Kazieva Turg‘unoy Tursunbaevnaning
fan doktori (DSc) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarning tinglab tushunish, anglash qobiliyatlarini rivojlantirishda germenevtik yondashuvdan foydalanish texnologiyalari (o‘zbek tili)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2023.2.DSc/Ped518.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Yusupova Shoxidaxon Jaloldinovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Matchonov Safo Murodovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Axmedova Maloxat Ergashevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Niyozmetova Roza Xasanovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi talabalarning tinglab tushunish, anglash qobiliyatlarini rivojlantirishda germenevtik yondashuvdan foydalanish texnologiyalarini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning ijodkorligini rivojlantirishda germenevtik yondashuvdan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari badiiy-estetik yaxlitlik, xissiy anglash tamoyillarini matn tahlilini leksik vizuallashtirish jarayoniga zamonaviy pedagogik paradigmalar ustuvorligida singdirish asosida aniqlashtirilgan;
talabalarning tinglab tushunish, anglash qobiliyatlarini rivojlantirishda germenevtik yondashuvdan foydalanishning metodik modeli matnni anglashning deduktiv-nomologik, intensional, sababiy-deterministik omillari impulsiga asoslangan didaktik birliklarni talabalarning nutqiy, lingvistik, pragmatik kompetensiyalarini integrativ rivojlantiruvchi muhitda individullikda qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning tinglab tushunish, anglash qobiliyatlarini rivojlantirishda germenevtik yondashuvdan foydalanishning lingvodidaktik texnologiyalari talabalarni obrazli tushunishdan mantiqiy fikrlashga motivatsiyalovchi dialoglarni qulay kommunikatsiya jarayonida o‘zaro tahlil munosabatlarida transformatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
germenevtik yondashuvdan foydalanish asosida talabalarda tinglab tushunish, matnni anglash qobiliyatlarining rivojlanganligini baholash mezonlari matn g‘oyasini ajratish va semantik jozibasini talqin etishga o‘rgatuvchi lingvistik topshiriqlarni refleksiv kommunikatsiya muhitida differensial yo‘nalganlikda qo‘llash asosida aniqlashtirilgan;
germenevtik yondashuvdan foydalanish asosida talabalarda tinglash, anglash qobiliyatlarini rivojlantirishning didaktik ta’minoti matnni talqin etishning tushunish, hayotiy tahlil va xulosa bosqichlarida kreativ mushohada modellaridan estetik-vizual integratsiyada qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning tinglab tushunish, anglash qobiliyatlarini rivojlantirishda germenevtik yondashuvdan foydalanish texnologiyalari (o‘zbek tili) mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
talabalarning ijodkorligini rivojlantirishda germenevtik yondashuvdan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari badiiy-estetik yaxlitlik, xissiy anglash tamoyillarini matn tahlilini vizuallashtirish jarayoniga zamonaviy pedagogik paradigmalar ustuvorligida singdirish bo‘yicha takliflar “O‘zbek tilining sohada qo’llanilishi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 -yil 17-iyuldagi 314-son buyrug‘i, 314-197-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, ona tili o‘qitishning samaradorligi va ta’sirchanligi oshdi va talabalarning lingvistik ko‘nikmalarini intensiv oshishiga xizmat qilgan;
talabalarning tinglab tushunish, anglash qobiliyatlarini rivojlantirishda germenevtik yondashuvdan foydalanishning metodik modeli matnni anglashning deduktiv-nomologik, intensional, sababiy-deterministik omillari impulsiga asoslangan didaktik birliklarni talabalarning nutqiy, lingvistik, pragmatik kompetensiyalarini integrativ rivojlantiruvchi muhitda individullikda qo‘llashga oid takliflari T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpoq filialida bajarilgan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadiryatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashninng muammolari” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpoq filialining 2023 yil 25 apreldagi 06/12-1667-son ma’lumotnomasi). Natijada talaba va o’quvchilarning matn bilan ishlash jarayonida tinglab tushunish, anglash qobilyatlarini tizimli rivojlantirish usullarining keng joriylanishiga erishilgan;
talabalarning tinglab tushunish, anglash qobiliyatlarini rivojlantirishda germenevtik yondashuvdan foydalanishning lingvodidaktik texnologiyalari talabalarni obrazli tushunishdan mantiqiy fikrlashga motivatsiyalovchi dialoglarni qulay kommunikatsiya jarayonida o‘zaro tahlil munosabatlarida transformatsiyalashga oid takliflaridan “O‘zbek tili va adabiyotini o’qitish metodikasi” nomli darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-son buyrug‘i, 314-196 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talaba va o’quvchilarda ijodiy faoliyat oshdi, kreativlik namoyon bo’lgan;
germenevtik yondashuvdan foydalanish asosida talabalarda tinglab tushunish, matnni anglash qobiliyatlarining rivojlanganligini baholash mezonlari matn g‘oyasini ajratish va semantik jozibasini talqin etishga o‘rgatuvchi lingvistik topshiriqlarni refleksiv kommunikatsiya muhitida differensial yo‘nalganlikda qo‘llashga doir tavsiyalaridan “O‘zbek tilining sohada qo’llanilishi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 -yil 17-iyuldagi 314-son buyrug‘i, 314-197-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarning matnni leksik jihatdan to‘g‘ri anglash va asl mohiyatiga asosan talqin qilishga o‘rgatish jarayoni metodik ta’minlangan.