Turgunova Nasiba Tuychievnaning
 fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda yoshlar siyosatini amalga oshirishga kompleks yondashuv va uning strategik yo‘nalishlari”, 23.00.02-siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Ss83
Ilmiy maslahatchi: Paxrutdinov Shukritdin Ilyasovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:
O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.Ss.01.08 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Xusniddin Aliqulovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Atamuratov Murat Utepbergenovich, siyosiy fanlari doktori, professor v.b. Mirzaahmedov Kamoliddin Mansurjon o‘g‘li siyosiy fanlar doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yoshlar siyosatini kompleks yondashuv asosida ilmiy-konseptual jihatdan tahlil qilish, uning strategik yo‘nalishlarini ilg‘or zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash orqali takomillashtirishga qaratilgan amaliy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
globallashuv sharoitida demokratik jarayonlarning davlat va jamiyat barqarorligiga ta’siri (pozitiv/negativ +mezo/mego) hamda tahdidlar, plyuralizm va keskin raqobat muhitidagi hozirgi zamon yoshlari xususiyatlarini primitiv baholashdan holi tahlil qilish orqali yoshlarga oid davlat siyosatiga integrativ+kompleks yondashuvni qo‘llash zarurati ochib berilgan;
yoshlarni tahdidlarga bardoshli, mamlakat taraqqiyoti uchun daxldor shaxs sifatida tarbiyalashda uzviy (ierarxik-kontent) - uzlyuksiz (doimiy) shakldagi kompleks yondashuvning differensial mexanizmlarini joriy qilish - ulardagi passiv fuqarolik pozisiyasi va ijtimoiy-siyosiy vaziyatlardagi beqaror bixevioral hamda ratsional rolini ma’naviyatli shaxs sifatida namoyon etishiga olib kelishi aniqlangan;
bunyodkor va buzg‘unchi mafkuralar murosasizligi sharoitida yoshlar ongida dunyoviylik va diniylikni uyg‘unligi asosidagi e’tiqod, mafkuraviy immunitet va identiklikni shakllantirish, ularda siyosiy ong va siyosiy madaniyatning o‘sishiga erishish, umuminsoniy qadriyatlar tizimiga asoslangan milliy g‘oyani mustahkamlash orqali milliy mafkurani legitimligi hamda yetakchiligini ta’minlash asoslantirilgan;
yangi o‘zgarish va islohotlar sharoitida yoshlar muammolarining samarali echimini topishda obektiv va subektiv omillar ta’sirini inobatga olgan holda yoshlarning bugungi ijtimoiy qiyofasini (portret) yaratish va muntazam yangilab borish zarurati dalillangan;
yoshlarga oid maqsadlarni amalga oshirishda yaqin, o‘rta va uzoq istiqboldagi dasturlar asosida toifalashgan doimiy monitoringni tadbiq qilish, ushbu jarayonda davlatning boshqaruv organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlarining institutsional integratsiyasini ta’minlash orqali preventiv
chora-tadbirlarni qo‘llashning ahamiyati va pragmatik yondashuvning samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda yoshlar siyosatini amalga oshirishga kompleks yondashuv va uning strategik yo‘nalishlarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
globallashuv sharoitida demokratik jarayonlarning davlat va jamiyat barqarorligiga ta’siri (pozitiv/negativ +mezo/mego) hamda tahdidlar, plyuralizm va keskin raqobat muhitidagi hozirgi zamon yoshlari xususiyatlarini primitiv baholashdan holi tahlil qilish orqali yoshlarga oid davlat siyosatiga integrativ+kompleks yondashuvni qo‘llashga oid xulosalardan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 2024-yildagi ish rejasi “Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi rolini oshirish, startap va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash” yo‘nalishining 4.3-bandida ko‘rsatilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanildi. (O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2024-yil 25-apreldagi 1-177-son ma’lumotnomasi). Mazkur xulosalar partiyaning boshlang‘ich partiya tashkilotlari faollari hamda yoshlar qanoti tuzilmasi vakillari uchun o‘tkaziladigan siyosiy-ma’rifiy soatlarda yosh avlod ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashini kengaytirish hamda siyosiy madaniyatini yuksaltirishda konseptual asos sifatida foydalanish, partiya saylovoldi dasturlarining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish va uning samaradorligiga ta’sir qiluvchi omillarni tasniflashga xizmat qilgan;
yoshlarni tahdidlarga bardoshli, mamlakat taraqqiyoti uchun daxldor shaxs sifatida tarbiyalashda uzviy (ierarxik-kontent) - uzlyuksiz (doimiy) shakldagi kompleks yondashuvning differensial mexanizmlarini joriy qilish - ulardagi passiv fuqarolik pozisiyasi va ijtimoiy-siyosiy vaziyatlardagi beqaror bixevioral hamda ratsional rolini ma’naviyatli shaxs sifatida namoyon etishiga olib kelishiga oid taklifdan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi respublika oliy ta’lim muassasalarining “60310700-Siyosatshunoslik” ta’lim yo‘nalishi malaka talabi mazmunini shakllantirish hamda “Fuqarolik jamiyati”, “Davlat boshqaruvi asoslari”, “Siyosatshunoslik” fanlaridan darsliklarni tayyorlash, o‘qitishda va “Axborot-tyutorlik soati” mazmuni va metodik ta’minotini takomillashtirishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi talaba va o‘quvchilarni ijtimoiy faolligini oshirish markazining 2024-yil 6-maydagi ITID-1/1-02-son ma’lumotnomasi). Natijada, vazirlik tizimidagi respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari va magistrlari uchun o‘tiladigan siyosiy fanlardan o‘quv adabiyotlari, uslubiy-metodik ishlanmalari hamda fan dasturlarini ishlab chiqilishi yoshlarning siyosiy, huquqiy ongi va madaniyatini oshishiga xizmat qilgan;
bunyodkor va buzg‘unchi mafkuralar murosasizligi sharoitida yoshlar ongida dunyoviylik va diniylikni uyg‘unligi asosidagi e’tiqod, mafkuraviy immunitet va identiklikni shakllantirish, ularda siyosiy ong va siyosiy madaniyatning o‘sishiga erishish, umuminsoniy qadriyatlar tizimiga asoslangan milliy g‘oyani mustahkamlash orqali milliy mafkurani legitimligi hamda yetakchiligini ta’minlashga kompleks yondashuv va vositalarni qo‘llash borasidagi taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining 10-yo‘nalishida belgilangan “Yangi zamonaviy ta’sirchan targ‘ibot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish” 50-bandi “Mamlakatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, targ‘ibot-tashviqot ishlarining zamonaviy va ta’sirchan usullarini ishlab chiqish hamda hududlarning o‘ziga xosligidan kelib chiqib, yangi mafkuraviy texnologiyalarni keng joriy etish” mavzusidagi targ‘ibot ishlarini amalga oshirishda foydalanilgan
(Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 4-iyundagi 813-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishni kompleks yondashuv asosida ilmiy-konseptual jihatdan tahlil qilish, vazifalar ijrosini ta’minlashda strategik yo‘nalishlari biri sifatida mafkuraviy munosabatlarning milliy manfaatlarga mos modellarini “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” g‘oyasidan kelib chiqqan holda yoshlar ongida milliy g‘oya va mafkurani qaror toptirishga oid tadbirlar, debatlarning maqsadli o‘tishiga xizmat qilgan.
yangi o‘zgarish va islohotlar sharoitida yoshlar muammolarining samarali echimini topishda obektiv va subektiv omillar ta’sirini inobatga olgan holda yoshlarning bugungi ijtimoiy qiyofasini (portret) yaratish va muntazam yangilab borish zaruratiga oid taklifdan “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazining “O‘zbekiston yoshlarining bugungi ijtimoiy qiyofasini (portret) yaratish va muntazam yangilab borish bilan bog‘liq tadqiqot materiallarini tayyorlashda foydalanilgan (“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazining 2023-yil 26-iyuldagi 01-16/123-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlar bilan ishlashda bir xil, yaxlit substansiya tarzidagi yondashuvdan holi ularning istak va imkoniyatlari, ehtiyoj va manfaatlarining o‘zaro farqi sabab, jamiyatdagi jarayonlar, atrof-muhitning (hudud, oila omillari) ta’sirini inobatga olib, tanlama/differensial shakldagi texnologiyalarni joriy etish va uni izchil takomillashtirib borishga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.
yoshlarga oid maqsadlarni amalga oshirishda yaqin, o‘rta va uzoq istiqboldagi dasturlar asosida toifalashgan doimiy monitoringni tadbiq qilish, ushbu jarayonda davlatning boshqaruv organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlarining institutsional integratsiyasini ta’minlash orqali preventiv chora-tadbirlarni qo‘llashning ahamiyati va pragmatik yondashuvning samaradorligiga oid taklifdan O‘zbekiston yoshlar ittifoqining amaliy faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Markaziy kengashining 2024-yil 8-maydagi 04-13/453-son ma’lumotnomasi). Natijada agentlik faoliyatida yoshlarga oid davlat siyosatining samaradorligini yanada oshirish maqsadida doimiy monitoring mexanizmini yaratish, vazifalar ijrosi ustidan nazoratni o‘rnatishga oid harakatlar algoritmini belgilash, ob’ektiv vaziyatni baholash, fuqarolik jamiyati institutlarini faol jalb qilish hamda yosh avlod muammolarini ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy jihatdan tahlil etish orqali echim topish imkoniyatlarini oshirgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish