Usmonova Dona Satvoldievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Frazeologik birliklarning aksiologik xususiyatlari”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fil2048.
Ilmiy rahbar: Zokirov Muxtor Turdalievich, filologiya fanlari nomzodi, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Sultonova Shohista, filologiya fanlari doktori, professor; Akramov Shukurjon, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi turli tizimli tillardagi aksiologik xususiyatga ega frazeologik birliklarni aniqlash va ularning kundalik muloqotda keng qo‘llaniladigan umume’tirof etilgan lingvistik birliklar sifatida lingvopragmatik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
baholashning aksiologik va lingvistik tushuncha bo‘lganligi, unda qadriyatli munosabat va til ifodasining jihatlari o‘z ichiga olinganligi, til shaxsini shakllantirishda va atrof-muhit bilan o‘zaro ta’sirda muhim o‘rin egallashi, sub’ektiv qabul qilish, hissiy reaksiyalar va ushbu ob’ekt yoki voqealar haqida chiqargan mantiqiy xulosalarga bog‘liqligi asoslangan;
aksiologik ma’noli frazeologizmlarning tadqiqi mazkur til egalarining madaniy va milliy xususiyatlarini tushunishga yordam berishi, ma’lum bir vaziyatni qayta tafakkur qilishda ahamiyatga ega bo‘lishi, bir frazeologik ibora til jamiyatining qadriyatlar tizimiga asoslangan bahoni o‘z ichiga olishi aniqlangan;
frazeologik birliklar ma’lum bir fikrni qisqa va aniq ifodalashga imkon berishi, milliy madaniyat, an’analar va turmush tarzi xususiyatlarini etkazishi, nutq hamda matnga yorqin obraz, hissiy rang yaratishga yordam berishi, tilning semantik tizimi, milliy xarakter va xalqning mentalitetini aks ettirishi isbotlangan;
inson xulq-atvori turlari, shuningdek, aksiologik xususiyatga ega bo‘lgan frazeologik birliklarning ma’nosiga ko‘ra tasnifi amalga oshirilgan, xususan, ijobiy va salbiy qadriyatlar ajratilgan bo‘lib, ular inson hayotining xatti-harakatlari, faoliyati, fazilatlari va boshqa jihatlari to'g'risidagi qadriyatlarni aks ettirish dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turli tizimli tillardagi aksiologik xarakterdagi frazeologik birliklarni lingvopragmatik o‘rganish jarayonida olingan ilmiy natijalar va xulosalar quyidagilarga yordam berdi:
baholashning aksiologik va lingvistik tushuncha bo‘lganligi, unda qadriyatli munosabat va til ifodasining jihatlari o‘z ichiga olinganligi, til shaxsini shakllantirishda va atrof-muhit bilan o‘zaro ta’sirda muhim o‘rin egallashi, sub’ektiv qabul qilish, hissiy reaksiyalar va ushbu ob’ekt yoki voqealar haqida chiqargan mantiqiy xulosalarga bog‘liqligi haqidagi xulosalaridan “EMI (ingliz tili oʻqitish vositasi sifatida)” loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Fargʻona davlat universitetining 2023–yil 11–sentyabrdagi 28-son sertifikati 01-4110-son ma’lumotnomasi). Natijada, aksiologik xususiyatga ega frazeologik birliklarni yaratish va tanlash, frazeologik o‘zlashtirishning asosiy yo‘nalishini aniqlash bo‘yicha berilgan ma’lumotlar loyiha doirasida tayyorlangan materiallarning mazmunini takomillashtirishga xizamat qilgan;
aksiologik ma’noli frazeologizmlarning tadqiqi mazkur til egalarining madaniy va milliy xususiyatlarini tushunishga yordam berishi, ma’lum bir vaziyatni qayta tafakkur qilishda ahamiyatga ega bo‘lishi, bir frazeologik ibora til jamiyatining qadriyatlar tizimiga asoslangan bahoni o‘z ichiga olishiga doir xulosalardan Farg‘ona davlat universitetida 2020-2021-yillarda amalga oshirilgan “UniCEN – Amerika universitetlari hamkorlik doirasi” grant loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2023-yil 6-oktyabrdagi 04/4881-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyihaning ilmiy-nazariy asoslari takomillashtirilgan va boyigan;
frazeologik birliklar ma’lum bir fikrni qisqa va aniq ifodalashga imkon berishi, milliy madaniyat, an’analar va turmush tarzi xususiyatlarini etkazishi, nutq hamda matnga yorqin obraz, hissiy rang yaratishga yordam berishi, tilning semantik tizimi, milliy xarakter va xalqning mentalitetini aks ettirishiga doir xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar masalalari agentligining faoliyatida yosh avlodni ma’naviy barkamol hamda istiqlolimizga sadoqat ruhida tarbiyalashga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, targ‘ibot ishlariga ma’ruzalar tayyorlash, shuningdek, turli tashkilotlarda ijodkor yoshlar uchun o‘tkazilgan seminar va tadbirlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2023-yil 13-sentyabrdagi 02-22/642-son ma’lumotnomasi). Natijada ma’ruza materiallarining targ‘ibot-tashviqot ishlarida, yoshlar uchun turli seminar va tadbirlarni tashkil etishda ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy ahamiyati oshdgan;
inson xulq-atvori turlari, shuningdek, aksiologik xususiyatga ega bo‘lgan frazeologik birliklarning ma’nosiga ko‘ra tasnifi amalga oshirilgan, xususan, ijobiy va salbiy qadriyatlar ajratilgan bo‘lib, ular inson hayotining xatti-harakatlari, faoliyati, fazilatlari va boshqa jihatlari to'g'risidagi qadriyatlarni aks ettirishi borasidagi ilmiy xulosa va natijalaridan Farg‘ona davlat universiteti va Britaniya Kengashi hamkorligidagi “Change Academy” loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2023-yil 6-oktyabrdagi 04/4882-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya materillari o‘qitish sifati va samaradorligiga ta’sir etgan, o‘quvchilarning ushbu fanlarni o‘zlashtirish darajasini oshirishga xizmat qilgan.