Yoqubov Farxod Karimjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda tashqi migratsiya jarayonlari va uning ijtimoiy mobillik bilan o‘zaro aloqadorligi (1991-2021 yy.)”, 07.00.05-Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tar930.
Ilmiy rahbar: Raximov Mirzohid Akramovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zR FA huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/31/01/2024/Tar.21.03  Rasmiy opponentlar:
Nuriddinov Erkin Zuxriddinovich, tarix fanlari doktori, professor.
Salimov Sherzod Yunusovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1991-2021 yillarda O‘zbekistonda tashqi migratsiyaning asosiy tendensiyalari va uning mobillik bilan o‘zaro aloqadorligini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
O‘zbekistonda tashqi migratsiya jarayonlarini vujudga kelishi,  davlatlararo munosabatlarni yo‘lga qo‘yilishi va huquqiy asoslarning yaratilishi (1991-2000 yy.), migratsiya doirasida hukumatlararo bitimlarning tuzilishi, migratsiyaviy oqim yo‘nalishilarining diversifikatsiyalashishi hisobiga migratsiya hajmining ortishi (2001-2021 yy.) kabi ikki bosqichda rivojlanganligi dalillangan;
1990 yillarida O‘zbekistonda kuzatilgan iqtisodiy va ijtimoiy vaziyat sabab migratsiyaviy oqimlar asosan Osiyoning boshqa davlatlariga kuzatilgani va mazkur jarayon o‘zbekistonliklarning ijtimoiy mobillashuvi bilan birga Respublika iqtisodiyotiga investisiyalar hajmining oshishi, xususan, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subektlari soni o‘sishida muhim ahamiyat kasb etganligi  isbotlangan;   
Rossiya va Turkiya davlatlari mehnat bozorida o‘zbekistonlik mehnat migrantlari sonining ortishi, migratsiya omili natijasida O‘zbekiston iqtisodiyotiga xalqaro pul o‘tkazmalari hajmining sezilarli o‘sishi va O‘zbekistonning mazkur mamlakatlar bilan o‘zaro munosabatlarida mehnat migratsiyasi masalasi alohida o‘rin egallashi aniqlangan;
O‘zbekistondan xorijiy mamlakatlarga ta’lim va akademik migratsiya oqimining dinamik o‘sishi orqali o‘zbekistonlik mutaxassislarning zamonaviy chuqur bilim va xalqaro andozalarga mos ko‘nikmalarga ega bo‘lganliklari aholining ijtimoiy mobillashuv jarayoni va migratsiyaning davlatning xalqaro integratsiyalashuviga ijobiy ta’siri kontekstida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1991-2021 yillarda O‘zbekistonda tashqi migratsiya jarayonlari va uning ijtimoiy mobillik bilan o‘zaro aloqadorligiga oid xulosa va takliflar asosida:
Mustaqillikning dastlabki yillarida o‘zbekistonlik migrantlarni Evropa mamlakatlariga qaraganda ko‘proq Osiyo davlatlariga migratsiyaviy oqimi hamda ularning mobillashuvi kuchayganligi va unga ta’sir etgan omillar bilan bog‘liq ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rasmiy axborot kanalida ma’lumotlar tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining 2023 yil 9 iyundagi 03/03-05/4897-son ma’lumotnomasi).  Tadqiqot natijasida qo‘lga kiritilgan ma’lumotlar O‘zbekistonda migratsiya siyosati, uning shakllanish tarixi hamda mazkur jarayonning dinamik o‘sish sabablarini aniqlash imkonini bergan.
O‘zbekistonning Rossiya, Koreya Respublikasi, Turkiya kabi davlatlar o‘rtasidagi migratsiyaviy aloqalari, uning rivojlanish holati va sabablariga oid ilmiy natijalardan Kembrij universiteti, Toshkentdagi Britaniya menejment universiteti, O‘zR FA huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markazi va Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti   tomonidan 2023 yil 25 aprel kuni tashkil qilingan “Research in Action 2023” xalqaro konferensiyasi doirasida foydalanilgan (Kembrij universiteti huzuridagi O‘rta Osiyo forumining 2023 yil 25 apreldagi ma’lumotnomasi). Dissertatsiyadagi ilmiy yangiliklardan foydalanish O‘zbekistonning tashqi siyosatida migratsiyaviy aloqalarning tutgan o‘rnini va davlatlararo munosabatlardagi ahamiyatini arxiv xujjatlari asosida ochib berishga xizmat qilgan.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda migratsiya jarayonlari va uning yuqori sur’atda o‘sishiga asosiy sabablar, migratsiya va ijtimoiy mobillikning o‘zaro aloqadorligi, shuningdek, Respublikaning Rossiya, Turkiya va janubiy Koreya davlatlari bilan tashqi va ta’lim migratsiya munosabatlaridagi mavjud muammolar kabi ilmiy yangiliklarga oid ma’lumotlardan  “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Tarixiy savol”  ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 21 sentyabrdagi 455-84-/3484 son ma’lumotnomasi). Natijada, mustaqillik yillarida O‘zbekistonning tashqi migratsiya jarayonlari, xususan, 1991-2021 yillarda O‘zbekiston tarixida migratsiya jarayonining vujudga kelishi, rivojlanish bosqichlari hamda o‘zbekistonliklarning tashqi migratsiyaviy jarayonlarda ishtirok etishlari to‘g‘risida keng ma’lumot olish imkonini bergan.
Turli xorijiy mamlakatlarda o‘zbekistonliklarning migratsiyaviy jarayonlari va ularning iqtisodiy, professional, akademik mobillashuviga ta’siri bilan bog‘liq ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rasmiy axborot kanalida ma’lumotlar tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining 2023 yil 9 iyundagi 03/03-05/4897-son ma’lumotnomasi).  Buning natijasida olingan ma’lumotlar O‘zbekistondan xorijiy mamlakatlarga ta’lim va akademik migratsiya oqimining dinamik o‘sishi aholining ijtimoiy mobillashuvi bilan birga davlatning xalqaro integratsiyalashuviga ijobiy ta’sirini ochib berishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish