Kattaev Nuritdin To‘raevichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Akrilonitril asosida donador ionitlar sintezi va ularning fizik-kimyoviy xossalari», 02.00.06–Yuqori molekulyar birikmalar, 02.00.04–Fizik kimyo (kimyo fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/K12.

Ilmiy maslahatchi: Babaev Tuyg‘un Mirzaahmedovich, kimyo fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, DSc.27.06.2017.K/FM/T.36.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.

Rasmiy opponentlar: Sidiqov Abdujalol Sidiqovich, kimyo fanlari doktori, professor; Rafikov Adxam Salimovich, kimyo fanlari doktori, professor; Arslanov Sharafutdin Sultanovich, kimyo fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II.Tadqiqotning maqsadi: akrilonitril asosida strukturasi oldindan belgilangan donador ionitlarning yo‘naltirilgan sintezi, fizik-kimyoviy xossalarini va qo‘llash sohalarini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor akrilonitrilning tikuvchi agentlar – N,N\'-metilen-bis-akrilamid va divinilbenzol ishtirokida suspenzion sopolimerlanishi usuli yordamida donador ionitlar sintezida polimer matrisasi vazifasini bajaruvchi yangi nadmolekulyar strukturali sopolimerlar olingan;

ilk bor akrilonitrilning N,N\'-metilen-bis-akrilamid bilan suspenzion sopolimerlanishi kinetikasiga turli omillarning ta’siri o‘rganilgan va akrilonitrilning fizik-kimyoviy xossalari oldindan belgilangan tikilgan sopolimerlarini olishning qulay sharoitlari aniqlangan;

suvda eruvchan kraxmal va OP-10 sirt faol moddasi asosida yangi barqarorlashtiruvchi tizim ishlab chiqilgan va mikro- va nanoglobulyar arxitekturali sopolimerlar olish imkonini beradigan himoya kolloidini reaksion aralashmaga qo‘shishning uslubi takomillashtirilgan;

turli inert suyultiruvchilar va tikuvchi agentlarning tabiatining akrilonitrilning N,N’-metilen-bis-akrilamid va divinilbenzol bilan tikilgan sopolimerlarining strukturaviy-morfologik va fizik-kimyoviy xossalariga ta’siri aniqlangan;

akrilonitrilning N,N\'-metilen-bis-akrilamid va divinilbenzol bilan tikilgan sopolimerlarini ishqoriy gidrolizlash va gidrazin, gidroksilamin, dietilamin, etilendiamin bilan kimyoviy modifikatsiyalash jarayonini boshqarish orqali fizik-kimyoviy xossalari oldindan belgilangan, nano-mikroglobulyar tuzilishli yangi donador ionitlar sintez qilingan;

ilk bor akrilonitrilning tikilgan sopolimerlarining gidroksilamin, gidrazin, dietilamin va etilendiamin ta’sirida aminolizining yangi uslublari ishlab chiqilgan va akrilonitrilning N,N’-metilen-bis-akrilamid bilan sopolimeri asosida xossalari oldindan belgilangan yangi donador ionitlar olingan;

yangi ionitlarga metall ionlari sorbsiyasining kinetik va termodinamik ko‘rsatkichlarini hisoblash orqali ularning sorbsion hamda fizik-kimyoviy xossalari aniqlangan;

zamonaviy kvant-kimyoviy usullarni qo‘llagan holda akrilonitril asosidagi anionalmashinuvchi yangi donador ionitlarda d-metall ionlarining kompleks hosil qilish xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha yangi usul ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Akrilonitril asosida tuzilishi va fizik-kimyoviy xossalari oldindan belgilangan yangi donador ionitlarni sintez qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

akrilonitrilning divinilbenzol bilan tikilgan sopolimerini ishqoriy gidrolizlash orqali olingan KB-Dp-1 kationiti «Navoiazot» AJda amaliyotga tatbiq etilgan («Navoiyazot» AJning 2017 yil 23 yanvardagi 02/726-son ma’lumotnomasi). Natijada suvni tayyorlash jarayonida regeneratsiya uchun zarur bo‘ladigan 3%li H2SO4 eritmasi hajmi standartga, ya’ni chetdan import qilinadigan KU-2-8 kationitiga nisbatan 2,3–2,4 martaga qisqartirish imkonini bergan;

sintez qilingan yangi strukturali donador ionitlarning metall ionlarini sorbsiyalash jarayoni bo‘yicha natijalar 646659 raqamli «Borohydrate permeability in poly(N-isopropylacrylamide) hydrogels» mavzusidagi ilmiy loyihada polimerlar va quyi molekulyar birikmalar orasidagi ta’sirlashuv tabiatini aniqlashda foydalanilgan (Berlin Gel`mgol`s markazining 2017 yil 1 noyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada borogidrid va poli-(N-izopropil-akrilamid) o‘rtasida kompleks hosil bo‘lish mexanizmini aniqlash va jarayonning Gibbs energiyasi, ental`piyasi va entropiyasining o‘zgarishini hisoblash imkonini bergan;

akrilonitrilning tikilgan sopolimerlarini turli aminlar bilan kimyoviy modifikatsiyalashni boshqarish bo‘yicha olingan natijalar I-2016-7-9 raqamli «Munchoqsimon anionitlarni olishni yo‘lga qo‘yish» mavzusidagi loyihada poliakrilonitril va polivinilxloridning funksional guruhlarini maqsadli o‘zgartirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 10 oktyabrdagi FTA-01-11/797-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi sanoat eritmalaridan metall ionlarini ajratib olishda kompleks hosil qilish xossalarini namoyon qiluvchi import o‘rnini bosuvchi donador ionitlar sintez qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish