Akbarova Xolisxon Mahmudovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Asqad Muxtor ijodida sohaviy atamalar lingvopoetikasi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3247.
Ilmiy rahbar: Jamoliddinova Dilnoza Mirxojiddinovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2021.Fil.132.01.
Rasmiy opponentlar: Azimov Inomjon, filologiya fanlari nomzodi, dotsent; Lutfullaeva Durdona Esonovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi lingvopoetikaning nazariy va amaliy masalalarini yoritish, Asqad Muxtor asarlarida qo‘llangan kasbiy atama va fan sohalariga oid terminlarning badiiy-estetik vazifalarini aniqlash, ularning badiiy uslubiy xoslanishi masalasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek badiiy matnlarida lingvopoetik maqsadga erishishda individual o‘xshatish qurilmalarining kasbiy atama va terminlar vositasida hosil bo‘lishi mumkinligi Asqad Muxtor asarlari leksik tizimi misolida dalillangan;
ijodkor asarlarida turli soha atamalari va terminlarining ijodkor topilmalari sifatida xususiy muallif hamda an’anaviy metaforik ma’no ifodalashi, ular orqali badiiy matnda tilning estetik vazifaviy imkoniyatlarining namoyon bo‘lishi asoslangan;
jahon tilshunosligining lingvopoetika sohasida erishilgan nazariy va amaliy yutuqlar asosida Asqad Muxtor nasriy va nazmiy asarlarida qo‘llanilgan terminologik birliklarning lingvopoetik-hosilaviy xususiyatlari aniqlangan;
Asqad Muxtor asarlari misolida o‘zbek tilidagi ayrim kasbiy atamalar hamda turli fanlar terminlarining badiiy uslubga xoslanish imkoniyati va bu boradagi ijodkor mahorati lingvopoetik jihatdan ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Asqad Muxtor ijodida kasbiy atama va terminlar lingvopoetikasi tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagi ishlarda joriy qilingan:
jahon tilshunosligining lingvopoetika sohasida erishilgan nazariy va amaliy yutuqlar asosida Asqad Muxtor nasriy hamda nazmiy asarlarida qo‘llangan terminologik birliklarning lingvopoetik-hosilaviy xususiyatlarining aks etishi haqidagi xulosalardan 2017-2020-yillarda amalga oshirilgan FZ-2016-0908165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2023-yil 18-sentyabrdagi 18.09.2023-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu loyiha doirasida kasbiy atama va terminlarning til o‘rganishdagi semantik ahamiyati yangi qarashlar bilan boyitilgan;
ijodkor asarlarida turli soha atamalari va terminlarining xususiy-muallif (ijodkor topilmalari) hamda an’anaviy metaforik ma’no ifodalashi, ular orqali badiiy matnda tilning estetik funksiyasi namoyon bo‘lishi bo‘yicha berilgan xulosalardan FA-A1-G007-raqamli “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot obekti sifatida” mavzisidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2023-yil 28 dekabrdagi 28.12.2023-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyihada bayon etilgan nazariy xulosalar tilshunoslikning tadqiq obektlari doirasini yanada kengaytirishga xizmat qilgan; ¬
Asqad Muxtor asarlari misolida o‘zbek tilidagi ayrim kasbiy atamalar hamda turli fanlar terminlarining badiiy uslubga xoslanish imkoniyati va bu boradagi ijodkor mahorati haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali”da “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Adabiy jarayon” dasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 9-yanvardagi 04.36-47-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu radiodasturlarda Asqad Muxtor ijodiga oid muhim nazariy ma’lumotlardan samarali foydalanilgan.