Latibov Shoxruxbek Maxamatyusup o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmogʻi nomi): “Jismoniy tarbiya va sportda mehnat muhofazasini boshqaruv va tashkil etish tizimini joriy etish samaradorligini oshirish”, 05.10.01 – Mehnatni muhofaza qilish va inson faoliyati xavfsizligi; (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2968
Ilmiy rahbar: Narziev Shovkiddin Murtozaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.07 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Yo‘ldosheva Ozodaxon Muxammadsodiq qizi, texnika fanlari doktori (DSc), dotsent; Shukurova Sayyora Sa’dullaevna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: jismoniy tarbiya va sportda mehnat muhofazasini boshqaruv va tashkil etish tizimini rivojlantirish hamda sport faoliyati ishtirokchilari xavfsizligini ta’minlash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jismoniy tarbiya va sport faoliyatida mehnat muhofazasini boshqaruvi va tashkil etish tizimi hamda xavfli holat, xavfli hodisa yuzaga kelishi mehnat muhofazasini boshqaruv va tashkil etishga ta’sirini baholash imkoniyatini beruvchi boshqaruv jarayonidagi bir-biridan mustaqil uch bosqichni va uch turdagi boshqaruvni olib borishni ifodalovchi matematik model ishlab chiqilgan;
jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarida mehnat muhofazasini boshqaruvi tuzilmasi va elementlar ierarxiyasi orqali takomillashtirilgan;
sport tashkilotlari mehnat muhofazasi xizmati (boshqarmasi, bo‘limi, shu’basi, mutaxassisi) boshqaruv va tashkil etish tizimi, sportchining jismoniy o‘quv mashqlari, sport o‘yinlari, musobaqalar jarayonidagi shikastlanishlarining chastotasini inobatga olgan holda monografik balli baholash usulli ishlab chiqilgan;
jismoniy tarbiya va sportda mehnat muhofazasini boshqaruv va tashkil etish tizimi ehtimollar nazariyasi qonunlari asosida matematik baholash usullida davlat, ma’muriy, jamoatchilik boshqaruvi ishtiroki inobatga olingan holda mantiqiy blok sxemasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jismoniy tarbiya va sportda mehnat muhofazasini boshqaruv, tashkil etish tizimlarini joriy etishga va samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy izlanishlar natijalari asosida:
Jismoniy tarbiya va sportda mehnat muhofazasini boshqaruv, tashkil etish tizimlarini samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy ishlarni tahlili qilinib, tizimining funksiyalari va vazifalarni nazariy asoslangan. Jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarida mehnat muhofazasining boshqaruv va tashkil etishni takomillashtirilgan tizimining algoritmi va matematik modeli Toshkent shahar Bolalar va o‘smirlar sport maktabiga joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023 yil 18-avgustdagi №03-01/04/20/8450-son ma’lumotnomasi). Natijada jismoniy tarbiya va sportda mehnat muhofazasini boshqaruv va tashkil etishni takomillashtirish imkonini beragan;
Kasbiy xavflar darajasini hisobga olgan holda jismoniy tarbiya va sportda mehnat muhofazasini boshqaruv va tashkil etish tizimining tuzilmasi Andijon 1-son sport maktabiga joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023 yil 18-avgustdagi №03-01/04/20/8450-son ma’lumotnomasi). Natijada sport tashkilotlarida mehnat muhofazasining boshqaruv va tashkil etish tizimining samarali ishlashiga erishilgan;
Jismoniy tarbiya va sportda mehnat muhofazasini boshqaruv va tashkil etish tizimini joriy etish orqali sport guruhida shikastlanishlar ehtimolini 40 foizga kamaytirish, ular (shikastlanishlar) tufayli guruhdagi sportchilar sonini (yo‘qotgan kunlarni) qisqarishi evaziga, o‘rtacha har bir sportchiga sarf-xarajati 350 ming so‘mga tejaladi. Mehnat muhofazasini boshqaruv va tashkil etish tizimi Toshkent shahar Bolalar va o‘smirlar sport maktabiga joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023 yil 18-avgustdagi №03-01/04/20/8450-son ma’lumotnomasi). Natijada jismoniy tarbiya va sportda mehnat muhofazasini boshqaruv va tashkil etish tizimini joriy etish mexanizmni shakllantirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish