Bobamuratova Dilnoza Turdikulovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “COVID-19ga chalingan bemorlarda yuz-jag‘ soxasi asoratlarini tashxislash, davolash va oldini olish chora-tadbirlarini takomillashtirish”, 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2021.3.DSc /Tib 603.
Ilmiy rahbar: Boymurodov Shuxrat Abdujalilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Xabilov Nigmon Lukmonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Amanullaev Rustam Azimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ubaydullaev Muxammadxon Burxonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: University of Jordan (Iordaniya).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi COVID-19 o‘tkazgan yuz-jag‘ asoratlari mavjud bemorlar uchun klinik, diagnostik, bashoratlash, davolash-reabilitatsion choralarni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVID-19 bilan xastalangan bemorlarda yuz-jag‘ suyaklarida yuzaga kelgan asoratlarning polisindromal ko‘rinishlari, prokoagulyant, yallig‘lanish (autoimmun, neyrodistrofik) va aralash patogenetik o‘rni asoslangan;
ushbu bemorlarda qonda S reaktiv oqsili, D-dimer, fibrinogen, ferritin, antistertolizin-O miqdorining keskin oshganligi, CD3+ va CD4+ limfotsitlarining qiyosiy sonining mutlaq kamayishi, killer (CD16+) faolligi, shuningdek, sitotoksik (CD8+) limfotsitlarning va CD95+apoptoz omilini ortishi, immunoregulyasion indeksning ishonchli kamayishida antigen yoki autoantigen yuklama bilan bog‘liqligi isbotlangan;
kasallikning og‘ir kechishiga mikrobiologik tahlilda dominant mikroflora sifatida respirator, shifoxona ichi infeksiyasi Klebsiella pneumoniae i P.Aeruginosa qo‘zg‘atuvchilari, morfologik taxlilda mukormikoz suyakning ommaviy nekrozi sababchisi ekanligi asoslangan;
COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda tomirlarining tromb bilan berkilishi natijasida erta muddatlarda ko‘rish qobiliyatining yo‘qolishi, yumshoq to‘qimalar nekrozi, hamda kechki muddatlarda destruksiya-suyak sifatining buzilishi (180 HU dan -50 HU gacha) isbotlangan;
yuz-jag‘ asoratlarini oldini olishda jag‘ suyagining tarkibiy holatini o‘zgarishini oldini olishga qaratilgan tashxislash natijasida o‘z vaqtida davolash taktikasini tanlash hamda bashoratlash tartibini ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy kilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi ekspert kengashining 2024 yildagi 4 maydagi 11/046-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023 yildagi 23 noyabrdagi 11/046-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: COVID-19 bilan xastalangan bemorlarda yuz-jag‘ suyaklarida yuzaga kelgan asoratlarning polisindromal ko‘rinishlar, prokoagulyant, yallig‘lanish, autoimmun, neyrodistrofik va aralash turlari kechishida, asosiy xavf omillari va klinik shakllarining o‘rni asoslanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘yicha 3.10.2023 yildagi 130-son buyruq bilan hamda Toshkent shahridagi Profmedservis xususiy shifoxonasi bo‘yicha 30.09.2023 yildagi 28-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 bilan xastalangan bemorlarda yuz-jag‘ asoratlarning patogenetik turlari, asosiy xavf omillari va klinik shakllarining o‘rni asoslashda ko‘p tarmoqli klinikada yuz jag‘ jarroxligi bo‘limida bir kunlik yotish narxi, davolash ratsoniga muvofiq, 240000-280000 so‘mni, erta, to‘g‘ri tashxisot va davolanish bemorlarning shifoxonada qolishining o‘rtacha davomiyligi keyingi o‘rin-kunning 15,2 dan 8,1 kungacha qisqarishi hisobidan o‘rtacha 7,1 kunga kamroq statsonarda bo‘lishi, natijasida 1 nafar bemor uchun 1 martada 1775000 so‘mni, yillik 3 marta muntazam davolanishda 5325000 so‘mni, reanimatsiya va intensiv davo bo‘limida bo‘lish vaqti qisqargan. Buning natijasida 1 nafar bemor uchun o‘rtacha 2 kunga qisqarishi natijasida 2160200 so‘mni, mazkur taklif etilayotgan amaliyotlar natijasida o‘rtacha bir bemor uchun iqtisodiy tejash ko‘rsatkichi 7485000 so‘mni tashkil etadi (TTA ko‘p tarmoqli klinikasi preyskurantiga ko‘ra). Xulosa: COVID-19 bilan xastalangan bemorlarda yuz-jag‘ asoratlarini asoslashda qo‘shimcha tadqiqotlar va mutaxassislar maslahatlari xarajatlarini iqtisodiy samaradorligi 2500000 so‘mni, bir necha bosqichli operatsiyalar o‘tkazish, vaqtida tashxis qo‘yilgan bemorlar guruhida jarroxlik amaliyotidan 1 nafar bemordan 25002500 so‘m, gospitalizatsiya xarajatlaridan 7485000 so‘m, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 34987000 so‘mni tashkil etdi (1 nafar bemor uchun)
