Ismailov Mirzakul Sherkulovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Cho‘l va yarim cho‘l sharoitida qorako‘lchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirishning seleksion-texnologik asoslari», 06.02.03–Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/Qx66.

Ilmiy maslahatchi: Yusupov Suratbek Yunusovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Samarqand veterinariya medisinasi instituti, Chorvachilik va parandachilik ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.V/Qx.12.01.

Rasmiy opponentlar: Ombaev Abdiraxman Moldanazarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Ro‘ziboev Nuraddin Raximovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Shakirov Qaxramon Jo‘raboevich qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonning cho‘l va yarim cho‘l hududlarida qorako‘l qo‘ylarining mahsuldorligiga irsiy va paratipik omillarning ta’siri va tarmoq samaradorligini oshirishni ta’minlovchi takomillashtirilgan seleksion usullar va innovatsion ishlanmalarni yaratishdan iborat.

II. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

yangi ekologik hududda olmos rangbaranglikdagi qorako‘l qo‘ylari suruvini yaratish usuli ishlab chiqilgan;

qorako‘l qo‘zilarining o‘sishiga paratipik omillar ta’siri va ularni jadal bo‘rdoqilash texnologiyalari ishlab chiqilgan;

qorako‘l qo‘ylarining serpushtlik omilidan foydalanib, tabiiy serpusht qo‘ylar suruvi qayta yaratilgan;

qisir qolgan va qo‘zilari qorako‘l teri uchun so‘yilgan sovliqlarni kuzda qo‘zilatish usulining samaradorligi aniqlangan;

qorako‘l qo‘ylarining biologik salohiyatidan foydalanib jun maxsuldorligini oshirishning texnologik usullari takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Qoraqalpog‘iston sharoitida ko‘k rangli qorako‘l qo‘ylarning mahsuldorlik va biologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:

qorako‘lchilikda mahsulot ishlab chiqarish jarayonlarini ratsional tashkillashtirish bo‘yicha «Qorako‘lchilikda qo‘zi go‘shti ishlab chiqarishning jadal texnologiyasi» va «Qorako‘l qo‘ylarining qayta urchish qobiliyatini yaxshilash bo‘yicha tavsiyanomalar» ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 7 fevraldagi 02/12-93-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanomalar naslchilik va qorako‘lchilik xo‘jaliklarida qorako‘l qo‘ylarining mahsuldorligini oshirishda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;

yangi ekologik hududlarda olmos rangbaranglikdagi qorako‘l qo‘ylarining suruvini yaratish texnologiyasi Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi «Qarnab ota» va Nurobod tumanidagi «Sahoba ota» qorako‘lchilik xo‘jaliklarida joriy etilgan (Chorvachilikda «Nasl-xizmat» respublika naslchilik uyushmasining 2018 yil 18 yanvardagi 08-08/13-son ma’lumotnomasi). Natijada original rangbaranglikdagi qo‘zilar salmog‘i va har bir teridan olinadiga sof foyda 20-25 foizga oshgan;

qo‘zilarni qorako‘l teri uchun so‘yilishi va iqlimning qurg‘oqchilik sharoitlarida sovliqlarning qisir qolishini kamaytirish texnologiyalari Samarqand viloyati Nurobod tumani qorako‘lchilik xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 7 fevraldagi 02/12-93-son ma’lumotnomasi). Natijada qo‘zilarni qorako‘l teri uchun so‘yilgan va qisir qolgan sovliqlarni yozda urug‘lantirib kuzda qo‘zi olish va xo‘jalikda yil davomida mahsulot bermagan sovliqlardan ratsional foydalanish hisobiga iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichi oshishiga erishilgan;

serpusht tipdagi qorako‘l qo‘ylar genofondini saqlash va ularni urchitishning seleksion texnologiyasi yaratilgan (O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2018 yil 29 yanvardagi 01/01-75/18-son ma’lumotnomasi) Natijada olmos rangbaranglikning irsiylanishi o‘rtacha 35,6 foiz, mahalliy populyasiyadagi serpusht qorako‘l qo‘ylarining pushtdorligi 100 bosh sovliq hisobiga 116,0 foiz, qorako‘l qo‘ylarini kuzda qo‘zilatishda sovliqlarni yozda urug‘lantirish 100 bosh sovliq hisobiga 72,7 foiz, ularning serpushtligi urug‘langan sovliqga nisbatan 96,7 foizni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish