Eshbekov A’zamkul Anorboevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Shishalarda ion almashinish hodisalari», 01.04.07 – kondensirlangan holat fizikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/FM245
Ilmiy maslahatchi: Nuritdinov Izzatillo, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Yadro fizikasi instituti va Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.FM/T.33.01.
Rasmiy opponetlar: Yuldashev Nosirjon Xaydarovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor;  Mussaeva Malika Anvarovna, fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Jumaev Mustaqim Rofievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘rganilayotgan shishalar sintezi va ularda termik va termoradiatsiyaviy ishlov berish jarayonida ion almashinadigan qatlamlar, xususiy va kirishma nuqson markazlari hosil bo‘lish qonuniyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
K-8 silikat shishalarida birinchi marta ishqor kationlarining γ-nurlanish maydoni ta’sirida radiatsiya bilan tezlashtirilgan diffuziya hodisasi topildi va tajribalarda radiatsiya bilan stimullashadigan diffuziyadan foydalanib shishalarda ion almashinish bilan to‘lqin tashuvchi qatlam hosil bo‘lish tezligini oshirish imkoniyati mavjud ekanligi ko‘rsatilgan;
ion almashinish jarayonida ishqoriy germanat shishalari tarkibida K+ kationlari konsentratsiyasining oshishi germanat shishalari to‘rining strukturaviy o‘zgarishiga olib kelishi, natijada oktaedrda joylashgan germaniy atrofidagi peroksid radikallari soni ko‘payishi, tetraedr bilan o‘ralgan germaniyda joylashgan EꞋGe-markazlari soni esa kamayishi aniqlangan;
fosfat shishlarida kumush miqdori past bo‘lgan eritmada boradigan ion almashinuv jarayonida ham xuddi yuqori haroratlarda sintez qilingan shishalarda kuzatiladiganiday PO42-, Ag+, Ago, Ag2+ radiatsiyaviy paramagnet markazlari  hosil bo‘lishi ko‘rsatilgan;
sol-gel usuli va an’anaviy yuqori harorat usuli bilan olingan kvars shishalari to‘rining tuzilishi bir-biriga yaqin ekanligi, bu esa ularning strukturasida bir xildagi xususiy va kirindi radiatsiyaviy markazlar hosil bo‘lishiga olib kelishi aniqlangan;
birinchi marta EPR- usuli bilan ftorsirkonat shishalarida kislorod, sirkoniy va ftor bilan bog‘liq radiatsiyaviy paramagnit markazlari aniqlangan hamda peroksid radikalining radiatsiyaviy paramagnit markazlarining signallari kislorodli kirindilari bilan bog‘liqligi ko‘rsatilgan;
ftorsirkonatl shishalarda seziy ionlarining mavjudligi temir ionlarining bir tekis taqsimlanishiga va ularning uch valentli holatga o‘tishiga olib kelishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Shishalardagi ion almashinish hodisalarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy natijalarga asoslanib:
kremniy oksidi zolidan birjinsli, ko‘rish va UB spektral oraliqlarida yuqori shaffofligi bilan xarakterlanadigan monolit g‘ovak kserogellar va kvars shishalari olishning imkoniyati xorijiy tadqiqotchilar tomonidan qo‘llanilgan (xalqaro ilmiy jurnallardagi havolalar: Glass Physics and Chemistry 2003, 29, 513–515; Physics and Chemistry, Vol. 30, No. 1, 2004, pp. 107–108;  Glass Physics and Chemistry. 2009,  Voi. 25, No 1, pp. 181-190; Journal of Materials Science Letters 2000, 19, 37–39). Natijalardan foydalanish texnik jihatdan qimmatli fotofizik, fotokimyoviy va elektrokimyoviy xususiyatlarga ega bo‘lgan organik-noorganik va noorganik nanogibridlar va kserogellarni olishning bir qator yangi istiqbolli usullarini ishlab chiqish imkonini bergan;
yuqori g‘ovaklikka ega bo‘lgan kvars shishalarini sintez qilishning yakuniy bosqichida qo‘llaniladigan monolit silikagellarni konvektiv quritish usuli, ishlab chiqilgan zol-gel sintez usuli va namligi past bo‘lgan nuqsonsiz, bir jinsli silikagellarni ishlab chiqish, umumiy g‘ovakliligi 60% gacha va o‘rtacha diametri ~ 70Å bo‘lgan ilmiy natijalar Samarqand davlat universiteti F-OT-F7-84  “Kimyoviy datchiklarning yangi avlodi uchun gazga sezgir materiallar sintezining nazariy asoslari” mavzusidagi fundamental loyihasi doirasida foydalanilgan (Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining 2023 yil 27 oktyabrdagi 10-5590-sonli xati). Natijalardan foydalanish gazga sezgir materiallarni sintez qilish imkonini bergan;
tavsiya etilgan zol-gel usuli bilan olingan termoradiatsiya bilan ishlov berilgan kvars shishalari namunalarinida nuqsonlar sonining kamaytirishi, sirt qatlamlarining tuzilishi va tarkibini o‘zgartirishiga ta’siri, Samarqand davlat universiteti F-OT-F7-84  “Kimyoviy datchiklarning yangi avlodi uchun gazga sezgir materiallar sintezining nazariy asoslari”  mavzusidagi fundamental loyihasi doirasida qo‘llanilgan (Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining 2023 yil 27 oktyabrdagi 10-5590-sonli xati). Natijalardan foydalanish yangi avlod kimyoviy sensorlar uchun sintez qilingan gazga sezgir materiallarning nuqsonlarini kamaytirish imkonini bergan;  
boshlang‘ich komponentlar sifatida tijoratda ishlab chiqarilgan K1 kremnezem zolini o‘z ichiga oluvchi suyuqlik aralashmasidan silikagel hosil qilish jarayonini o‘rganish natijalari, formamid va ammoniy gidroksidi NH4OH, shuningdek, 12:3:2 komponentlarning hajm nisbati bilan ushbu tizimdagi gellash vaqtining haroratga bog‘liqligi “Optik nanomateriallarni olishning suyuqlik usullari” (Evstropev S.K., Nikonorov N.V. - Sankt-Peterburg: ITMO universiteti, 2018. – 84 b.) mavzusidagi o‘quv qo‘llanmada  foydalanilgan. O‘quv qo‘llanma Rossiya Federatsiyasi oliy ta’lim tizimidagi federal o‘quv-uslubiy birlashma tomonidan 12.00.00 Fotonika, asbobsozlik, optik va biotexnika tizimlari va texnologiyalari bo‘yicha mutaxassisliklar va ta’lim yo‘nalishlarining kengaytirilgan guruhi uchun Oliy taʼlim magistratura dasturlari 12.04.03 “Fotonika va optoinformatika” yoʻnalishi bo‘yicha “Fotonika va optoinformatika nanotexnologiyalarining fizik asoslari” fanini o‘rganishda 2017 yil 05 dekabrdagi 3-sonli bayonnoma bilan tavsiya etilgan;  
fosfat shisha asosida uzoq muddatli ta’sirga ega shishasimon o‘g‘it ishlab chiqilgan (SSSR Fan va texnika davlat qo‘mitasi huzuridagi Ixtirolar va kashfiyotlar davlat qo‘mitasi tomonidan №1742276-raqam bilan ro‘yxatga olingan mualliflik huquqi guvohnomasi, 1992 yil 22 fevraldagi, №23-sonli byuleten). Bunda o‘g‘itning ta’sirini kuchaytirish va ta’sir muddatini uzaytirish uchun hamda uning agrokimyoviy xususiyatlarini yaxshilash maqsadida qo‘shimcha ravishda bor, mis, kobalt va rux oksidlari kiritilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish