Djakbarova Mahliyo Ibraximjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘quvchilarda og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5015.
Ilmiy rahbar: Hamroev G‘ofur Hasanovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Safarova Rohatoy Gaybullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Umarova Yayraxon To‘xtanazarovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ona tili mashg‘ulotlari orqali o‘quvchilarda og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha QR kodli o‘quv-uslubiy ta’minot yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ona tili ta’limida og‘zaki nutqni rivojlantirish, nutq uzviyligini ta’minlash, fikr qaratilgan obektga ma’lumotlarni aniq va tushunarli etkazish, tinglovchining diqqat-e’tiborini tortishga xizmat qiluvchi mulozamatli so‘zlardan foydalanishning so‘z – birikma – gap ketma-ketligi, o‘zgalar fikridan o‘rinli foydalanishga o‘rgatuvchi mashq va topshiriqlar kabi o‘ziga xos xususiyatlari mavjudligi asoslangan;
ona tili ta’limi mazmuni o‘quvchilarning og‘zaki nutqini turli nutq vaziyatlariga moslash orqali nutq so‘zlash malakasiga tadrijiy o‘sib borishini ta’minlash, nutq o‘stiruvchi, adabiy talaffuzga o‘rgatuvchi, so‘z boyligini oshiruvchi, o‘zgalar fikridan o‘rinli foydalanishga o‘rgatuvchi mashq va topshiriqlar tizimini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda og‘zaki nutqni rivojlantirish orqali ularni jamoa oldida nutq so‘zlashga o‘rgatish tizimi, nutq so‘zlash texnikasini egallash, ko‘nikmaning malakaga aylanishiga xizmat qiluvchi QR kodli o‘quv-uslubiy ta’minotning tinglab tushunishga doir audiovizual o‘quv materiallari, odatlantiruvchi mashqlar tizimining natijadorligi aniqlangan;
ona tili ta’limida kompetensiyaviy yondashuvni takomillashtirish va ona tilini o‘qitishda o‘quvchilarda og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik va psixologik jihatlari kognitiv-pragmatik, kommunikativ hamda induktiv usullar yordamida bosqichli tadrijiylik asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishga doir o‘quv materiallarining metodik ta’minotini takomillashtirish mavzusidagi tadqiqot natijalari asosida:
o‘quvchilarning og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-nazariy yondashuvlardan, usul va texnologiyalarni takomillashtirishga doir tavsiyalaridan 8-10-sinf “Ona tili” darsliklarini yartishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2024-yil 29-fevraldagi 01/11-6-17-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha o‘quv topshiriqlar tizimi takomillashtirilgan;
nutq so‘zlashga doir ishlab chiqilgan ko‘nikma va malakalarni baholovchi o‘quv topshiriqlari tizimi hamda og‘zaki nutqni baholashga doir tavsiya va xulosalaridan 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan PZ-202004165 “Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida og‘zaki va yozma nutqiy kompetensiyalarni rivojlantiruvchi elektron platforma yaratish” mavzusidagi amaliy loyihaning nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirish qismini bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 10-iyundagi 04/1-1157-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim tizimi uchun “Ona tili” darsliklarining mazmuni, og‘zaki nutqni rivojlantirish, xususan, talaffuz mashqlari qismi pragmatik yondashuv asosida takomillashtirilgan;
ona tili ta’limi mazmuni o‘quvchilarning og‘zaki nutqini turli nutq vaziyatlariga moslash orqali nutq so‘zlash malakasining tadrijiy o‘sib borishini ta’minlash, nutq o‘stiruvchi, adabiy talaffuzga o‘rgatuvchi, so‘z boyligini oshiruvchi, o‘zgalar fikridan o‘rinli foydalanishga o‘rgatuvchi mashq va topshiriqlar tizimi hamda innovatsion metodlar va texnologiyalarni ishlab chiqish, o‘quvchilarda og‘zaki nutqni rivojlantirish orqali ularni jamoa oldida nutq so‘zlashga o‘rgatish, nutq so‘zlash texnikasini egallashda ko‘nikmaning malakaga aylanishida xizmat qiluvchi QR kodli o‘quv-uslubiy ta’minotning natijadorligini aniqlashga doir xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamentining 2022-yil 23-dekabrdagi 30/1-2308-son ma’lumotnomasi). Natijada 2020-yilning 20-oktyabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonining 2-bo‘lim 12-bandi ijrosi bo‘yicha ona tili o‘qitishning zamonaviy metodikasi dasturi ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish