Ibragimov Farxod Xayrullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Tola ajratgich va linter mashinalari uchun samarali arrali silindrlar konstruksiyasini yaratishning ilmiy-texnik asoslari” mavzusida 05.02.03 – “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” ixtisosliga bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4DSc/T715
Ilmiy rahbar: Muxammadiev Davlat Mustafaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi M.T.O‘rozboev nomidagi mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Paxtasanoat ilmiy markazi” aksiyadorlik jamiyati, DSC.30/30.11.2021.T.141.01.
Rasmiy opponentlar: t.f.d., prof. Tashpulatov Salix Shukurovich, t.f.d., prof. Safarov Nazirjon Muhammadjonovich, t.f.d., prof. Sarimsakov Olimjon Sharifjanovich
Yetakchi tashkilot: Fargʻona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Ishlab chiqarish texnologiyasi va mustahkamligi yuqori bo‘lgan arralararo qistirmalarni takomillashtirish orqali tola ajratgich va linter mashinalari arrali silindrlarning resurs tejamkor konstruksiyasini yaratish va ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
arrali disk egilishini, radial tebranishlar amplitudasini va ish paytida siqish kuchini kamaytirishni taʼminlaydigan tola ajratgich va linter (O‘zbekiston Respublikasi IAP 06691 ixtiroga patenti) mashinalarining resurslarni tejaydigan materiallardan foydalangan holda arralararo qistirmalarning yangi konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
tola ajratgich va linter mashinalarining ratsional arralararo qistirmalar bilan arra silindrlarning tebranish parametrlarini hisoblash usuli ishlab chiqilgan;
mashina agregatlari dinamikasini hisoblashning ishlab chiqilgan metodologiyasidan foydalanish asosida umumlashgan va taqsimlangan parametrlarga ega tola ajratgich va linterlash mashinalari arrali silindrlarini aylanish paytida burilish tebranishlari va vallarning buralish burchaklarining qonuniyatlari aniqlangan;
po‘latdan 3 dan yasalgan tola ajratgich va linterlash mashinalarining arralararo qistirmalarning resurs tejamkor konstruksiyasining mustahkamlik ko‘rsatkichlari eksperimental tadqiqotlar bilan isbotlangan, bunda arrali silindrlarni mahkamlash kuchi va kuchlanishlari hamda po‘latdan yasalgan arralararo qistirmalarning ratsional qalinligi aniqlangan;
energiya sarfi bo‘yicha arralararo qistirmalarning resurs tejovchi konstruksiyalari bilan tola ajratgich (O‘zbekiston Respublikasi FAP 01182 va FAP 00786 foydali modellariga patentlari) va linter mashinalari arrali silindrlarining asosiy konstruksiyaviy, texnologik va texnik-foydalanish ko‘rsatkichlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tola ajratgich va linter mashinalari uchun arralararo qistirmalarning resurstejamkor konstruksiyasini ishlab chiqish natijalari asosida:
paxta tozalash korxonalari uchun arralararo qistirmaning yangi konstruksiyasi uchun Intellektual mulk agentligidan ixtiroga IAP 06691 (2021) va foydali modelga FAP 01182 (2017) O‘zbekiston Respublikasi patentlari olingan. Ushbu konstruksiyalarni qo‘llash natijasida radial tebranishlar amplitudasi 4,5 baravarga va siqish kuchini esa 2 baravarga kamaytirish imkonini bergan;
“O‘zpaxtasanoat” AJ tasarrufidagi “Qorasu paxta tozalash” korxonasida tola ajratkichning arralararo qistirmasining yangi konstruksiyasi ishlab chiqarishga joriy etildi (“O‘zpaxtasanoat” AJ 2018-yil 5-iyuldagi 02-29/4573-son maʼlumotnoma). Natijada, arrali silindrning energiya sarfini 7,1% ga kamaytirish va arralararo qistirmaning ishlash resursini 46,5% ga yaxshilanishiga erishilgan;
“APK Buka” MChJ tizimidagi Bo‘ka paxta tozalash korxonasida linterlar uchun yangi konstruksiyadagi arralararo qistirmalar ishlab chiqarishga joriy qilingan (“APK Buka” MChJ tizimidagi Buka paxta tozalash korxonasini joriy etish bo‘yicha sinov bayonnomasi”. 2023-yil 16-oktyabr. O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik uyushmasi klasterlari maʼlumotnomasi” 2023-yil 21-dekabrdagi 03/22-1102-son). Natijada, arrali silindrga sarflanadigan energiya miqdori 3,0% ga kamaytirilgan va arralararo qistirmaning yangi konstruksiyasi yordamida linter mashinasining ish unumdorligini 5% gacha oshirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish