Sadikova Gulnoza Qudratillaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Paxta-ipak aralashma tolali to‘qimachilik materiallarini tayyorlash va bo‘yashning samarali texnologiyasini yaratish», 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/T110.
Ilmiy rahbar: Xudayberdieva Dilfuza Baxramovna, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.27.06.2017.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Ixtiyarova Gulnora Akmalovna, kimyo fanlari doktori, professor; Valiev Gulom Nabijonovich, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya intituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta-ipak aralash tolali to‘qimachilik materiallarini mahalliy kimyoviy moddalardan foydalangan holda pardozlashga tayyorlash va bo‘yash jarayonining samarali texnologiya yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mineral moddalar va bifunksional birikmalar yordamida bo‘yash jarayonini jadallashtirish usuli ishlab chiqilgan;
paxta tolasining yangi Porloq-1 va Porloq-2 navlarini qo‘llagan holda paxta-ipak aralash tolali materiallarning eng yaxshi ekspluatatsiya xossalarini ta’minlovchi muqobil nisbatlari ishlab chiqilgan;
turli tarkibli paxta-ipak aralash tolali to‘qimachilik materiallarining tayyorlash sifat ko‘rsatkichlarini boshqarish imkonini beruvchi pardozlashga tayyorlash texnologik rejimi orqali aniqlangan;
aralash tolali materiallarning pardozlashga tayyorlash jarayonini adekvat ifodalovchi, oqlik darajasini va kapillyarligini bashorat qiluvchi regressiya bog‘lanishi ishlab chiqilgan;
aralash tolali materiallarning sellyuloza tashkil etuvchisida bo‘yovchi moddaning yuqori foydalanish darajasini ta’minlovchi mahalliy xomashyoga asoslangan tarkib ishlab chiqilgan va bo‘yash jarayonining intensivlash mexanizmi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Paxta-ipak aralashma tolali to‘qimachilik materiallarining yangi assortimentini kimyoviy pardozlash bilan bog‘liq ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
mineral moddalar va biofunksional birikmalar yordamida bo‘yash jarayonini jadallashtirish uslubi “O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOATI” uyushmasi tizimidagi, xususan “Urganch Baxmal” korxonasiga joriy etilgan (“O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOATI” uyushmasining 2018 yil 12 iyundagi BM-06-4027-son ma’lumotnomasi). Natijada faol bo‘yovchi moddalari bilan bo‘yash darajasi 76%dan 98%gacha oshishi va aralash material tarkibidagi har ikkala komponentning bir xilda tekis bo‘yash imkoni yaratilgan;
paxta tolali matolarni faol bo‘yovchi moddalar bilan yarim uzlukli usulda bo‘yash uchun tarkib “O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOATI” uyushmasi tizimidagi, xususan “Urganch Baxmal” korxonasiga joriy etilgan (“O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOATI” uyushmasining 2018 yil 12 iyundagi BM-06-4027-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida intensifikator ishtirokida bo‘yovchi moddadan samarali foydalangan holda rang sifatini 89%ga yaxshilash imkoni yaratilgan;
paxta-ipak aralash tolali kalava iplarning assortimentlarini pardozlashga tayyorlash bo‘yicha texnologik reglament “O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOATI” uyushmasi tizimidagi, xususan “Gulobod mega tex” xususiy korxonasida joriy etilgan (“O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOATI” uyushmasining 2018 yil 12 iyundagi BM-06-4027-son ma’lumotnomasi). Natijada paxta-ipak aralash tolali kalava iplarda bir vannada bir xil rang tus berish imkoni yaratilgan.