Abduvaxobov Dilshod Abduvaxidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Dala rel`efiga moslanuvchan tishli borona ishlab chiqish va parametrlarini asoslash», 05.07.01–Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T268.
Ilmiy rahbar: To‘xtaqo‘ziev Abdusalim, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institututi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institututi, DSs.27.06.2017.T.10.01.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Ismoil Toshkentovich, texnika fanlari doktori, professor; Do‘squlov Abdusattor Axadovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “BMKB-Agromash” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: dala yuzasida mayin tuproq qatlamini hosil qilish va begona o‘tlarning to‘liq yo‘qotilishini ta’minlash hamda ish unumini oshirish va energiya hajmdorlikni kamaytirish uchun dala rel`efiga moslanuvchan tishli borona ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dala rel`efiga moslanuvchan va ishchi zvenolari o‘zaro tebranadigan tishli boronaning konstruktiv sxemasi ishlab chiqilgan;
tishli boronaning tuproqni yumshatish chuqurligi bo‘yicha barqaror harakatini, tortishga qarshiligi hamda ishchi zvenolarining tik va burchak tebranishlarini ifodalovchi analitik bog‘lanishlar asosida uning maqbul parametrlari aniqlangan;
dala rel`efiga moslanuvchan tishli borona agrotexnik va energetik ko‘rsatkichlarini uning parametrlari va agregat harakat tezligiga bog‘liq ravishda o‘zgarishini ifodalovchi bog‘lanishlar asosida ularning maqbul qiymatlari aniqlangan;
mahalliy dala o‘lchamlariga mos va notekisliklariga moslanuvchan yuqori manyovrli tishli borona konstruksiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘larini ekishdan oldin tuproqqa ishlov beradigan, dala rel`efiga moslanuvchan tishli borona ishlab chiqish va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
dala rel`efiga moslanuvchan tishli boronaga Intellektual mulk agentligining ikkita foydali modellariga patentlari olingan («Borona», №FAP 00909-2014 y.; «Tishli borona», №FAP 01174-2017 y). Natijada dala rel`efiga moslasha oladigan va ishchi zvenolari tebranadigan tishli boronaning konstruktiv sxemasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘larini ekishdan oldin tuproqni yumshatish, begona o‘tlarni yo‘qotish texnologik jarayonlari bajarilishining sifat ko‘rsatkichlarini baholashga dastlabki talablar va tishli borona konstruksiyasini loyihalashga texnik topshiriq ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 28 martdagi 02/23-180-son ma’lumotnomasi). Natijada dalani begona o‘tlardan tozalash, mayin qatlamli tuproq hosil qilish va undagi namning saqlanishini ta’minlash imkoni yaratilgan;
dalalarga qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘larini ekishdan oldin tuproqqa ishlov berish uchun ishlab chiqilgan dala rel`efiga moslanuvchan tishli boronaning sanoat nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatsiyalash va sinash Davlat markazi»da sinovlardan o‘tgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi fermer xo‘jaliklarida, jumladan Pop va Mingbuloq tumanlari fermer xo‘jaliklariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 28 martdagi 02/23-180-son ma’lumotnomasi). Natijada erlarni boronalashda yonilg‘i sarfi 1,36-1,38 martaga va foydalanishdagi xarajatlar 21-23 foizga kamaygan.