Xosilova Farida Rustamdjanovnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Filolog-talabalarning kasbiy nutqtini rivojlantirish jarayonida akt dan foydalanishning lingvometodik asoslari”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (rus tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3206.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Ilmiy rahbar: Ahmedova Muqaddas Hodimetovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Xodjaniyazov Sardor Umarovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Xashimova Dildora Urinbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi filolog-talabalarning kasbiy nutqini shakllantirish va rivojlantirishning samarali vositalaridan biri sifatida AKT orqali rus tilini chet tili sifatida o‘qitishning lingvometodik asoslarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
filolog-talabalar kabiy nutqini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari rus tili ta’limida sotsializatsiya va akkulturatsiya jarayonlarining lingvometodika bilan integratsiyalashda ularning kommunikativ kompetentligini innovatsion ta’lim muhiti imkoniyatlariga muvofiq belgilash asosida aniqlashtirilgan;
filolog-talabalar kabiy nutqini rivojlantirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning lingvometodik asoslari talabalar kasbiy rivojlanishining individual traektoriyasini ergonomik talablarga nisbatan texnologik jihatdan gorizontal va vertical integratsiyasini ta’minlash hamda kasbiy karera talablariga ko‘ra muloqot kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyasiga muvofiq metodikalarni tanlash asosida takomillashtirilgan;
talabalar kasbiy nutqini rivojlantirishda elektron o‘quv vositalaridan foydalanishning universal modeli kasbiy muloqot kompetensiyasini kognitiv va empirik takomillashuv standartlariga muvofiq rivojlantirishga nisbatan belgilangan talablarga algoritmik izchillikni ta’minlashga ko‘ra metodik moslashtirish asosida ishlab chiqilgan;
filolog-talabalarning rus tilida nutq kompetensiyasini shakllantirish va kasbiy nutq madaniyatini o‘qitishning uslubiy tizimi lingvistik etnosotsium muhitida texnologik jarayonli yondashuvlarni axborot texnologiyalarining ta’limiy imkoniyatlariga hamda vitagen ta’lim integratsiyasini ta’minlashga muvofiq gorizontal va vertikal ravishda metodik-didaktik aspektda qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Filolog-talabalar kasbiy nutqini rivojlantirishning lingvometodik asoslari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
rus tili ta’limida sotsializatsiya va akkulturatsiya jarayonlarining lingvometodika bilan integratsiyalashda ularning kommunikativ kompetentligini innovatsion ta’lim muhiti imkoniyatlariga malaka talablariga muvofiq belgilash asosida aniqlashtirilgan filolog-talabalar kabiy nutqini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari, talabalar kasbiy rivojlanishining individual traektoriyasini ergonomik talablarga nisbatan texnologik jihatdan gorizontal va vertical integratsiyasini ta’minlash hamda kasbiy karera talablariga ko‘ra muloqot kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyasiga muvofiq metodikalarni tanlash asosida takomillashtirilgan filolog-talabalar kabiy nutqini rivojlantirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning lingvometodik asoslari bo‘yicha taklif va tavsiyalardan «Russkiy yazik. Yazik spesial`nosti (dlya studentov filologogicheskix napravleniy» nomli o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining  2023 yil 29 maydagi 232-sonli buyrug‘i asosida berilgan 232-521 raqamli ruxsatnomasi). Natijada filolog talabalarning amaliy, o‘quv-kasbiy va ilmiy faoliyatida rus tilidan foydalanish samaradorligi oshishiga xizmat qilgan;
kasbiy muloqot kompetensiyasini kognitiv va empirik takomillashuv standartlariga muvofiq rivojlantirishga nisbatan belgilangan talablarga algoritmik izchillikni ta’minlsh orqali metodik moslashtirish asosida ishlab chiqilgan talabalar kasbiy nutqini rivojlantirishda elektron o‘quv vositalaridan foydalanishning universal modeli bo‘yicha taklif va tavsiyalardan SamDChTIda 2020-2022 yillarda bajarilgan "Ingliz tili mutaxassisligi bo‘yicha axborot texnologiyalari asosida o‘quv jarayoniga virtual resurslarni yaratish va joriy etish" nomli amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o 'rta maxsus ta' lim vazirligining 2022-yil 17-noyabrdagi 3636/30.02.01-son ma'lumotnomasi). Natijada, bo‘lgusi filologlarni pedagogik va metodik qobiliyatini oshirish hamda ta’lim tizimini mustaxkamlash maqsadiga erishilgan;
lingvistik etnosotsium muhitida texnologik jarayonli yondashuvlarni axborot texnologiyalarining ta’limiy imkoniyatlariga hamda vitagen ta’lim integratsiyasini ta’minlashga muvofiq gorizontal va vertikal ravishda metodik-didaktik aspektda qo‘llash asosida takomillashtirilgan filolog-talabalarning rus tilida nutq kompetensiyasini shakllantirish va kasbiy nutq madaniyatini o‘qitishning uslubiy tizimi bo‘yicha ilmiy xulosalardan SamDChTIda 2020-2021 yillarda bajarilgan “Erasmus+ loyihasi doirasida Samgia 561624-err-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS-CBHE IMEP” nomli loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o 'rta maxsus ta' lim vazirligining 2022-yil 17-noyabrdagi 3637/30.02.01-son ma'lumotnomasi). Natijada, universitetlarning til yo‘nalishlari talabalarining kommunikativ kompetensiyasi darajasi oshga xizmat qilgan;
kasbiy muloqot kompetensiyasini kognitiv va empirik takomillashuv standartlariga muvofiq rivojlantirishga nisbatan belgilangan talablarga algoritmik izchillikni ta’minlsh orqali metodik moslashtirish asosida ishlab chiqilgan talabalar kasbiy nutqini rivojlantirishda elektron o‘quv vositalaridan foydalanishning universal modeliga oid xulosalardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashning muammolari” nomli loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy – tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2023 yil 12 maydagi 233-son ma’lumotnomasi). Natijada, institutda amalga oshirilayotgan ilmiy – tadqiqot ishlariga tadbiq etishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish