Tuguzbaeva Robiya Berdimuratovnaning
falsafa doktori (Phd) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Junni yuvish mashinasining ishchi qismlarini takomillashtirish” 05.02.03-“Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.2.PhD/T3679
Ilmiy rahbar: Xakimov Sherqul Shergozievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Baxadirov G‘ayrat Ataxanovich, texnika fanlari doktori, professor; Mamatova Dilrabo Alisherovna texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: resurstejamkor jun yuvish mashinasi va siqish moslamasining takomillashgan konstruksiyasini yaratish, ularning ko‘rsatkichlarini nazariy hamda amaliy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy jun xomashyosini dastlabki ishlashda yuvish mashinasining konstruksiyasi harakatlantiruvchi mexanizmi va sig‘imini kichraytirish asosida takomillashtirilgan hamda siqish moslamasini ratsional ko‘rsatkichlari jun oqimining harakat qonuniyatlari asosida aniqlangan;
texnologik jarayon va mashinaning geometrik, kinematik, dinamik parametrlarini hisobga olgan holda yuvish qozonida harakatlanuvchi panshaxalar ta’sirida, siquvchi baraban va to‘rli yuza orasida siqish vaqtida jun oqimining harakat tenglamalari olingan;
harakatlanuvchi panshaxalarning turli uzunliklari va chiziqli tezligida, jun oqimi harakatini o‘zgarish qonuniyatlari, shuningdek, siqish jarayonini tirqishga, siquvchi barabanning burchak tezligi va diametriga bog‘liqligi aniqlangan;
takomillashtirilgan mashinani konstruktiv va texnologik ko‘rsatkichlarining ratsional qiymatlari kichik kvadratlar usuli yordamida regression modellarni qurish hamda tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Dissertatsiyada junni yuvish mashinasi va siqish moslamasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy va amaliy natijalar asosida:
junni yuvish mashinasi siqish moslamasiga intellektual mulk agentligining foydali modeliga patent olingan (Jun yuvish qozonida junni siqish moslamasi. UZ № FAP 02351. 2023-y.), natijada junni yuvish mashinasi siqish moslamasining samarali konstruksiyasi yaratilgan;
resurstejamkor junni yuvish mashinasi va siqish moslamasi “Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish” qo‘mitasi tizimidagi “Oqbo‘taeva Zulhumor” XK korxonasida joriy etilgan. (“Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish” qo‘mitasining 2024 yil 9 apreldagi 1-1/287-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalarining ishlab chiqarishga joriy etilishi natijasida siqilgan junning qoldiq namligi 55-60% gacha tushib, bu orqali elektroenergiya hamda suv sarfini kamayishiga erishildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish