Oripova Gulnozaxon Murodilovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mustaqillik davri o‘zbek lirikasi: janr xususiyatlari va poetikasi”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Fil288.
Ilmiy rahbar: Sabirdinov Akbar Gofurovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Tojiboeva Muqaddas Abdurahimovna, filologiya fanlari doktori, professor; Jabborov Nurboy Abdulhakimovich, filologiya fanlari doktori, professor; Quvvatova Dilrabo Xabibovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mustaqillik davri o‘zbek lirikasi janr xususiyatlari va poetikasi orqali uning tarixiy takomil bosqichlari, janrlardagi an’ana va yangilanishlar, lirik she’rlar tasnifi, shakliy xususiyatlari, kompozisiya, lirik kechinma, tasvir va talqin usullarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mustaqillik davri o‘zbek lirikasi janrlarini poetika muammolari doirasida tekshirish, hozirgi adabiy jarayonning badiiy tajribalari asosida yaratilgan she’riy shakllarning kompozision-struktural xususiyatlarini aniqlash hamda o‘zbek lirikasi taraqqiyotidagi o‘rnini belgilash orqali ularning badiiy-estetik hodisa ekanligi isbotlangan;
istiqlol davri o‘zbek lirikasining shakl va mazmun yangilanishlarida mumtoz adabiy an’analarga izdoshlik, rus va jahon she’riyatining ilg‘or yutuqlaridan ta’sirlanish hamda ijodiy izlanishlar jarayonida yuzaga kelgan qorishiq-sintez asosli kichik she’riy shakllar, tatabbu’, tazmin, terma kabi she’r turlari hamda soqiynoma janriga qayta ijodiy murojaat poetik tafakkur taraqqiyotida shoirlarning individual uslubini yoritish orqali aniqlangan;
mustaqillik davri o‘zbek she’riyati spesifik xususiyatlarining ijroviy, meditativ, personajli va tavsifiy lirika ko‘rinishida namoyon bo‘lishi, lirik kechinma subekti va obekti nuqtayi nazaridan farqlanishi, lirik kechinma egasining lirik “men”, ijroviy va personajli qahramonlar tarzida ifodalanishi asoslangan;
lirik asar kompozisiyasida poetik komponentlar – qofiya, vaznning o‘rni; band tuzilishida kompozisiya elementlari – anaforik kompozisiya, kompozision echim, kompozision zanjir, kompozision spiral, kompozision halqa va uning halqali qo‘shiluv, echimli qo‘shiluv, anaforik qo‘shiluv tiplari o‘zbek lirikasi shakliy xususiyatlari va poetikasida muhim omil ekanligi dalillangan;
badiiy voqelik tasvirida “lola”, “daraxt”, “tun”, “tong”, “yil fasllari” kabi ijodiy o‘zlashtirilgan an’anaviy obraz va timsollarning yangicha ruhda qayta jonlantirilishi; tashbeh, talmeh, tazod singari she’riy san’atlarning mohirona qo‘llanilishi orqali badiiy-estetik tafakkurning adabiyot taraqqiyotidagi tadriji aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mustaqillik davri o‘zbek lirikasi: janr xususiyatlari va poetikasi tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar:
mustaqillik davri o‘zbek lirikasi janrlarini poetika muammolari doirasida tekshirish, hozirgi adabiy jarayonning badiiy tajribalari asosida yaratilgan she’riy shakllarning kompozision-struktural xususiyatlarini aniqlash hamda o‘zbek lirikasi taraqqiyotidagi o‘rnini belgilash orqali ularning badiiy-estetik hodisa ekanligi haqidagi xulosalardan OT-F-1-100 raqamli “Imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy-madaniy faoliyatining badiiy-ijodiyot vositalari asosida nazariy va amaliy takomillashuvi” mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2023-yil 7-iyuldagi 01-2838-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiylikni vujudga keltiruvchi ko‘chim turlarining she’r kontekstida qo‘llanishi o‘quvchiga she’r mazmunini teran anglashga, tafakkurini charxlashga, lirik asarlar ta’sirchanligini oshirishga xizmat qilishi “Zamonaviy barkamol insonni tarbiyalash – davr talabi” nomli ilmiy-ommabop risola materiallarini ilmiy jihatdan boyitishga xizmat qilgan;
badiiy voqelik tasvirida “lola”, “daraxt”, “tun”, “tong”, “yil fasllari” kabi ijodiy o‘zlashtirilgan an’anaviy obraz va timsollarning yangicha ruhda qayta jonlantirilishi; tashbeh, talmeh, tazod singari she’riy san’atlarning mohirona qo‘llanilishi orqali badiiy-estetik tafakkurning adabiyot taraqqiyotidagi tadriji haqidagi Turkiya davlati Artvin Choruh universitetida bajarilgan 12.BAR 2018-raqamli “Pirimqul Qodirovning asarlari” nomli fundamental loyihada foydalanilgan (Artvin Choruh universitetining 2023-yil 20-sentyabrdagi E.3635-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotda ilgari surilgan tavsiyalar orqali tasvir mahorati, ijodkorning ijtimoiy-falsafiy qarashlari individual uslubi bilan bog‘liq holda turfa xil talqinlarni namoyon etishiga doir dalillar bilan boyitilgan;
lirik asar kompozisiyasida poetik komponentlar – qofiya, vaznning o‘rni; band tuzilishida kompozisiya elementlari – anaforik kompozisiya, kompozision echim, kompozision zanjir, kompozision spiral, kompozision halqa va uning halqali qo‘shiluv, echimli qo‘shiluv, anaforik qo‘shiluv tiplari o‘zbek lirikasi shakliy xususiyatlari va poetikasida muhim omil ekanligi haqidagi nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida FA-043429-raqamli “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 24-oktyabrdagi 412/1-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotda ilgari surilgan tavsiyalar orqali lirik asar kompozisiyasi ichki va tashqi xususiyatlarga ega yaxlit estetik hodisa ekanligi qoraqalpoq adabiyoti janrlarining nazariy jihatdan boyishida muhim omil bo‘lgan;
istiqlol davri o‘zbek lirikasining shak va mazmun yangilanishlarida mumtoz adabiy an’analarga izdoshlik, rus va jahon she’riyatining ilg‘or yutuqlaridan ijodiy ta’sirlanish hamda ijodiy izlanishlar jarayonida yuzaga kelgan qorishiq-sintez asosli kichik she’riy shakllar, tatabbu’, tazmin, terma kabi she’r turlari hamda soqiynoma janriga qayta ijodiy murojaat poetik tafakkur taraqqiyotida shoirlarning individual uslubini yoritish haqidagi dissertatsiya natijalari va xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida FA-A1-G004-raqamli “Qoraqalpoqlar tasavvurida ayol timsoli: etnologik tadqiqotlar” mavzusidagi amaliy ilmiy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 24-oktyabrdagi 413/1-son ma’lumotnomasi). Natijada bugungi davr ijodkorlari Sharq mumtoz adabiy an’analarimizga yangicha hayot baxsh etib, an’anaviy obraz va timsollarga murojaat qilishini yoritib berishga doir materiallarning mukammallashuviga erishilgan;
zamonaviy o‘zbek she’riyatida shoirlar tomonidan mumtoz qofiyaning tuzilishiga ko‘ra muqayyad va mutlaq qofiya turlari, fonetik jihatdan farqlanuvchi murdaf va mujarrad qofiya turlarining qo‘llanilishi, shuningdek, banddagi o‘rniga ko‘ra kesishgan, juftlik, o‘rama, masnaviyona, ruboiyona kabi qofiya turlarining mohirona qo‘llanilayotgani haqidagi xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” radiokanalining 2021-yilda efirga uzatilgan “Adabiyot gulshani” eshittirishi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 20-iyuldagi 2-son ma’lumotnomasi). Natijada radiodasturlarda berilgan mazkur ilmiy natijalar asosida eshittirishlar ma’naviy-ma’rifiy hamda badiiy jihatdan boyigan, xalqchilligi ortgan.