Nazarova Madina Ataxanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ingliz tilidagi matnlarni o‘qishda talabalarni leksik polisemiyaga o‘rgatishni takomillashtirish», 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Ped67.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Jalolov Jamol Jalolovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.27.01.
Rasmiy opponetlar: Paluanova Xalifa Daribaevna, filologiya fanlari doktori, Kamalova Malika Nizamovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot:O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ingliz tilidagi matnlarni o‘qishda talabalarni leksik polisemiyaga o‘rgatishni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz tilidagi matnlarni o‘qish asosida polisemiyaning tipik murakkabliklari bo‘yicha leksik polisemiyaga o‘rgatish takomillashtirilgan;
ko‘p ma’noli so‘zlar asosida til ichi va tillararo interferensiya xatolari ingliz tilidagi matnlarni o‘qish bo‘yicha tushunish, qabul qilish, o‘zlashtirish aniqlashtirilgan;
AKT sohasi bo‘yicha tilni o‘qitish asosida inglizcha so‘zlar semantik maydonining perefirik va kontekstual ma’nolari aniqlashtirilgan;
tillararo interferensiya bo‘yicha ishlab chiqilgan mashqlar tizimi asosida polisemiyani ingliz, rus va o‘zbek tillarida qiyosiy o‘rgatish tizimi lingvodidaktik takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Talabalarga ingliz tilidagi matnlarni o‘qishda leksik polisemiyani o‘rgatish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ingliz tilidagi matnlarni o‘qish asosida polisemiyaning tipik murakkabliklari bo‘yicha takomillashtirilgan leksik polisemiyaga o‘rgatishdan “Material Design” xalqaro loyihasida foydalanilgan (Chet tillarni o‘qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazining 2018 yil 8 maydagi 10-06/142-son ma’lumotnoma). Natijada “B2 Ready” kitobi ESP sohasi uchun yaratilgan;
ko‘p ma’noli so‘zlar asosida til ichi va tillararo ingliz tilidagi matnlarni o‘qishda tushunish, qabul qilish, o‘zlashtirish bo‘yicha aniqlashtirilgan interferensiya xatolaridan A-1-197 raqamli «Ingliz va nemis tillarini o‘rganish uchun o‘quv-uslubiy modullarni takomillashtirish va ulardan foydalanishning nazariy va amaliy asoslari» (2015-2017 yy.) amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 14 maydagi 89-03-1850-son ma’lumotnomasi). Natijada takliflarning joriy qilinishi ingliz, rus va o‘zbek tillari bo‘yicha interferensiya xatolari bartaraf etishiga xizmat qilgan;
AKT sohasi bo‘yicha tilni o‘qitish asosida aniqlashtirilgan inglizcha so‘zlar semantik maydonining perefirik va kontekstual ma’nolaridan A-1-197 raqamli «Ingliz va nemis tillarini o‘rganish uchun o‘quv-uslubiy modullarni takomillashtirish va ulardan foydalanishning nazariy va amaliy asoslari» (2015-2017 yy.) amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 14 maydagi 89-03-1850-son ma’lumotnomasi). Natijada takliflarning joriy qilinishi ingliz tilida polisemiyaga o‘rgatishning takomillashuviga xizmat qilgan;
tillararo interferensiya bo‘yicha ishlab chiqilgan mashqlar tizimi asosida lingvodidaktik takomillashtirilgan polisemiyani ingliz, rus va o‘zbek tillarida qiyosiy o‘rgatish tizimidan nofilologik fakul`tetlarning ingliz tilini o‘qitishning metodik ta’minotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 27 iyuldagi 89-03-1466-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan metodikaning qo‘llanishi natijasida talabalarning ingliz tilidagi matnlarni o‘qishda polisemantik leksikaning takomillashuviga xizmat qilgan.