Gafurova Nozima Ikramovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): "O‘zbek, ingliz va rus tillarida “qurilish” sohasi terminlari tarjimasi masalasi ( bino ta’miri yo‘nalishi asosida)” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3477.
Ilmiy rahbar: Xoshimova Nargis Abdullaevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa  doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12. 2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Hoshimova Dildora Madaminovna, filologiya fanlari doktori, professor; Saidxonov Ma’murjon Muhammedovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedogogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz, rus va o‘zbek tillarida qurilish sohasiga oid terminlarning semantik-struktur tahlilini amalga oshirish va tarjima masalalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz, rus va o‘zbek tillarida qurilish sohasiga oid ko‘pkomponentli terminlar (access ladder - lestnisa-stremyanka - tomga chiqish narvoni; isolated footing - stolbchatiy fundament - ustunli poydevor kabilar) yasalishidagi farq aniqlanib, ularning ingliz tilidan rus va o‘zbek tillariga tarjima qilishning transliteratsiya, transkripsiya, kalka hamda izohli tarjima usullari mavjudligi dalillangan;
qurilish sohasiga oid matnlar elektron onlayn dasturlari orqali tarjima qilinganda avtomatik ifoda tufayli matnning ikkinchi bir til tabiatiga mosligi deyarli hisobga olinmasligi va buning natijasida matnlar uslubiy g‘aliz, mazmunan noto‘g‘ri va pragmatik jihatdan maqsaddan uzoq holda shakllanishi isbotlangan;
ingliz, rus va o‘zbek tillarida qurilish terminlar (U-shaped precast concrete unit – U-obrazniy sborniy jelezobetonniy blok – U shaklidagi yig‘ma beton blok kabilar) leksik-semantik jihatidan taqqoslanib, bu kabi til birliklarining o‘zaro tarjimasida transformatsiya hodisasi (fire tool – istrument pojarniy; particle board – payraxali plita kabilar) yuz berishi  asoslangan;
ingliz, rus va o‘zbek tillarida qurilish sohasiga oid 1000 ta termin tematik tasniflangan; 500 ta termin so‘z yasalishi bo‘yicha leksik-semantik, leksik-grammatik va komponent tahlilga tortilib, ularni struktur-semantik baholash asosida terminlar xususiyatlari ochib berilgan.
    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek, ingliz va rus tillarida “qurilish” sohasi terminlari tarjimasi masalasi( bino ta’miri yònalishi asosida) bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
terminologiya lug‘atining alohida tizim sifatida ochib berish masalalari hamda oliy ta’lim yo‘nalishlarida ingliz tili darslarida terminlar masalasi va terminlarni maxsus yo‘nalishlarda o‘qitish metodlariga bag‘ishlangan nazariy materiallardan Farg‘ona davlat universiteti va Britaniya Kengashining EMI (English as a medium of instruction) loyihasida unumli foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2023 yil 22 maydagi 01-4107-son ma’lumotnomasi). Natijada oily ta’lim o‘qituvchilariga terminologiyani o‘rgatish masalasida maxsus metod va texnologiyalari ishlab chiqilgan;
tarjima usullarini o‘rgatishda, ularni tahlil qilish, bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilari va tarjimonlarning sohaga oid kompetentligini rivojlantirishning samarador ilmiy-pedagogik asoslari, shakl, vositalarini tadqiq etish masalalari 2021-2022 yillarga mo‘ljallangan SUZ80021GR3149 raqamli «Establishment of American drama club at Fergana State University» nomli xalqaro loyihasida qo‘llanilgan (Farg‘ona davlat universiteti 2023 yil 22 maydagi 01-4107-son ma'lumotnomasi). Natijada, ingliz tilining madaniy xususiyatlarini tarjima qilish usullari ishlab chiqildi, loyiha jarayonida namoyish etilgan sahna ko‘rinishlarining ssenariylari tarjimasi turli tarjima usullari bilan boyitilgan;
qurilish sohasi terminlari tarjimasi masalasi, terminlarning ingliz tilida qo‘llanishi 2021-2022 yillarga mo‘ljallangan S-UZ800-20-GR0040 “Access Microscholarship” nomli xalqaro loyihasida belgilangan vazifalariga k’ora foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2023 yil 22 maydagi 01-4109-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda tarjimonlik kompetensiyasini rivojlantirish hamda tarjima mahoratini shakllantirish masalalari tarjima nazariyasi fani bo‘yicha metodik ta’minotining boyitilishiga xizmat qilgan;
terminologiya, xususiy terminlardan muloqot jarayonida foydalanish, institutsional muloqotda maxsus lesikaning o‘rni, nutq qurishda statistik ma’lumotlardan foydalanish, tushunchalarni almashtirishdan foydalanish xususiyatlariga doir qarashlarini shakllantirishda Andijon davlat universitetida 2017-2020 yillarda bajarilgan OT-F1-18 «Ommaviy lisoniy madaniyatini shakllantirish metodlar va metodologiyasini ishlab chiqish»nomli davlat fundamental-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2023 yil 11 sentyabrdagi  38-01-1926-son ma’lumotnomasi). Natijada tilning illokusiv aktida qo‘llaniluvchi til birliklarining o‘ziga xosliklari ochib berilgan, muloqot jarayonida maxsus leksikadan foydalanish o‘rni belgilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish