Xudoyberganov Sardorbek Baxodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tut ipak qurti pillalarining sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash usullari va qurilmasini ishlab chiqish”, 05.03.01 – Asboblar. O‘lchash va nazorat qilish usullari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2878.
Ilmiy rahbar: Mirsaatov Ravshanbek Muminovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti va Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc. 03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Uljaev Erkin, texnika fanlari doktori, professor; To‘raev Shavkat Abdukayumovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tut ipak qurti pillalarining sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash usullarini ishlab chiqish va qurilmasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tut ipak qurti pillalarining sifat ko‘rsatkichlari orasidagi statistik bog‘lanishlar asosida pillalarning ipakchanligi, etilganligi, qobig‘ining qattiqligi va massasini yuqori aniqlikda aniqlaydigan usullar ishlab chiqilgan;
tirik pillalarning solishtirma hajmini o‘lchashga mo‘ljallangan FTI-1 qurilmasining konstruksiyasiga pillalar qatlami balandligini o‘lchash, pillalar qatlamini elastik deformatsiyalovchi va mikroprotsessorli elektron boshqarish blokini qo‘shish asosida takomillashtirilgan;
takomillashtirilgan FTI-1 qurilmasida pillalar qobig‘ining qattiqligi bo‘yicha ipakchanligini va etilganligini aniqlash imkonini beradigan usullar ishlab chiqilgan;
tadqiqotlar natijasida pillalarning sifat ko‘rsatkichlarini tavsiflovchi parametrlarning o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan va o‘lchash natijalarining noaniqliklari baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tut ipak qurti pillalarining sifat ko‘rsatkichlarini aniqlashga mo‘ljallangan usullar va qurilmani ishlab chiqish asosida:
pillalarni kesmasdan ipakchanlikni aniqlash bo‘yicha «Sposob opredeleniya shelkonosnosti kokonov tutovogo shelkopryada»ga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazidan ixtiroga patent olingan (№ IAP 07547, 22.11.2023 y.). Ishlab chiqilgan usul va qurilma topshirilayotgan partiyadagi tirik pillalarning ipakchanligini yuqori aniqlikda o‘lchash imkonini bergan;
tut ipak qurti pillalarining sifat ko‘rsatkichlarini, jumladan pillalarning ipakchanligi va etilganligini, pillalar qobig‘ining qattiqligi va massasini aniqlash bo‘yicha ishlab chiqilgan usullari Quyichirchiq tumani «Agro-Pilla» OAJ bosh pillaxonasida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasining 2022 yil 23 dekabrdagi №1-2/1012-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan usullar tut ipak qurti pillalarining sifat ko‘rsatkichlarini yuqori aniqlikda baholash imkonini bergan;
tirik pillalarni kesmasdan ipakchanligi va etilganligini aniqlash usullari va takomillashtirilgan qurilmasi Quyichirchiq tumani «Agro-Pilla» OAJ bosh pillaxonasida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasining 2022 yil 23 dekabrdagi №1-2/1012-son ma’lumotnomasi). Natijada pillalarning sifat ko‘rsatkichlarini yuqori aniqlikda baholash hisobiga topshirilayotgan pilla partiyalarida etilmagan pillalar oqimini 5 foizga kamaytirish hisobiga 91,8 mln so‘m/yilga iqtisodiy samaraga erishilgan.