Axmedov Shavkat Sadikxodjaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuqori ko‘z qovoqlarining ptozidagi vektor biomexaniq o‘zgarishlari va ularni jarrohlik korreksiyasi», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib4129.
Ilmiy rahbar: Ismailov Saidmurad Ibragimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi”.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Dsc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Madazimov Madamin Muminovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Akbarov Mirshavkat Mirolimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashqilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yuqori qovoq mushaklaridagi dastlabki biomexaniq vektor o‘zgarishlarining xususiyatlarini hisobga olgan holda operatsiyalarning taktik va texnik jihatlarini takommilashtirish orqali turli xil etiologiyali blefaroptozni jarroxlik yo‘li bilan tuzatish samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
blefaroptozni darajasi yuqori qovoq levatorining ko‘taruvchi tortilish kuchsizlanish darajasining nisbati o‘zgarishiga va yuqoriga yo‘naltirilgan dinamik vektor kuchining pasayishiga, shuningdek pastga yo‘naltirilgan statik vektor komponentini kuchaytiradigan tarzal plastinkadagi chandiqlar, ko‘z qovoqlari o‘smalari, yalliglanish infiltratlari rivojlanishi fonida, elastiklikning pasayishiga va qattiqlikning oshishiga bog‘liqligi aniqlangan;
yuqori qovoq harakatida ishtiroq etuvchi vektor kuchlarining dastlabki buzilishlarining biomexaniq xususiyatlariga, shuningdek, tuzatish operatsiyalarining texnik jihatlarining ularga ta’siriga qarab, blefaroptoz va operatsiyadan keyingi lagoftal`mning residivlari, rivojlanishining patogenetik jihatlari aniqlangan;
tuzatuvchi operatsiyalarni bajarishda qisqartirilgan yuqori qovoq levatorning cho‘zilish darajasini va tarzal plastinkaning statik qarshiligini hisobga olish kerakligi isbotlangan, bu aniq namoyon bo‘luvchi yonboshlama kuchlanish va choklarni kesish natijasida lagoftal`m yoki blefaroptozni qaytalanishiga olib kelishi aniqlangan;
turli xil etiologiyalarning blefaroptozni tuzatishdan oldin tarzal plastinkani boshashtirish usuli ishlab chiqilgan, bu ko‘z qovoqlari limblari qirralarining proeksiyasida tarzal plastinkaning qarshiligini ko‘ndalang holatda kesish orqali pasaytirishni ta’minlashi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“Akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” Ekspert kengashining 2024 yil 10 maydagi 19 sonli xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM ning 2024 yil 7-maydagi 393-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: blefaroptozni darajasi yuqori qovoq levatorning ko‘taruvchi tortilish kuchsizlanish darajasining nisbati o‘zgarishiga va yuqoriga yo‘naltirilgan dinamik vektor kuchining pasayishiga, shuningdek pastga yo‘naltirilgan statik vektor komponentini kuchaytiradigan tarzal plastinkadagi chandiqlar, ko‘z qovoqlari usmalari, yalliglanish infiltratlari rivojlanishi fonida, elastiklikning pasayishiga va qattiqlikning oshishiga bog‘lig‘ligi aniqlangani Farg‘ona sh. “Biotest medical” MChJ (2024 yil 14 mart №11 sonli buyrug‘i) va “Meridian” MChJ (2023 yil 15 mart №18 sonli buyrug‘i) bo‘yicha amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yuqori qovoq ptozi bo‘lgan bemorlarda qovoqlar xarakatlarining o‘zgarishlari vektor o‘zgarishlarini tipologik xususiyatlari va tuzilishi bo‘yicha olingan ma’lumotlarga asoslanib, turli xil umumiy hamda o‘ziga xos asoratlarni rivojlanishining asosiy xavf omillari tekshiriladi, jarroxlik korreksiyasi amaliyotlaridan keyin bemorlarning hayot sifatini yaxshilash shuningdek mehnat faoliyatiga qaytarish, uzoq muddatli ko‘zatuv davrida asosiy salbiy asoratlar 21,2% dan 3,8% gacha (χ2=15,240; df=1; p<0,001) kamayishi aniqlandi. Shu asoratlardan entropion 4,5% dan 0,8% gacha, yarali keratit 7,6% dan 1,5% gacha, ligaturali oqma yara 1,5% dan 0,8% gacha. