Kazakova Munira Narzikulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): ««Bazal`t -serpentinit» kompozisiyasida  suyuqlanma hosil bo‘lishi  va ular asosida mineral tola olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 - Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi, 02.00.15 - Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4105.
Ilmiy rahbar: Eminov Azizjon Ashrapovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va nooorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti huzuridagi DSc.02/05.05.2023.K/T.35.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Sobirov Baxtiyor Toxtaevich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Iskenderov Axmet Maksetbaevich, texnika fanlari doktori,  dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik  va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “bazal`t-serpentinit” kompozisiyasida suyuqlanma hosil bo‘lishni tadqiq etish va ular asosida mineral tola olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli maqsadlardagi issiqlikni himoyalovchi materiallar uchun  ilk bor mineral momiq olishda “bazal`t-serpentinit-mikrokremnezem” uchlamchi sistemada bazal`t suyuqlanmasini olish imkoniyatlari asoslangan;
magmatik, toshsimon xomashyo resurslari va amorf mikrokremnezemning kimyo-mineralogik tarkiblari va fizik-kimyoviy hususiyatlari hamda ularning mineral momiq tajriba namunalarining suyuqlanma hosil bo‘lish jarayonlariga, fizik-kimyoviy va texnologik xossalariga ta’siri aniqlangan;
bazal`t, serpentinit va mikrokremnezem asosidagi ikkilamchi va uchlamchi sistemalarda 900-1450oS haroratlarda qattiq fazali pishish jarayonida yangi kristall faza strukturalarining hosil bo‘lishi aniqlangan;
xomashyo komponentlarining diopsid, avgit, magnetit, forsterit va tridimit minerallarining kristall faza strukturalarini hosil kilib, fazaviy o‘tish qonuniyatlari asoslangan;
mikrokremnezem ishtirokidagi bazal`t-serpentinit aralashmasi asosidagi ikkilamchi va uchlamchi sistemalarda suyuqlanma hosil bo‘lish jarayonlari va uchlamchi diagrammada maqbul tarkiblar sohasi aniqlangan;
uchlamchi sistema asosidagi maqbul omuxta tarkiblari va bazal`t aralashmasining 1400-1450oS  harorat oraligida qaynashining texnologik rejimlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
“Bazal`t-serpentinit-mikrokremnezem” uchlamchi sistemasida suyuqlanma hosil bo‘lish jarayonlarini o‘rganish, mahalliy mineral xomashyo va ikkilamchi resurslardan foydalanib, mineral momiqning yaratilgan tarkibi va ishlab chiqarishning past haroratli texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“bazal`t-serpentinit-mikrokremnezem” sistemasidan foydalanib,  mineral momiq olish uchun ishlab chiqilgan tarkib “BASALT WOOL” QKning “2024-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“BASALT WOOL” QKning 2024 yil 29 yanvardagi 89-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan tarkibni joriy etish natijasida amaldagiga nisbatan 3,5 barobar arzon mineral paxta ishlab chiqarish imkonini beradi;
mahalliy xomashyo va ikkilamchi resurslar asosida mineral momiq olish texnologiyasi “BASALT WOOL” KQning “2024-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“BASALT WOOL” KQning 2024 yil 29 yanvardagi 89-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, past haroratida qaynatish asosida amaldagi standart talablarga mos kelgan issiqlikni himoyalovchi material olish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish