Abdullaev Ismoiljon Ibraximjonovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bentonit loyqasi, ma’dan o‘g‘itlar me’yorlari hamda sug‘orish tartiblarining kuzgi bug‘doy don hosildorligiga ta’sirini baholash», 06.01.08–O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Qx287.

Ilmiy rahbar: Abduraxmonov Sodiqjon Obidovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx.42.01.

Rasmiy opponentlar: Atabaeva Halima Nazarovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Toshqo‘ziev Maruf Mansurovich, biologiya fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida haydov ostiga bentonit loyqasi qo‘llanilganda kuzgi bug‘doyning ma’danli o‘g‘itlar me’yori hamda suvga bo‘lgan talabini aniqlash hamda bug‘doyning o‘sishi, rivojlanishi va don hosildorligiga noan’anaviy agrorudalarning ta’sirini baholashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor tipik bo‘z tuproqlar sharoitida Bolg‘ali konidagi bentonit loyqasini qo‘llab, suv va ozuqa me’yorlaridan samarali foydalangan holda kuzgi bug‘doydan yuqori va sifatli don etishtirish agrotexnologiyasi ishlab chiqilgan;

Bolg‘ali konidagi bentonit loyqasi, ma’danli o‘g‘itlar me’yorlari hamda sug‘orish tartiblari birgalikda qo‘llanilganda, tuproqning agrofizik xossalariga ta’siri aniqlangan;

ma’danli o‘g‘itlarga qo‘shimcha ravishda Bolg‘ali konidagi bentonit loyqasi qo‘llanilganda, kuzgi bug‘doy ko‘chatlarining unib chiqishi va o‘sishi-rivojlanishiga ta’siri aniqlangan;

kuzgi bug‘doydan yuqori va sifatli don hosili etishtirishda Bolg‘ali konidagi bentonit loyqasi va ma’danli o‘g‘itlarni qo‘llash me’yorlari hamda sug‘orish tartiblari aniqlangan, ma’danli o‘g‘itlarni hamda sug‘orishga sarflangan suvni tejash imkoniyati yaratilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Kuzgi bug‘doyni etishtirishda bentonit loyqasini qo‘llash agrotexnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:

g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun «Noan’anaviy agrorudalarni qishloq xo‘jaligi ekinlarida qo‘llash bo‘yicha fermer xo‘jaliklariga tavsiyalar» ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 2 maydagi 01/021-72-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida kuzgi bug‘doydan yuqori va sifatli don hosili etishtirishda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;

«Bolg‘ali» konidagi bentonit loyqasini haydov ostiga har xil me’yorlarda qo‘llash texnologiyasi Toshkent viloyatining Qibray tumani fermer xo‘jaliklarida jami 113,5 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 2 maydagi 01/021-72-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida an’anaviy usulda etishtirilgan kuzgi bug‘doy maydonlariga nisbatan gektaridan 10,5-12,8 sentner qo‘shimcha don hosili olingan, rentabellik darajasi 18,6-22,4 foizni tashkil etgan;

tipik bo‘z tuproqlarning unumdorligini saqlash va oshirish maqsadida «Bolg‘ali» konidagi bentonit loyqasini kuzgi bug‘doy etishtirishda shudgordan oldin qo‘llash texnologiyasi g‘allachilik fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 2 maydagi 01/021-72-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida Bolg‘ali konidagi bentonit loyqasini qo‘llash natijasida kuzgi bug‘doy etishtirish uchun sarflanayotgan ma’danli o‘g‘itlarni N-50, R2O5-35, K2O-25 kg/ga va sug‘orishga sarflanayotgan suv me’yorini 850-920 m3/ga tejash imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish