Qodirov Shavkat Shokirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID–19 o‘tkazgan bemorlarda burun va burun yondosh bo‘shliqlari kasalliklarining kechish xususiyatlari» 14.00.04–Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1491.
Ilmiy rahbar: Maxamadaminova Shoira Abduvalievna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Voxidov Ulugbek Nuriddinovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Muxamadieva Gulmira Amantaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Sankt-Peterburg qulok, tomoq, burun va nutq ilmiy tadqiqot instituti. (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda burun va burun yondosh bo‘shliqlari kasalliklarining rivojlanish omillarini aniqlash va ularni tashxislash va davolashni muvofiqlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda nekrotik rinosinusit rivojlanishining eng muhim xavf omillari: diabetik ketoatsidoz, atsedemiya (zamburuq invaziyasining omili), sitokinlarining ko‘payishi bilan kechadigan immunitet tanqisligi (noxush oqibatlar omili), immunotromboz (koronavirus infeksiyasi omili) rivojlanishi bilan DVC sindromining surunkali shaklini, D-dimerning ko‘tarilishi, giperkoagulyasiya, mikrotsirkulyasiyaning buzulishi) aniqlangan;
 immunotromboz, gipertrombinemiyani faollashtirish bilan immunoreaktivlik invaziv zamburug‘ infeksiyasining rivojlanishini bashorat qiluvchi koagulopatiya bilan mikrotsirkulyasiya buzilishi mexanizmlari aniklangan;
 salbiy asoratlar rivojlanishining prognostik asosli bashoratchilari COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda, nekrotik rinosinusitda ularning sezgirligi va o‘ziga xosligi aniqlangan;
“COVID-19dan keyingi sindrom” bo‘lgan bemorlarda nekrotik rinosinusitda zamburug‘ infeksiyasining invaziv kechishi (nekrotik to‘qimaning tarkibidagi zamburuq infeksiyasining qobig‘idagi polisaxaridlarning yod kislotasi ta’sirida oksidlanishi natijasida aldegid xosil bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 09 apreldagi №04/098-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda nekrotik rinosinusit rivojlanishining eng muhim xavf omillari: diabetik ketoatsidoz, atsedemiya (zamburuq invaziyasining omili), sitokinlarining ko‘payishi bilan kechadigan immunitet tanqisligi (noxush oqibatlar omili), immunotromboz (koronavirus infeksiyasi omili) rivojlanishi bilan DVC sindromining surunkali shaklini, D-dimerning ko‘tarilishi, giperkoagulyasiya, mikrotsirkulyasiyaning buzulishi) aniqlangan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: “Opredelenie faktorov razvitiya nekroticheskogo rinosinusita u bol`nix perenesshix COVID-19” va “COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda mukormikoz bilan asoratlangan rinosinusit patogenezini o‘rganish.” mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2023 yil 02-apreldagi 92-sonli buyrug‘i va “Buxoro shaxar tibbiyot birlashmasi” 2023 yil 29-mart 46-sonli buyrug‘iga binoan amaliy faoliyatiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi:  aniqlangan xavf omillarini davolash va bartaraf etish, nekrotik rinosinusitning rivojlanishi va uning og‘ir oqibatlarini oldini olish, bemorlarning hayot sifatini bir xil darajada ushlab turadi va ularni kamaytirishga imkon bermaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi:  aniqlangan xavf omillarini davolash va bartaraf etish, nekrotik rinosinusit rivojlanishi va uning og‘ir oqibatlarini oldini olish, nekrotik rinosinusit va uning oqibatlarini davolash uchun davlat va bemorlarning xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirish, shu jumladan katta moddiy xarajatlarni oldini oladi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda burun va burun yondosh bo‘shliqlari kasalliklarining kechish xususiyatlari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasi Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida va Buxoro shaxar tibbiyot birlashmasida  amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert Kengashi 04.05.2023 yil № 03-23/05-x-son xulosasi).
ikkinchi ilmiy yangilik: immunotromboz, gipertrombinemiyani faollashtirish bilan immunoreaktivlik invaziv zamburug‘ infeksiyasining rivojlanishini bashorat qiluvchi koagulopatiya bilan mikrotsirkulyasiya buzilishi mexanizmlari aniqlanagn; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: “Opredelenie faktorov razvitiya nekroticheskogo rinosinusita u bol`nix perenesshix COVID-19” va “COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda mukormikoz bilan asoratlangan rinosinusit patogenezini o‘rganish.” mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2023 yil 02-apreldagi 92-sonli buyrug‘i va “Buxoro shaxar tibbiyot birlashmasi” 2023 yil 29-mart 46-sonli buyrug‘iga binoan amaliy faoliyatiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: O‘rganilgan mexanizmlarni o‘z vaqtida samarali davolash va oldini olish bilan nekrotik rinosinusitning rivojlanishi va uning og‘ir oqibatlarini oldini oladi, bemorlarning hayot sifatini bir xil darajada ushlab turadi va ularni kamaytirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: O‘rganilgan mexanizmlar nekrotik rinosinusitni va uning og‘ir oqibatlarini o‘z vaqtida samarali davolash va oldini olish imkonini beradi, nekrotik rinosinusit va uning oqibatlarini davolash uchun davlat va bemorlarning xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi, shu jumladan katta moddiy xarajatlarni oldini oladi. Masalan bemorning o‘z vaqtida diagnostika qilish bemorga 250-300.000so‘m atrofida harajatga tushsa, bemorga kasallikdan keyin bu xarajatlar bir necha o‘n barovarga  ko‘payadi. Davlat darajasida esa koyka bandligini juda uzun kunlar band bo‘lishini kamaytiradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda burun va burun yondosh bo‘shliqlari kasalliklarining kechish xususiyatlari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasi Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida va Buxoro shaxar tibbiyot birlashmasida  amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert Kengashi 04.05.2023 yil № 03-23/05-x-son xulosasi).  
uchinchi ilmiy yangilik: salbiy asoratlar rivojlanishining prognostik asosli bashoratchilari COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda, nekrotik rinosinusitda ularning sezgirligi va o‘ziga xosligi aniqlangan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: “Opredelenie faktorov razvitiya nekroticheskogo rinosinusita u bol`nix perenesshix COVID-19” va “COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda mukormikoz bilan asoratlangan rinosinusit patogenezini o‘rganish.” mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2023 yil 02-apreldagi 92-sonli buyrug‘i va “Buxoro shaxar tibbiyot birlashmasi” 2023 yil 29-mart 46-sonli buyrug‘iga binoan amaliy faoliyatiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: O‘z vaqtida samarali davolash bilan haqiqiy prognostik bashoratchilarni aniqlash o‘limning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi va nogironlik rivojlanishining oldini oladi, bemorning hayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Og‘ir oqibatlarning haqiqiy prognostik bashoratchilarini aniqlash, davlatning ham, bemorlarning ham jiddiy moddiy xarajatlarni talab qiladigan davolanish uchun (nogironlikka olib keladigan bo‘lsa bir umrlik) xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi, davlat darajasida iqtisodiy engillikni olib keladi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda burun va burun yondosh bo‘shliqlari kasalliklarining kechish xususiyatlari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasi Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida va Buxoro shaxar tibbiyot birlashmasida  amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert Kengashi 04.05.2023 yil № 03-23/05-x-son xulosasi).
turtinchi ilmiy yangilik: “COVID-19dan keyingi sindrom” bo‘lgan bemorlarda nekrotik rinosinusitda zamburug‘ infeksiyasining invaziv kechishi (nekrotik to‘qimaning tarkibidagi zamburuq infeksiyasining qobig‘idagi polisaxaridlarning yod kislotasi ta’sirida oksidlanishi natijasida aldegid xosil bo‘lishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: “Opredelenie faktorov razvitiya nekroticheskogo rinosinusita u bol`nix perenesshix COVID-19” va “COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda mukormikoz bilan asoratlangan rinosinusit patogenezini o‘rganish.” mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2023 yil 02-apreldagi 92-sonli buyrug‘i va “Buxoro shaxar tibbiyot birlashmasi” 2023 yil 29-mart 46-sonli buyrug‘iga binoan amaliy faoliyatiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: invaziv zamburuqli infeksiyasining gistokimyoviy ma’lumotlarining xarakterli xususiyatlarini o‘rganish zamburuq infeksiyasining mavjudligini o‘z vaqtida aniqlash va zamburuqli infeksiyasining rivojlanishining oldini olish hamda o‘z vaqtida davolash imkonini beradi bu esa og‘ir oqibatlar nogironlikni, bemorlarning hayot sifatini bir xil darajada saqlash, imkoniyatini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: invaziv zamburuqli infeksiyasining gistokimyoviy xususiyatlarini o‘rganish, kasallikga erta tashxish qo‘yilsa 250.000sum miqdorda xarajat sarf qilinadi, agar gistokimyoviy  tekshiruv bemorda kech o‘tkazilsa bemorni nogironlikka olib keladi. Bu esa davolanish uchun jiddiy iqtisodiy xarajatlarga olib keladi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda burun va burun yondosh bo‘shliqlari kasalliklarining kechish xususiyatlari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasi Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida va Buxoro shaxar tibbiyot birlashmasida  amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert Kengashi 04.05.2023 yil № 03-23/05-x-son xulosasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish