 18 oktyabrdagi 14-05-199-sonli ma’lumotnomasi bilan amaliyotga joriy etildi. Bu orqali, Davlat moliyaviy nazorati inspesiyasida qurilish-ta’mirlash xarajatlari auditining tayyorgarlik bosqichida xodimlarga audit ob'ektlarida ishni tizimli tashkil etish, auditni keng qamrovda, to‘liq va sifatli tashkillashtirishga xizmat qildi;
byudjetdan moliyalashtiriladigan qurilish-ta’mirlash xarajatlari auditi jarayonida “Shaffof qurilish” axborot tizimi ma’lumotlar bazasidan foydalangan holda qurilish-ta’mirlash uchun dastlabki ishlab chiqilib, tegishli tartibda ekspertizadan o‘tkazilgan qurilish smetalari ma’lumotlarini taqqoslash va tahlil qilish yuzasidan audit amallarini o‘tkazish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati inspesiyasining 2023 yil 18 oktyabrdagi 14-05-199-sonli ma’lumotnomasi asosida amaliyotga joriy etildi. Bu orqali, audit o‘tkazish jarayonida “Shaffof qurilish” axborot tizimi ma’lumotlar bazasidan foydalangan holda qurilish-ta’mirlash uchun ishlab chiqilgan dastlabki (asli) qurilish smetasi ma’lumotlarini buyurtmachi yoki pudratchi taqdim etgan qurilish smeta ma’lumotlari bilan taqqoslash orqali umumiy smeta narxi o‘zgarmagan holda ish hajmlarida tafovutlar aniqlangan hamda byudjet mablag‘larini noo‘rin sarflanishining oldi olinishiga xizmat qilgan;
byudjet tashkilotlarida qurilish-ta’mirlash xarajatlari auditi natijalarini umumlashtiruvchi auditorlik hisobotining namunaviy shakli taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati inspesiyasining 2023 yil 18 oktyabrdagi 14-05-199-sonli ma’lumotnomasi bilan amaliyotga joriy etildi. Natijada, auditorlar tomonidan o‘tkazilgan audit natijalarini tizimlashtirish, hisobotlarni shakllantirish, ularni tahlil qilish hamda tizimli xato va kamchiliklarni kelajakda bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqishga xizmat qilib, byudjet tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlashga zamin yaratdi.