Bayjanova Oqila Iskandarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek diplomatlar nutqida ritorikaning chog‘ishtirma tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil.2239.
Ilmiy rahbar: Samigova Xushnuda Botirovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01.
Rasmiy opponentlar: Teshaboeva Dilfuza Mo‘minovna, filologiya fanlari doktori, professor; Jumaniyozova Nuriya Axmedovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek diplomatlar nutqida ritorik aspektning o‘xshash va farqli jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
diplomatik nutqning ekspressivligi va emotivligini oshirishda ingliz diplomatlar ritorikasida anofora, allitratsiya, antiteza, sinekdoxa, paralellizm, gradatsiya, o‘zbek diplomatlar ritorikasida sinekdoxa, metafora, mubolag‘a, jonlantirish, o‘xshatish va gradatsiya kabi stilistik vositalarning qo‘llanilishi ustuvor ekanligi isbotlangan;
har ikkala tildagi diplomatlar nutqida maqtash (praise), faxr-iftixor, mag‘rurlik (pride), motivatsiya berish (motivation), murojaat qilish (address), tashakkur izhor qilish (express gratitude), tarixiy voqea-hodisalar, ota-bobolarimizni yod etish (history, evens, memory of our ancestors) kabi yirik konseptual guruhlarga oid so‘z va so‘z birikmalari yetakchi ekanligi aniqlangan;
davlat darajasidagi maqomga ega bo‘lgan ingliz va o‘zbek diplomatlar nutqining o‘xshash va farqli jihatlari verbal va noverbal aspektlarda, xususan fonetik, morfologik, sintaktik hamda stilistik sathlarda ochib berilgan;
diplomatik nutqni tahlil qilishda integratsiyalashgan yondashuv asosida shakllangan diplomatik faoliyat kontekstida ingliz va o‘zbek diplomatlar nutqining gender xususiyatlari ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek diplomatlar nutqida ritorikaning chog‘ishtirma tadqiq qilish jarayonida olingan natijalar va amaliy takliflar asosida:
ingliz va o‘zbek diplomatlar nutqining umumbashariy va xususiy tipologik qirralari fonetik, morfologik, sintaktik, stilistik sathlarda yasalish usullari har ikkala tilda sifatlarning orttirma darajasi, sodda va qo‘shma gaplar kabi til vositalari orqali ifodalanishi kabi xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Evropa Ittifoqining ERASMUS+dasturi, Latviyaning Rezekna texnologiyalar Akademiyasi, Angliyaning London Metropoliten universiteti bilan hamkorlikda bajarilgan “561624-EPP-1-2015-1-UK-EPPKA2-CBHE-SPIMEP” xalqaro loyihasi doirasida xorijiy til o‘qituvchilarining malakasini oshirish bo‘yicha yaratilgan o‘quv-qo‘llanma va dasturlarni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2022-yil 10-noyabrdagi IRD/22-389-son ma’lumotnomasi). Natijada malaka oshirish kursi tinglovchilarining ingliz va o‘zbek tillaridagi diplomatlar nutqi, ularning o‘xshash va farqli jihatlari, fonetik, morfologik, sintaktik, stilistik sathlarda yasalish usullari va boshqa grammatik qoidalar hamda til vositalari haqidagi bilim va ko‘nikmalarining yanada rivojlanishiga erishilgan;
diplomatik nutqning ekspressivligi va emotivligini oshirishda ingliz diplomatlar ritorikasida anofora, allitratsiya, antiteza, sinekdoxa, paralellizm, gradatsiya, o‘zbek diplomatlar ritorikasida sinekdoxa, metafora, mubolag‘a, jonlantirish, o‘xshatish va gradatsiya kabi stilistik vositalarning qo‘llanilishi ustuvor ekanligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-oktyabrdagi 662-son qarori bilan tasdiqlangan “Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomni tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 12/21/81-son ma’lumotnomasi). Natijada normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini texnik va lingvistik jihatdan rasmiylashtirish sifatini oshirishga va ijtimoiy-siyosiy fanlararo integratsiyaning ta’minlanishiga erishilgan;
lingvostatistik tahlillar asosida har ikkala tildagi diplomatlar nutqida maqtash (praise), faxr-iftixor, mag‘rurlik (pride), motivatsiya berish (motivation), murojaat qilish (address), tashakkur izhor qilish (express gratitude), tarixiy voqea-hodisalar, ota-bobolarimizni yod etish (history, evens, memory of our ancestors) kabi yirik konseptual guruhlarga oid so‘z va so‘z birikmalari yetakchi ekanligi kabi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Yoshlari Umumjahon assotsiatsiyasi tomonidan amalga oshirilgan “Xavfsiz migratsiya” loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlari Umumjahon assotsiatsiyasining 2023-yil 14-noyabrdagi 44-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida ingliz va o‘zbek tillarida tayyorlangan bukletlar, broshyuralar, tarqatma materiallarning mazmundorligi oshirilib, mahalliy va xorijiy auditoriyani keng jalb qilishga hissa qo‘shgan;
diplomatik nutqni tahlil qilishda integratsiyalashgan yondashuv asosida diplomatik faoliyatda og‘zaki va yozma muloqot o‘rtasidagi bog‘liqlik ingliz-o‘zbek madaniyati tamoyillari asosida amalga oshirilishi kabi ilmiy xulosadan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti hamda “O‘zbekiston” nashriyoti tomonidan 2021-yilda nashr qilingan “Davlat tilida ish yuritish” nomli qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamentining 2022-yil 26-oktyabrdagi 30/1-04 ma’lumotnomasi). Natijada ish yuritishda qo‘llaniladigan hujjatlarning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishga xizmat qilgan va qo‘llanmadagi ijtimoiy-siyosiy va diplomatik terminlar lug‘atining ilmiy qiymati oshgan.