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: yuqori qovoq ptozi bo‘lgan bemorlarda qovoqlar xarakatlarining o‘zgarishlari vektor o‘zgarishlarini tipologik xususiyatlari hamda tuzilishi bo‘yicha olingan ma’lumotlarga asoslanib, turli xil umumiy shuningdek o‘ziga xos asoratlarni rivojlanishining asosiy xavf omillarini erta aniqlash natijasida bemorning bu kabi xolatlarda sarflanadigan umumiy xarajatlari, tadqiqotning ilmiy-amaliy natijalarini joriy etish hisobiga 1 bemorga 1896533 so‘m mablag‘ tejab qolindi. Mazkur taklif etilgan algoritmli tashxislash hamda yuqori qovoq ptozi bilan jarrohlik korreksiyasi yordamida 1 bemor uchun 1896533 so‘m iqtisod qilinsa, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 9482665 so‘mni tashqil etdi (5 nafar bemor uchun) (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM, preyskurantiga ko‘ra). Shunda yillik byudjet mablag‘laridan 2844780 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 6637885 so‘m miqdorda iqtisod qilindi. Xulosa: yuqori qovoq xarakatida ishtiroq etuvchi vektor kuchlarining dastlabki buzilishlarining biomexaniq xususiyatlariga, shuningdek, operatsiyadan o‘tkazishning original texnik usullarini amaliyotga joriy etilishi davolash natijalarini bashorat qilish, davolash taktikasini optimallashtirish va tibbiy samaradorlik oshishiga olib keldi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Yuqori ko‘z qovoqlarining ptozidagi vektor biomexaniq o‘zgarishlari va ularni jarrohlik korreksiyasi” mavzusidagi dissertatsion tadqiqotda olingan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM direktori tomonidan 07.05.2024 y.; №393 sonli xat yuborilgan;
ikkinchi ilmiy yangilik: yuqori qovoq xarakatida ishtiroq etuvchi vektor kuchlarining dastlabki buzilishlarining biomexaniq xususiyatlariga, shuningdek, tuzatish operatsiyalarining texnik jixatlarining ularga ta’siriga karab, blefaroptoz va operatsiyadan keyingi lagoftal`mning residivlari, rivojlanishining patogenetik jixatlari aniqlangani Farg‘ona sh. “Biotest medical” MChJ (2024 yil 14 mart №11 sonli buyrug‘i) va “Meridian” MChJ (2023 yil 15 mart №18 sonli buyrug‘i) bo‘yicha amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: barcha etiologiyadagi blefaroptozlarni jarroxlik yo‘li bilan korreksiyadan oldin tarzal plastinkasini ko‘ndalang xolatda kesib qarshilik quvvatini pasaytirgandan so‘ng yaxshi va qoniqarli natijalar 33,3% dan 94,7% gacha oshdi (χ2=86,490; df=3; p<0,001), residivlar bo‘lsa 60,6% dan 5,3% ga pasaygani (χ2=89,199; df=1; p<0,001) aniqlandi, natijada yuqori qovoq ptozi bilan bemorlarning umumiy davosiga va keyingi kasalligi qaytalanishi foizi pasaygani uchun ketadigan iqtisodiy xarajatlar kamayishiga katta ta’sir qildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: opersiyani bajarish uchun qimmatbaxo asbob uskunlarga xojati kerak emasligi ko‘rsatildi; odatda amaliyot ixtisoslashgan markazda o‘tkazish kerak va uzoqdan yuborilgan bemorlarga yo‘lkiraga va yashashiga sarf xarajatlar kerak bo‘ladi. Chet el davlatda operativ davo uchun safardagi sarf xarajatlari oshadi, modifikatsiyalashgan texnika ishlatib blefaroptoz korreksiyasi amaliyotni viloyat ko‘z shifoxonalarda yoki plastik jarroxlik bo‘limlarida bajarish mumkin, bemorlarda sarf xarajatlari safarga borgani va safarda yashash uchun yuqoladi; yuqori qovoq ptozlarini korreksiyasida an’anaviy texnik usullari ishlatib operatsiyalar bajarilsa yuqori qovoq levatori mioplastikasi narxi o‘rtacha 1516900 so‘m tashkil qiladi, yuqori qovoq levatorini rezeksiyasi narxi o‘rtacha 2275300 so‘m, yuqori qovoqni peshona mushagiga ilmoqda tortib ko‘tarish narxi o‘rtacha 1896533 so‘mni tashkil qiladi (“Akademik V.Vohidov nomidagi RIXIATM” DM, preyskurantiga