Umarov Islom Alisherovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Yo‘l harakatiga doir huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etishni takomillashtirish”, 12.00.14 – Huquqbuzarliklar profilaktikasi. Jamoat xavfsizligini ta’minlash. Probatsiya faoliyatiixtisosligi bo‘yicha (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Yu.1391.
Ilmiy rahbar: Turgunov Oybek Karimovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, DSc.32.30.12.2020.Y.74.03.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Isamiddin, yuridik fanlar doktori, professor; Raximov Kamoliddin Muxamadjonovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi yo‘l harakatiga doir huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etishni takomillashtirishga doir taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy davlat hokimiyati organlari zimmasiga “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi O‘RQ-900-son Qonuni talablari asosida yo‘l-transport hodisalarining profilaktikasi bo‘yicha choralar ko‘rish vakolatlar yuklatilishi zarurligi asoslantirilgan;
transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish huquqi berilgan tadbirkorlik subektlarining hisobini yuritish Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati zimmasiga yuklash zarurati asoslantirilgan;
yo‘l harakati qoidalari buzilishining profilaktikasini tashkil etish uchun texnik ko‘rikdan o‘tishda xaydovchi tomonidan sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari, shuningdek yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi statistik ma'lumotlardan foydalanish zaruriyati asoslantirilgan;
transport vositalarini navbatdagi texnik ko‘rikdan belgilangan muddatdan kechiktirmay o‘tkazilishi shartligini ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilash zarurligi asoslantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
mahalliy davlat hokimiyati organlarining yo‘l harakati sohasidagi vakolatlari sifatida yo‘l-transport hodisalarining profilaktikasi bo‘yicha choralar ko‘rishi, aholi o‘rtasida Yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishi bo‘yicha targ‘ibotni amalga oshirishini belgilashga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 19 yanvardagi “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi O‘RQ-900-son Qonunining 8-moddasi birinchi qismi o‘n birinchi bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning |o‘zini- o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2024-yil 29-maydagi 04/1010-31-son dalolatnomasi). Ushbu taklif yo‘llarda harakatlanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshirishda mahalliy davlat hokimiyati organlarining vazifalari aniq belgilanishiga xizmat qilgan;
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash yo‘l-transport hodisalari ro‘y berishi sabablarining oldini olishga va ularning oqibatlarini yumshatishga qaratilgan faoliyat ekanligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 19 yanvardagi “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi O‘RQ-900-son Qonunining 5-bobining “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash” deb nomlangan 34-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning |o‘zini- o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2024-yil 29-maydagi 04/1010-31-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi yo‘llarda harakatlanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni oldini olishning muhim elementlaridan bir huquqiy tartibga solinishiga va natijada mazkur huquqbuzarliklarning profilaktikasi faoliyati rivojlantirilishiga xizmat qilgan;
transport vositalari egalari transport vositalarini navbatdagi texnik ko‘rikka belgilangan muddatdan kechiktirmay taqdim etishlari shartligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 9 martdagi “Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 125-son Qaroriga 1-ilova bilan tasdiqlangan Nizomning 2-bobi 12-bandi 2-xatboshini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-maydagi 04/1010-31-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi yo‘llarda harakatlanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni oldini olishning muhim elementlaridan bir huquqiy tartibga solinishiga va natijada mazkur huquqbuzarliklarning profilaktikasi faoliyati rivojlantirilishiga xizmat qilgan;
YHXX taqdim etilgan hujjatlar asosida tadbirkorlik sub’ektini jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan M1 toifadagi transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun zarur sharoitlarga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari hisobini yuritish reestriga kiritib, Ichki ishlar vazirligining Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytiga joylashtiradi hamda bu haqda tadbirkorlik sub’ektini xabardor qiladi degan taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 9 martdagi “Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 125-son Qaroriga 1-ilova bilan tasdiqlangan Nizomning 2-bobi 21-bandi 2-xatboshini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-maydagi 04/1010-31-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bo‘linmalarining faoliyatini takomillashtirishga xizmat qilgan.