Xudayberdiev Ravshan Uktamjonovishning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tikuv-trikotaj sanoati biznes-jarayonlari tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3419.
Ilmiy maslahatchi: Xashimov Akrom Abdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi «O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari» ilmiy-tadqiqot markazi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.  
Rasmiy opponentlar: Qodirov Abdusattorxo‘ja, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Hamdamova Gavhar Abdusamatovna, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tikuv-trikotaj sanoati biznes-jarayonlari tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif hamda tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tikuv-trikotaj korxonalari biznes-jarayonlarining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan va mamlakatda ishlab chiqarilmaydigan, import qilinadigan sun’iy va sintetik tola, jun, xomashyo va materiallari uchun bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod qilishni tatbiq etish orqali takomillashtirish asoslangan;
tikuvchilik korxonasida kiyimlar andozasini bichish jarayoniga oid xarajatni kamaytirish mezoni bo‘yicha maqsad funksiyasini   darajasida belgilash asosida biznes-jarayonni reinjiniringlash orqali samarali tashkil etish asoslangan;
to‘qimachilik korxonasi biznes-jarayonlarining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi korxona raqobatbardoshigini ta’minlashga yo‘naltirilgan biznes-jarayonlarni tanlashda zamonaviy tizim va usullarni ishlab chiqish, samarali tashkil etish bo‘yicha maxsus komissiya va konsalting-maslahat xizmatlari vositasida takomillashtirilgan;
«FULL COTTON» mas’uliyati cheklangan jamiyatning mahsulot sotishdan tushgan umumiy tushum ko‘rsatkichiga ta’sir qiluvchi omillarning ekonometrik modeli asosida 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tikuv-trikotaj sanoati korxonalari biznes-jarayonlari tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tikuv-trikotaj korxonalari biznes-jarayonlarining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan va mamlakatda ishlab chiqarilmaydigan, import qilinadigan sun’iy va sintetik tola, jun, xomashyo va materiallari uchun bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod qilishni tatbiq etish orqali takomillashtirish taklifi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar ishlab chiqarish faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023 yil 10 martdagi 03/14-583-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi to‘qimachilik korxonalarida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan va mamlakatda ishlab chiqarilmaydigan, import qilinadigan sun’iy va sintetik tola, jun, xomashyo va materiallari uchun bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod qilinishi natijasida mahsulot tannarxini pasaytirish hamda ishlab chiqarish hajmini oshirish imkoniyatlari asoslangan;
tikuvchilik korxonasida kiyimlar andozasini bichish jarayoniga oid xarajatni kamaytirish mezoni bo‘yicha maqsad funksiyasini   darajasida belgilash asosida biznes-jarayonni reinjiniringlash orqali samarali tashkil etish taklifi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar ishlab chiqarish faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023 yil 10 avgustdagi 03/14-583-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “BETLIS  TEKSTIL” to‘qimachilik korxonasi xom ashyo xarajatlari 2022 yilda 2021 yilga nisbatan 9,2 %ga kamaygan;
to‘qimachilik korxonasi biznes-jarayonlarining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi korxona raqobatbardoshigini ta’minlashga yo‘naltirilgan biznes-jarayonlarni tanlashda zamonaviy tizim va usullarni ishlab chiqish, samarali tashkil etish bo‘yicha maxsus komissiya va konsalting-maslahat xizmatlari vositasida takomillashtirish taklifi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar ishlab chiqarish faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023 yil 10 avgustdagi 03/14-583-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “FULL COTTON” tikuvchilik korxonasining yalpi foydasi 2022 yilda 2021 yilga nisbatan 6,6 foizga oshgan;
«FULL COTTON» mas’uliyati cheklangan jamiyatning mahsulot sotishdan tushgan umumiy tushum ko‘rsatkichiga ta’sir qiluvchi omillarning ekonometrik modeli asosida 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar ishlab chiqarish faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023 yil 10 avgustdagi 03/14-583-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “FULL COTTON” tikuvchilik korxonasining sotilgan mahsulot hajmi 2023-2030 yillarda o‘rtacha yiliga 24,0 foizga yoki 2030 yilda 2022 yilga nisbatan umumiy 1,96 barobarga oshishi baholangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish