Adilov Utkir Xalilovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston ko‘mir sanoati xodimlari kasbiy xavfini boshqarishda uslubiy yondashuvni takomillashtirish va salomatlik muhofazasi bo‘yicha majmuaviy profilaktik chora-tadbirlarni ilmiy asoslash», 14.00.07–Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Tib178
Ilmiy maslahatchi: Salomova Feruza Ibodullaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sanitariya gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Zaredinov Damir Arifovich,tibbiyot fanlari doktori, professor; Xudayberganov Anatoliy Sagatbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Usmanov Islam Abbasovich,tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Koryo universiteti (Janubiy Koreya)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: ko‘mir sanoati ishlovchilarning salomatlik ko‘rsatkichlari va mehnat sharoitini o‘rganish asosida ishlab chiqarishga bog‘liq va kasbiy kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda yo‘l qo‘yiladigan mehnat staji, kasbiy xavf va ishlab chiqarish omillarini baholash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishlab chiqarishning zararli va xavfli omillarini identifikatsiya qilish, mehnat sharoitini kompleks baholash, ish joylarida kimyoviy va biologik omillarni infratovush, elektromagnit maydon, ul`trabinafsha nurlanish, yoritilganlik, havoning aeroion tarkibi, mikroiqlim ko‘rsatkichlarini o‘lchash, vaqt bilan himoyalanib mehnat sharoit sinflarini pasaytirish, zararli ishlab chiqarish omillari umumiy darajasini amaldagi gigienik me’yorlarga mos kelmasligi bo‘yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan;
ishchilar salomatlik holatiga mehnat sharoiti ta’sirini kompleks tahlil qilishga mo‘ljallangan ishlab chiqarishga bog‘liq kasallanish ko‘rsatkichlarining kasbiy xavfi aniqlangan va baholash usuli ishlab chiqilgan;
mehnat sharoiti bilan bog‘liq bo‘lgan kasbiy xavflarni baholash uchun kasallanishning etiologik ulushini va nisbiy xavf kattaliklari aniqlangan;
ishlab chiqarish omillarining umumlashtirilgan xavfsizlik darajalar kattaliklari aniqlangan va mehnat sharoiti noqulay omillarini korreksiya qilish hamda tezkor aralashuvni talab etadigan ishchi kasblarni ajratib olish imkoni isbotlangan;
mehnat sharoitini, kasbiy xavfni, ish o‘rinlarida ularni boshqarishni hamda ishlab chiqarishga bog‘liq va kasbiy kasalliklarni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqarish imkoni isbotlangan;
umumiy kasalliklar bilan og‘rigan shaxslar uchun dispanser guruh differensiatsiya tizimini korreksiya qilish va «Kasb kasalliklarini hisobga olish registri»ni kiritish asoslangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Ish o‘rinlarida shovqinni yo‘l qo‘yiladigan sanitar me’yorlari» (0325-16 sonli SanMvaQ) tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 3 apreldagi 8n-d/68-son ma’lumotnomasi). Mazkur me’yoriy hujjat ish o‘rinlarida shovqinni tasniflash, uning xarakteri va yo‘l qo‘yiladigan darajasini ta’minlash uchun talablar ishlab chiqish imkonini bergan;
«Ish o‘rinlarida umumiy va mahalliy tebranishning sanitar me’yorlari» (0326-16-sonli SanMvaQ) tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 3 apreldagi 8n-d/68-son ma’lumotnomasi). Mazkur me’yoriy hujjat tebranishni tasniflash, tebranish bo‘yicha gigienik baholashni o‘tkazish, me’yorlashtirish ko‘rsatkichlarini va ularni yo‘l qo‘yiladigan kattaliklarini aniqlash imkonini beragan;
«Gigienik mutanosiblikni baholashda zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarini o‘lchov olib borish faoliyatini tashkil etishga qo‘yilgan talablar» (0327-16 sonli SanMvaQ) tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 3 apreldagi 8n-d/68-son ma’lumotnomasi). Mazkur me’yoriy hujjat ishlab chiqarish jarayonlari va ish o‘rinlarida xavfli hamda zararli ishlab chiqarish omillari ko‘rsatkichlarini gigienik nazorat qilish uchun bajarilgan o‘lchovlari birligi va talab qilinadigan aniqligini ta’minlash bo‘yicha talablarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
«Ish o‘rinlarida elektrostatik maydonni yo‘l qo‘yiladigan darajasini sanitar me’yorlari» (0335-16-sonli SanMvaQ) tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 3 apreldagi 8n-d/68-son ma’lumotnomasi). Mazkur me’yoriy hujjat elektrostatik maydon kuchlanishini yo‘l qo‘yiladigan darajasini chegaralash va ishchilarning himoya vositalaridan foydalanishiga qo‘yiladigan gigienik talablar ishlab chiqilgan
«Mehnat sharoitini baholash bo‘yicha laborator tadqiqotlar olib borishda zararli va havfli ishlab chiqarish omillarini identifikatsiyalash» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 03 apreldagi 8n-d/68-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma mehnat sharoiti omillarini identifikatsiyalash tartibi va o‘tkazish usulini, sinov laboratoriyasiga talablarni hamda identifikatsiyani amalga oshiruvchi mutaxassislarga qo‘yiladigan talablarni kamaytirish imkonini bergan;
«Vaqt bilan himoyalangan va mehnat sharoiti xavfsiz omillari ta’sir vaqt davomiyligini aniqlash bilan hisobga olingan mehnat sharoiti sinflarini pasaytirish usullari» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 3 apreldagi 8n-d/68-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma ishlab chiqarishning noxush omillari ekspozision vaqtini qisqartirish hisobiga mehnat sharoiti sinflarini pasaytirish imkonini bergan;
«Ish o‘rinlarida mikroiqlim ko‘rsatkichlarini o‘lchashni bajarish usullari», «Jamoat va ishlab chiqarish binolari havosida aeroion tarkibni o‘lchashni bajarish usullari», «Ish o‘rnida yoritilganlik ko‘rsatkichlarini o‘lchashni bajarish usullari», «Ishlab chiqarish binolarida ul`trabinafsha nurlanishni o‘lchashni bajarish usullari», «Ish o‘rinlarida elektromagnit maydonni o‘lchashni bajarish usullari», «Ish o‘rinlarida ul`tratovushni o‘lchashni bajarish usullari», «Mehnat sharoitida biologik omillarni baholash usullari» va «Gaz va chang analizatorlari yordamida ishchi mintaqada havosida zararli moddalar miqdorini o‘lchashni bajarish usullari» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 3 apreldagi 8n-d/68-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma mehnat sharoitida sanab o‘tilgan omillarni o‘lchashni o‘tkazish tartibiga qo‘yiladigan talablarni bajarish, olingan natijalarni qayta ishlash, tahlil qilish, baholash va rasmiylashtirish imkonini bergan;
«Ishlovchilar salomatligi uchun kasbiy xavfni baholash» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 3 apreldagi 8n-d/68-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma kasb xavflarini boshqarish mezonlari va tasnifini hisobga olish imkonini bergan;
«Ishchilar salomatlik holatiga mehnat sharoiti ta’sirini kompleks tahlil qilish uchun shartli ishlab chiqarish kasallanish ko‘rsatkichlari va baholash mezonlari» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 3 apreldagi 8n-d/68-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma ishchilar salomatlik holatiga ishlab chiqarish muhit omillari ta’sirini baholashni o‘tkazish, kasbiy xavfni tahlil qilish imkonini bergan;
«Kasbiy xavfni gigienik baholash usullari» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 3 apreldagi 8n-d/68-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma mehnat sharoitini kompleks gigienik baholash natijalarini, kasbiy havf darajasini aniqlash uchun ishchilar kasallanish natijalarini yagona qo‘llash tartibini baholash imkonini bergan;
ko‘mir sanoati xodimlarining kasbiy xavfini boshqarishda uslubiy yondashuvni takomillashtirish va salomatlik muhofazasi bo‘yicha majmuaviy profilaktik chora-tadbirlarni ilmiy asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Respublika davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi, Angren va Sharg‘un ko‘mir konlarining ishlab chiqarish amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 25 iyundagi 8n-d/89-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga tatbiq etilishi mehnat sharoiti xavfsizligining gigienik talablari bo‘yicha me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, laborator o‘lchovlar o‘tkazish ustidan nazoratni yaxshilash, kasb kasalligi va shartli ishlab chiqarish kasalliklarining rivojlanish xavfini pasaytirish, mehnat gigienasi masalalari bo‘yicha gigienik bilimlar darajasini oshirish uchun imkon bergan.