ikkinchi ilmiy yangilik: ushbu bemorlarda qonda S reaktiv oqsili, D-dimer, fibrinogen, ferritin, antistertolizin-O miqdorining keskin oshganligi, CD3+ va CD4+ limfotsitlarining qiyosiy sonining mutlaq kamayishi, killer (CD16+) faolligi, shuningdek, sitotoksik (CD8+) limfotsitlarning va CD95+apoptoz omilini ortishi, immunoregulyasion indeksning ishonchli kamayishida antigen yoki autoantigen yuklama bilan bog‘liqligi isbotlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘yicha 3.10.2023 yildagi 130-son buyruq bilan hamda Toshkent shahridagi Profmedservis xususiy shifoxonasi bo‘yicha 30.09.2023 yildagi 28-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 xastalangan bemorlarda qon tarkibidagi ko‘rsatkichlarining kasallik kechishi bilan bog‘liqligi kasallikni nazorat qilish, ambulator davolash shifoxonada 1 nafar bemor uchun shifoxonalarda yotish vaqtining 100%ga qisqartish orqali davlat byudjetidan o‘rtacha 10000000 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: Mazkur bemorlarda qon prediktorlari o‘zgarishlarini aniqlab, nazorat qilish shifoxonada 1 nafar bemor uchun shifoxonalarda yotish vaqtining 100%ga qisqartish orqali davlat byudjetidan o‘rtacha 10000000 so‘mga iqtisod qilishga erishish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: kasallikning og‘ir kechishiga mikrobiologik tahlilda dominant mikroflora sifatida respirator, shifoxona ichi infeksiyasi Klebsiella pneumoniae i P.Aeruginosa qo‘zg‘atuvchilari, morfologik taxlilda mukormikoz suyakning ommaviy nekrozi sababchisi ekanligi, rezistentligi, qaytalanish xavfi deyarli uch baravar yuqoriligi OR-2,9; (1,2–7,2) asos bo‘lganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘yicha 3.10.2023 yildagi 130-son buyruq bilan hamda Toshkent shahridagi Profmedservis xususiy shifoxonasi bo‘yicha 30.09.2023 yildagi 28-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Xastalikning qo‘zg‘atuvchilarini aniqlab to‘g‘ri davolash gospitalizatsiya muddatining 15,2 dan 8,1 kungacha reanimatsiya va intensiv davo bo‘limida bo‘lish 2 kunga qisqarishi natijasida qisqarishi hisobidan o‘rtacha 7,1 kunga qisqarishi orqali 1 nafar bemor uchun 1775000 so‘mni, yilliga 3 marta muntazam davolanishda 5325000 so‘mni, vaqti qisqargan, 7485000 so‘mni (TTA ko‘p tarmoqli klinikasi preyskurantiga ko‘ra). Xulosa: Xastalikni etiotrop davolash 1 nafar bemor uchun o‘rtacha 7485000 so‘mni (TTA ko‘p tarmoqli klinikasi preyskurantiga ko‘ra) tejash imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda tomirlarining tromb bilan berkilishi natijasida erta muddatlarda ko‘rish qobiliyatining yo‘qolishi, yumshoq to‘qimalar nekrozi, hamda kechki muddatlarda destruksiya- suyak sifatining buzilishi (180 HU dan -50 HU gacha) isbotlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘yicha 3.10.2023 yildagi 130-son buyruq bilan hamda Toshkent shahridagi Profmedservis xususiy shifoxonasi bo‘yicha 30.09.2023 yildagi 28-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 bilan xastalangan bemorlarda yuz-jag‘ asoratlarini erta tashxislash va davolash tomirlar rekanalizatsiyasiga, ko‘z va suyakning funksional holatinining izdan chiqishi va chirish natijasida yuzaga keladigan nuqsonlarni oldini olish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: erta tashxislash orqali asoratlar oldini olish xamda, to‘g‘ri jarroxlik amaliyotini tanlash va o‘tkazishga sabab bo‘lgan, natijada osteomielit rivojlanishi oldi olinadi, jarayon engil kechganda xarajatlar keskin qisqaradi, jami o‘rtacha 21338200 so‘m sarflanadi (“TTA ko‘p tarmoqli klinikasi preyskurantiga ko‘ra). Demak bunda 1 nafar bemor uchun: 25002500 so‘m iqtisod qilinadi. Xulosa: Radiologik tekshiruvlar bilan erta belgilarni aniqlash va davolash 1 nafar bemor uchun jarroxlik amaliyotlaridan 25002500 so‘m iqtisod qilinadi, nogironlikni oldini olinadi.
beshinchi ilmiy yangilik: COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda yuz-jag‘ suyaklarida soxasida yuzaga kelgan asoratlarini oldini olish, jarayonlari kechishining og‘irligi va nozologik shakliga qarab, tashxislash, konservativ va operativ davolash taktikasini tanlash, hamda bashoratlash tartibini ishlab chiqilganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘yicha 3.10.2023 yildagi 130-son buyruq bilan hamda Toshkent shahridagi Profmedservis xususiy shifoxonasi bo‘yicha 30.09.2023 yildagi 28-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Mazkur bemorlarda asoratlarini oldini olishda tashxislash, o‘z vaqtida konservativ davolash taktikasini tanlash hamda bashoratlash tartibini ishlab chiqish orqali ko‘p tarmoqli klinikada yuz jag‘ jarroxligi bo‘limida bir kunlik yotish narxi, davolash ratsioniga muvofiq, mazkur taklif etilayotgan amaliyotlar natijasida o‘rtacha bir bemor uchun iqtisodiy tejash ko‘rsatkichi 7485000 Xulosa: Taklif etilgan algoritm bilan davolash jarroxlik amaliyotidan 1 nafar bemordan 25002500 so‘m, gospitalizatsiya xarajatlaridan 7485000 so‘m, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 34987000 so‘mni tashkil etadi (1 nafar bemor uchun).