Egamberdiev Fazliddin Otaqulovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Paxta va tola tozalash mashinalari tozalash samaradorligini oshirib, raqobatbordosh ip ishlab chiqarish” mavzusida 05.06.02-«To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish» ixtisosliga bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/T.595
Ilmiy rahbar: Quliev Toxir Mamarajapovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Paxtasanoat ilmiy markazi” aksiyadorlik jamiyati, DSs.30/30.11.2021.T.141.01.
Rasmiy opponentlar: t.f.d., prof. Djamolov Rustam Kamolidinovich, t.f.d. Toshpo‘latov Dilshod Abdusalixovich, t.f.d., dos. Yuldashev Jamshid Qambaralievich
Yetakchi tashkilot: Buxoro muxandislik texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Paxta xomashyosini mayda iflosliklardan tozalashda qoziqli barabanlar tozalash imkoniyatlarini oshirish hamda tolani tozalash jarayonida ikki bosqichli tola tozalagich uskunasining takomillashtirilgan texnologiyasini joriy etish hisobiga sifatli ip mahsulotini olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
paxtani mayda iflosliklardan samarali tozalash bilan paxta sifatini yaxshilash uchun takomillashtirilgan qoziqli- parrakli barabanga ega bo‘lgan uskuna ishlab chiqilgan;
paxtadan mayda iflosliklarni ajralishini jadallashtirilishida paxtaga ta’sir etuvchi barabandagi yoysimon qoziqlarni burchak tezligi, rezinali parraklarni barabandan chiqib turish balandligini va rezina bikrlik koeffisientining rasional kattaliklari aniqlangan;
tolani tozalashda tozalash modulidagi tola harakati davomida birinchi arrali silindrda tozalangan tola ilashuvchanligini yaxshilash va yo‘qolishini oldini olish uchun yo‘naltiruvchi moslama bilan birinchi arrali silindr oralig‘ining muqobil kattaligi aniqlangan;
shaxmat shaklida joylashgan arralarga ega bo‘lgan birinchi va ikkinchi arrali silindrlarda tolani samarali titish va tarash bilan chiqindiga tolani ajralish darajasini keskin kamaytirish uchun ikkinchi arrali silindrni birinchi arrali silindrga nisbatan joylanishining muqobil kattaligi aniqlangan;
paxta va tolani tozalash uskunalarini takomillashtirilishidan sifatli ip mahsuloti ishlab chiqarilishini oshishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxta xomashyosini va tolani tozalash uskunalarini yaratish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida;
ishlab chiqilgan takomillashtirilgan paxta tozalash uskunasi “Paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasi tizimidagi korxonada, jumladan Jizzax viloyati “PAXTAKOR TEKS” MChJ QK “Zarbdor paxta tozalash” korxonasining paxtani mayda iflosliklardan tozalashdagi 1XK uskunasiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024 yil 17 maydagi №03/25-1043-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori va past navli paxtani tozalashda tozalash samaradorligi 2% va 4% oshirishga erishilgan.
Takomillashtirilgan ishchi qismga ega bo‘lgan paxta tolasini tozalash uskunasi “Paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasi tizimidagi korxonada, jumladan Jizzax viloyatining “PAXTAKOR TEKS” MChJ QK “Zarbdor paxta tozalash” korxonasiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024 yil 17 maydagi №03/25-1043- son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori va past navli paxta tolasini tozalashda tozalagichning tozalash samaradorligini o‘rtacha 2,5 % va 4,5 % ga oshirish, toladagi nuqsondor tola va iflos aralashmalarning massaviy ulushini o‘rtacha 0,16% va 0,1% ga kamaytirish hamda ishlab chiqarilayotgan tola sifatini yaxshilash imkoni yaratilgan va raqobadbardosh ip olingan.