Nzanova Seregul Kungradbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Qoraqalpoq tilida yuklamalarning semantikasi va stilistikasi», 10.00.03 – «Qoraqalpoq tili» (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2889.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kudaybergenov Mambetkerim Sarsenbaevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Pirniyazova Alima Kudiyarovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Bekbergenov Kdirbay Ayjarikovich, filologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qoraqalpoq tilida yuklamalarning leksik-semantik xususiyatlarini va muloqot jarayoni yoki matndagi stilistik funksiyalarini pragmatik jihatdan aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:    
qoraqalpoq tilida yuklamalarning til va nutqdagi muhim o‘rni aniqlanib, “Til – inson – muloqot”, “Til – inson – ong”, “So‘zlovchi – matn – tinglovchi” omillarida inson ruhiyatiga ta’sir etuvchi psixolingvistik va kommunikativ birlik sifatida qoʻllanilishi isbotlangan;
kommunikativ, pragmatik va stilistik mezonlar asosida soʻzlovchining kommunikativ maqsadini yuzaga chiqarish bilan bog‘liq qoʻshimcha, modal, emotsional-ekspressiv ma’no qirralari aniqlanib, sinonimik, ko‘p ma’nolilik (polisemantik) va vazifadoshlik (funksionallik) xususiyatlari ochib berilgan;
gapning kommunikativ tuzilishidagi aktualizatorlik xususiyatlari aniqlanib, fikrning tema yoki rema boʻlagini ajratish, yashirin (implisit) yoki oshkora (eksplisit) ma’nolarni yoritish vazifalari ochib berilgan;
yuklamalarning muloqotni jonlantirish xizmati yoritilgan, obrazlilik, intensivlik, alohida talaffuz akti (aksentirovanie) hodisasi, emotsionallik, ekspressivlik, aksiologik (voqea-hodisalarni baholash) kabi vazifalari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpoq tilida yuklamalarning semantikasi va stilistik xususiyatlarini pragmatik jihatdan tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
qoraqalpoq tilida yuklamalarning til va nutqdagi muhim o‘rni aniqlanib, “Til – inson – muloqot”, “Til – inson – ong”, “So‘zlovchi – matn – tinglovchi” omillarida inson ruhiyatiga ta’sir etuvchi psixolingvistik va kommunikativ birlik sifatida qoʻllanilishi isbotlanganligiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan FA-FI-G003 raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2023 yil 15 fevraldagi 60/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, qoraqalpoq tilida terminlar tizimi boyitilgan, yordamchi so‘zlarning shakllanish usullari, hozirgi adabiy tildagi vazifalari, til va nutqdagi ahamiyati aniqlangan;
kommunikativ, pragmatik va stilistik mezonlar asosida soʻzlovchining kommunikativ maqsadini yuzaga chiqarish bilan bog‘liq qoʻshimcha, modal, emotsional-ekspressiv ma’no qirralari aniqlanib, sinonimik, ko‘p ma’nolilik (polisemantik) va vazifadoshlik (funksionallik) xususiyatlari ochib berilganligiga oid takliflar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatida foydalanilgan (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2023 yil 6 oktyabrdagi 2-02/1424-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar asosida yuklamalarning serqirralik mohiyati yoritib berilgan;
gapning kommunikativ tuzilishidagi aktualizatorlik xususiyatlari aniqlanib, fikrning tema yoki rema boʻlagini ajratish, yashirin (implisit) yoki oshkora (eksplisit) ma’nolarni yoritish vazifalari ochib berilganligi hamda yuklamalarning muloqotni jonlantirish xizmati yoritilgan, obrazlilik, intensivlik, alohida talaffuz akti (aksentirovanie) hodisasi, emotsionallik, ekspressivlik, aksiologik (voqea-hodisalarni baholash) kabi vazifalari ochib berilganligiga oid mulohazalar Qoraqalpog‘iston telekanali “Erkin pikir”, “Múnásibet” ko‘rsatuvlarini va Qoraqalpog‘iston radiokanali “Tilge itibar – elge itibar” eshittirishini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘istan Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasining 2023 yil 14 fevraldagi 05-22/87-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur dasturlar yangi manbalar bilan boyigan, ilmiy-ommabopligi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish