G‘ulomov Doniyorbek Dilshodjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek romanlarida syujetning retrospektiv tipi va uning badiiy-estetik funksiyasi”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2431.
Ilmiy rahbar: Raximov Zokirjon Azimovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Yakubov Islomjon Axmedjanovich, filologiya fanlari doktori, professor; Tojiboeva Muqaddasxon Abdurahimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek romanlarida syujetning retrospektiv tipi, uning o‘ziga xos xususiyatlari va uning badiiy-estetik funksiyasini ilmiy-nazariy jihatdan ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
retrosreksiyaning retrospektiv rivoya kim tomonidan amalga oshirilishiga ko‘ra, retrospektiv rivoya qanday shaklda berilishiga ko‘ra, retrospektiv rivoyada voqealar sodir bo‘lish paytiga ko‘ra turlari, retrospektiv-rivoyat, retrospektiv-hikoya, retrospektiv-xotira, retrospektiv-esdalik, retrospektiv tush (bashorat) kabi kategoriyalari va qahramon taqdirining ibtidosiga qaytish, qaytadan chekinish kabi usullaridan iborat yaxlit tizim ekanligi isbotlangan;
tarixiy va zamonaviy romanlarda retrosrektiv syujetning mualliflar ijodiy niyati va g‘oyaviy-estetik konsersiyalaridan kelib chiquvchi individual o‘ziga xos hikoyachi-personaj, hikoyachi-muallif retrospeksiyasi, biografik qaytish, retrospektiv dialog, murakkab retrospeksiya shakllari aniqlangan;
tarixiy va zamonaviy romanlarda syujetning retrosrektiv-esdaliklar, retrospektiv peysaj, assotsiativ retrospeksiya, muallif retrospeksiyasi, sodda va murakkab retrospeksiya tirlari, kategoriyalari va usullari mundarijasiga asoslangan yaxlit xronos “atlas”i ijodiy-individuallik hamda qiyosiy-tirologik umumlashmalar sintezi orqali dalillangan;
retrosreksiyaning badiiy asar qurilishidagi yangi syujet usuli sifatidagi nazariy-konsertual maqomi, uning hikoyat, xotira, havola, epigraf, retrospektiv chekinish, biografik, rivoyat, dialog, esdalik, tush kabi klassik shakllari o‘zbek romanlari asosida dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tarixiy va zamonaviy romanlarda retrospektiv syujet muammosini tadqiq etish hamda ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan:
retrospeksiyaning badiiy asar qurilishidagi yangi syujet usuli sifatidagi nazariy-konseptual maqomi, uning retrospektiv-rivoyat, retrospektiv-hikoya, retrospektiv-xotira, retrospektiv-esdalik, retrospektiv-tush kabi klassik shakllari o‘zbek romanlari asosida dalillanishiga doir tahlillardan OT–F-1-100 raqamli “Imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy faoliyatining badiiy ijodiyot vositalari asosida nazariy va amaliy takomillashuvi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2023-yil 22-sentabrdagi 01-4574-son ma’lumotnomasi). Natijada imkoniyati cheklangan bolalar maxsus maktablarida o‘quvchilarning ijodkorligini oshirish, darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil qilish va ularning g‘oyaviy-estetik rivojlanishiga ko‘maklashishga erishilgan;
tarixiy va zamonaviy romanlarda retrosrektiv syujetning mualliflar ijodiy niyati va g‘oyaviy-estetik konsersiyalaridan kelib chiquvchi individual o‘ziga xos hikoyachi-personaj, hikoyachi-muallif retrospeksiyasi, biografik qaytish, retrospektiv dialog, murakkab retrospeksiya shakllariga oid xulosalardan 2022-yil 20-iyundan 20-dekabrgacha amalga oshirilgan “Do‘stlik – osoyishtalik garovi” mavzusidagi 1-raqamli davlat granti loyihasini bajarishda foydalanilgan (Respublika Tojik milliy-madaniy Markazi Farg‘ona viloyati bo‘linmasining 2023-yil 25-oktyabrdagi 49-son ma’lumotnomasi). Natijalar, tarixiy va zamonaviy romanlarda retrosrektiv syujetni yanada boyitishga xizmat qilgan;
retrosreksiyaning retrospektiv rivoya kim tomonidan amalga oshirilishiga ko‘ra, retrospektiv rivoya qanday shaklda berilishiga ko‘ra, retrospektiv rivoyada voqealar sodir bo‘lish paytiga ko‘ra turlari, retrospektiv-rivoyat, retrospektiv-hikoya, retrospektiv-xotira, retrospektiv-esdalik, retrospektiv-tush (bashorat) kabi kategoriyalari va qahramon taqdirining ibtidosiga qaytish, qaytadan chekinish kabi ko‘rinishlaridan iborat yaxlit tizim ekanligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokomraniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2021-2022-yillarda efirga uzatilgan “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokomraniyasining 2023-yil 15-fevraldagi 04-36-246-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuv va eshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashib, ilmiy dalillar bilan boyidi, ko‘rsatuvlarning sifati oshdi.