ko‘ra). Taklif etilayotgan yangi usullar tadbiq etilganda yuqoridagi an’anaviy usullarga qaraganda sarf harajatlar iqtisodiy ko‘rsatgichi o‘rtacha 510000 so‘mni tashkil etadi (anesteziya usuli, yotoq kuni va qo‘shimcha sarf xarajtlar). Mazkur harajtlar har xil etiologiyali hamda har xil darajadagi blefaroptozlar jarrohlik amaliyotlari turilarini tanlanishidan qa’tiy nazar o‘zgarmas hisoblanadi. Shundan kelib chiqganda (yuqori qovoq levatorini rezeksiyasi misolida): ((odatda mazkur patologiyada sarf qilingandigan o‘rtacha umumiy xarajat) 2275300 so‘m – (taklif etilgan usullar yordamida to‘g‘ri tanlangan davolash taktikasi natijasida, yangi jarrohlik amaliyotining joriy etilishi natijasidagi o‘rtacha umumiy xarajat) 1765300 so‘m = 510000 so‘m (iqtisod qilinadigan so‘mma)), bunda esa yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 5100000 so‘mni tashkil etdi (10 nafar bemor uchun). Natijada yillik byudjet mablag‘laridan 1530000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 3570000 so‘m miqdorda iqtisod qilindi. Xulosa: Yuqori qovoq blefaroptozlarni jarroxlik yo‘li bilan davolashda vektor biomexaniq o‘zgarishlarni inobatga olib oldin tarzal plastinkani qarshiligini pasaytirish operatsiyadan keyingi lagoftal`m va blefaroptoz residivlarini kamaytirdi va davolash samaradorligini oshirdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Yuqori ko‘z qovoqlarining ptozidagi vektor biomexaniq o‘zgarishlari va ularni jarrohlik korreksiyasi” mavzusidagi dissertatsion tadqiqotda olingan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM direktori tomonidan 07.05.2024 y.; №393 sonli xat yuborilgan;
uchinchi ilmiy yangilik: tuzatuvchi operatsiyalarni bajarishda qiqsartirilgan yuqori qovoq levatorning cho‘zilish darajasini va tarzal plastinkaning statik qarshiligini xisobga olish kerakligi isbotlangani, bu aniq namoyon bo‘luvchi yonboshlama kuchlanish va choklarni kesish natijasida lagoftal`m yoki blefaroptozni qaytalanishiga olib kelishi aniqlangani Farg‘ona sh. “Biotest medical” MChJ (2024 yil 14 mart №11 sonli buyrug‘i) va “Meridian” MChJ (2023 yil 15 mart №18 sonli buyrug‘i) bo‘yicha amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi blefaroptozlar bilan bemorlarda yuqori qovoq levator funksiyasi qoniqarli yoki yaxshi bo‘lsa (Berke usulida aniqlangan) qarshilik quvvatini pasaytirib duplikatura xosil qilish yuqori qovoqda yumish funksiyasi kam o‘zgargani va patologik lagoftal`m xavfi yuqolgani isbotlandi, blefaroptoz residivi bo‘lsa 1 chi darajadagi blefaroptozlarda 55,3% dan 0% ga (χ2=33,122; df=1; p<0,001), 2 chi daraja blefaroptozlarda 64,3% dan 3,6% ga (χ2=31,171; df=1; p<0,001) erishildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: yuqori qovoq 1 chi va 2 chi darajali ptozlarini korreksiyasida an’anaviy texnik usullar ishlatib operatsiyalar bajarilsa (yuqori qovoq levator mushagi mioplastikasi narxi) 1516900 so‘m tashqil qiladi. Yangi taklif etilayotgan usulda esa 1006900 so‘mni tashqil qiladi. Bunda 1 bemor uchun iqtisodiy tejash ko‘rsatgichi 510000 so‘mni tashqil etadi. Yuqori qovoq 1 chi va 2 chi darajali ptozlarini korreksiyasida klassik metodlarni qo‘llash natijasida takroriy asoratlar chastotasi mazkur yangi yondashuv uslubidagi davo taktikasiga nisbatan qaytalanish xavfi 64,3% dan 3,6% ga kamaygan (64,3:3,6=17,86). Ya’ni bunda asoratlarda aralashuvlar o‘rtacha 18 marotaba qisqarganligi xisobidan iqtisodiy tejash ko‘rsatgichi 9180000 so‘mni tashqil etdi (510000 so‘m x 18= 9180000 so‘m). Shundan kelib chiqib mazkur amaliyotlar natijasida: 1 bemor uchun o‘rtacha xisobda takroriy asoratlar chastotasini kamaytirish hisobidan 9180000 so‘m mablag‘ iqtisod qilinishiga olib keldi, bunda yillik iqtisodiy tejash ko‘rsatkichi 27540000 so‘mni tashqil etdi (3 nafar bemor uchun). Shunda yillik byudjet mablag‘laridan 8262000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 19278000 so‘m miqdorda iqtisod qilindi. Xulosa: tarzal plastinkani qarshilik quvvatini oldin pasaytirib qovoq levatori bilan duplikatura yasab blefaroptozlarni jarroxlik yo‘li bilan to‘g‘rilash usullari an’anaviy texnikalariga nisbatdan xavfsizlik va samaradorlikdan ustun keldi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Yuqori ko‘z qovoqlarining ptozidagi vektor biomexaniq o‘zgarishlari va ularni jarrohlik korreksiyasi” mavzusidagi dissertatsion tadqiqotda olingan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM direktori tomonidan 07.05.2024 y.; №393 sonli xat yuborilgan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: turli xil etiologiyalarning blefaroptozni tuzatishdan oldin tarzal plastinkani bo‘shashtirish usuli ishlab chiqilgan, bu ko‘z qovoqlari limblari qirralarining proeksiyasida tarzal plastinkaning qarshiligini ko‘ndalang xolatda kesish orqali pasaytirishni ta’minlashi aniqlangani Farg‘ona sh. “Biotest medical” MChJ (2024 yil 14 mart №11 sonli buyrug‘i) va “Meridian” MChJ (2023 yil 15 mart №18 sonli buyrug‘i) bo‘yicha amaliyotga joriy etilgan. . Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: 3 chi darajadagi blefaroptozlar bilan bemorlarda yuqori qovoq levator funksiyasi qoniqarsiz bo‘lganda yangi taklif etilayotgan yuqori qovoq tarzal plastinkasini korreksiyadan oldin qarshilik quvvatini pasaytirib peshona mushagiga qosh ostidagi qismiga bevosita tikib korreksiya qilishga erishildi. Usulini qo‘llash orqali blefaroptozni residivi 100% dan 11,1% gacha (χ2=22,222; df=1; p<0,001) kamaygan, bu esa bemorlar orasida qayta aralashuvlarni 10 nafardan 1 nafargacha kamayishiga olib keldi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: yuqori qovoq 3 chi darajadagi ptozlarida qoniqarsiz qovoq levatori funksiyasi bilan (Berke usulida tekshirilgan) korreksiyasida an’anaviy texnik usullari ishlatib operatsiyalar bajarilsa yuqori qovoqni peshona mushagiga ilmoqda tortib ko‘tarish narxi 1 896 533 so‘m tashqil qiladi (“Akademik V.Vohidov nomidagi RIXIATM” DM, preyskurantiga ko‘ra). Yangi taklif etilayotgan usulda esa o‘rtacha 1006900 so‘mni tashqil qiladi. Bunda 1 bemor uchun iqtisodiy tejash ko‘rsatgichi 889633 so‘mni tashqil etadi. Yuqori qovoq 3 chi darajali ptozlarini korreksiyasida klassik metodlarni qo‘llash natijasida takroriy asoratlar chastotasi mazkur yangi yondashuv uslubidagi davo taktikasisiga nisbatan qaytalanish xavfi 100% dan 11,1% ga kamaygan (100:11,1=9). Ya’ni bunda asoratlarda aralashuvlar o‘rtacha 9 marotaba qisqarganligi xisobidan iqtisodiy tejash ko‘rsatgichi 8006697 so‘mni tashqil etdi (889633 so‘m x 9= 8006697 so‘m). Shundan kelib chiqib mazkur amaliyotlar natijasida: 1 bemor uchun o‘rtacha xisobda yuqori qovoq 3 chi darajali ptozlarini korreksiyasida takroriy asoratlar chastotasini kamaytirish hisobidan 8006697 so‘m mablag‘ iqtisod qilinishiga olib keldi, bunda yillik iqtisodiy tejash ko‘rsatkichi 32026 788 so‘mni tashqil etdi (4 nafar bemor uchun). Shunda yillik byudjet mablag‘laridan 9608037 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 22418751 so‘m miqdorda iqtisod qilindi. Xulosa: yuqori qovoq 3 chi darajadagi ptozlarida qoniqarsiz qovoq levatori funksiyasi bilan korreksiyasidan oldin taklif qilingan tarzal plastinkani qarshilik quvvatini pasaytirish natijasida tarzal plastinkani bevosita peshona mushagiga tikishga imkon berdi, blefaroptozni residivi xavfini pasaytirdi, iktisodiy samaradorligini oshirdi va afzalrok xisoblandi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Yuqori ko‘z qovoqlarining ptozidagi vektor biomexaniq o‘zgarishlari va ularni jarrohlik korreksiyasi” mavzusidagi dissertatsion tadqiqotda olingan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM direktori tomonidan 07.05.2024 y.; №393 sonli xat yuborilgan.