Mamadaliev Farxodbek Zoxidjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Paxta chigitini linterlash jarayonida momiqni ajratish tizimini takomillashtirish” 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3307
Ilmiy rahbar: Madraximov Dilshodbek, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), k.i.x.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2023.T.66.01 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Sayidmurodov Mirzoxid Mirzaraximovich, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent, Sulaymonov Rustam Shennikovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Linterlash jarayonida momiqni arra tishlaridan to‘liq ajratib olish va pnevmatransport tashish aerodinamik tizimini takomillashtirish, texnologik va konstruksion parametrlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
linterlash jarayonida har bir linter mashinasining havo kamerasida talab etiladigan aerodinamik rejimni ta’minlashda havo taqsimotini alohida sozlanishi uchun kichik o‘lchamdagi purkovchi ventilyatorlarni o‘rnatish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
momiqni arra tishlaridan to‘liq ajratib olishni ta’minlovchi har bir linter mashinasining havo kamerasiga purkovchi havoni etkazib beruvchi yangi kichik hajmli ventilyator konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
linter mashinasining havo kamerasi soplosidan chiqayotga purkovchi havoning miqdori, tezligi va hosil qilayotgan bosimini arra tishlaridagi momiqni to‘liq ajratib olinishiga ta’siri aniqlangan;
linter mashinasiga alohida ornatilgan havoni purkovchi ventilyatorni ornatish orqali havo kamerasining dinamik va statik bosimlari me’yorlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxta tozalash korxonalarida linter mashinasining havo kamerasiga o‘rnatilgan kichik o‘lchamli havo purkovchi ventilyatorni konstruktiv parametrlarini chigitni linterlashda samaradorligi yuqori bo‘lishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tadqiqot natijalarida linter mashinasining havo kamerasiga o‘rnatilgan kichik o‘lchamli havo purkovchi ventilyatorni konstruktiv parametrlarini asoslangan nusxasi Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida joylashgan “QADIR TEXTILE CLASTER” MChJ ning paxtani jinlash va linterlash sexiga joriy etildi. (“Oʻzbekiston paxta–toʻqimachilik klasterlari” uyushmasining 2023 yil
16 noyabrdagi 03-22/902-son maʻlumotnomasi). Natijada, Linter mashinasining havo kamerasiga 0,4 m3/s miqdorida purkovchi havo berilganida uning tag qismiga to‘kiladigan momiq miqdori kamayib momiq kondensorigacha tashib borilgan momiqning miqdori 99,4 % gacha, takomillashtirilgan aerodinamik rejimga ega bo‘lgan linterda purkovchi havoning miqdori 0,4 m3/s ga teng bo‘lganda I va IV navli chigitni linterlashdan ishlab chiqarilgan momiqning sifat ko‘rsatkichi purkovchi ventilyator qo‘llanilmagan linterdan ishlab chiqarilgan momiqning sifat ko‘rsatkichiga qaraganda navlar bo‘yicha o‘z navbatida 1,2 (abs) % va 1,3 (abs) %ga yaxshilanganligini, linter mashinasining chigit bo‘yicha ish unumdorligi 11,8 (nis.) % va 10,1 (nis.) %ga, momiq bo‘yicha ish unumdorligi mos ravishda 11,7 (nis.) % va 13,8 (nis.) % ga yuqori ekanligini ko‘rsatdi.