Avezova Nigora Safarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va ingliz tillarida inson tana a’zolari harakatini ifodalovchi leksemalar tipologiyasi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2920.
Ilmiy rahbar: Hamroeva Shaxlo Mirdjanovna, filologiya fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Shahobitdinova Shohida Xoshimovna, filologiya fanlari doktori, professor; Kurbanov Muzaffar Abdumutalibovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillarida inson tana a’zolari harakatini ifodalovchi leksemalar semantikasi, o‘zaro tarjimasi, pragmatik xususiyatlari hamda leksikografik talqinini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek va ingliz tillarida inson tana a’zolari (bosh, ko‘z, qosh, qo‘l, oyoq) harakatini ifodalovchi leksemalar lug‘aviy-ma’noviy guruhi aniqlanib, ingliz va o‘zbek tilidagi lisoniy qiymati dalillangan;
inson tana a’zolari (bosh, ko‘z, qosh, qo‘l, oyoq) harakatini ifodalovchi leksemalarning o‘zbek va ingliz tilidagi tarjimasi, izohli va tarjima lug‘atlarida berilishi muammolari aniqlanib, leksikografik talqini va tarjimasini optimallashtirish zarurati asoslangan;
o‘zbek va ingliz tillarida inson tana a’zolari (bosh, ko‘z, qosh, qo‘l, oyoq) harakatini ifodalovchi leksemalar tarjimasida muqobilning mavjud emasligi aniqlanib, holatda tarjimada ifodalovchi vositalar guruhi shakllantirilgan;
o‘zbek tilida inson tana a’zolari harakat/holatini ifodalovchi 248 ta leksema, ingliz tilida mazkur ma’noviy guruhga mansub 324 ta leksema aniqlanib, o‘zbek tilida mazkur leksemalarning ko‘p ma’noli ekanligi, ingliz tiliga tarjima jarayonida so‘zning birinchi, ikkinchi va uchinchi ma’nosi turli guruhga mansub bo‘lishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz tillarida inson tana a’zolari harakatini ifodalovchi leksemalar tipologiyasi mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
o‘zbek va ingliz tillarida inson tana a’zolari harakatini ifodalovchi leksemalarning chog‘ishtirma tahlili, leksikografik talqini va tarjima muammolarini o‘rganish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida Andijon davlat universitetida 2017-2020 yillarda bajarilgan “OT-F1-18. Ommaviy lisoniy madaniyatni shaklantirish metodlar va metodologiyasini ishlab chiqish” davlat fundamental-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2023-yil 5-sentyabrdagi 39-01-1856 son ma’lumotnomasi). Natijada inglizcha-o’zbekcha morfologik shakllar bazasining takomillashuviga va amaliy muloqot shakllariga doir yangi nazariy qarahlar bilan boyitilishiga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida inson tana a’zolari leksik-semantik guruhi leksemalarining lisoniy qiymatini ochib berilganligi hamda ularning tarjima lug‘atlarda qo‘llanilishi muammolari yuzasidan berilgan ilmiy-nazariy fikrlardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2019-2021-yillarda bajarilgan I-OT-2019-42 “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish nomli” amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 6-sentyabrdagi 01/4-1670-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek va ingliz tillarida inson tana a’zolari harakatini ifodalovchi leksemalarning tarjimasi asosida inglizcha-o’zbekcha terminlar elektron lug‘atining bazasini yanada kengaytirishga asos bo’lib xizmat qilgan;
“Tana a’zolari harakati” LMGga mansub so‘zlarning o‘zbek va ingliz tillari izohli lug‘ati “Inson tana azolarining harakatini ifodalovchi birliklarning inglizcha-o‘zbekcha izohli lug‘ati” ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-sonli buyrug‘iga asosan nashrga ruxsat etilgan). Natijada, badiiy tarjimada leksemalarni tipologik aspektda o‘rganuvchilar uchun muhim ma’lumotlar berilgan;
o‘zbek va ingliz tillarida inson tana a’zolari harakatini ifodalovchi leksemalarning tarjimasi va leksikografik talqini, o’zbek xalqining ruhiyati, madaniyati haqida tasavvur hosil qiluvchi manba sifatidagi ilmiy qarashlardan “Buxoro” teleradiokanalining “Dolzarb mavzu”, “Sakkizinchi mo’jiza”, “Assalom Buxoro”, “Intervyu plyus” dasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyat bo‘limining 2023-yil 20-iyundagi 02-09-157-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu teleko’rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallar mazmunining mukammallashuvi haqidagi ma’lumotlar radiokanal ijodiy jamoasining mavzu doirasida chuqurroq mulohaza yuritishi uchun zamin yaratgan.