Safarov Alisher Abduqahor o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonning yirtqich sutemizuvchi (Mammalia: Carnivora) hayvonlari parazitofaunasi», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/B162.
Ilmiy maslahatchi: Azimov Djalaliddin Azimovich, biologiya fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Zoologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.V.52.01.
Rasmiy opponentlar: Kuchboev Abduraxim Ergashevich, biologiya fanlari doktori, professor; Eshova Xolisa Saidovna, biologiya fanlari doktori, professor; Abdullaev Ikrom Iskandarovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston yirtqich sutemizuvchilari parazitlarining tur tarkibi, parazitlar jamoasining shakllanish yo‘llari va epizootologik ahamiyatga ega turlarning ekologik xususiyatlarini aniqlash hamda parazitar kasalliklarni oldini olishning ekologik va epizootologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekiston biogeotsenozlarida yirtqich sutemizuvchilar (Canidae, Mustelidae va Felidae) gel`mintlari va ektoparazitlari faunasining tizimli tahlili o‘tkazilgan va 93 turdagi parazitlardan iboratligi aniqlangan;
o‘rganilgan hayvonlarning gel`mintlar faunasi Cestoda, Trematoda, Acanthocephala va Nematoda sinflariga mansub 70 turdan tashkil topganligi aniqlangan;
ektoparazitlar faunasi bo‘g‘imoyoqlilar vakili bo‘lmish Arachnida va Insecta sinflariga mansub 23 turdan iboratligi (kanalar - 14 tur va hashoratlar - 9 tur) aniqlangan;
yirtqich sutemizuvchilar ayrim turlarining gel`mintlar bilan zararlanish darajasi 79,9%; ektoparazitlar bilan zararlanishi esa 75,9% ekanligi aniqlangan;
O‘zbekiston biotsenozlarida itsimonlarning vakili bo‘lgan uy itlari populyasiyasida aniqlangan ektoparazit turlar xilma-xilligi yuqori ko‘rsatgichni (21 tur) tashkil etishi asoslangan;
O‘zbekistonda ilk bor itlarning ektoparazitlari faunasi uchun kanalar (10 tur) va hasharotlar (8 tur) vakillaridan iborat 18 tur aniqlanib, ulardan burgalarning Ctenocephalides orientis turi Markaziy Osiyoda birinchi bor qayd etilib, mitoxondrial DNK COX 1 sohasidagi nukleotidlar ketma-ketligi tahlil qilingan va alohida mustaqil tur ekanligi isbotlangan.
hayvonlar aksariyat holatlarda aralash invaziya bilan zararlanganligi, parazitlar assotsiatsiyasi it va shoqollarning 85-90% da qayd etilganligi va 3 tadan 7 tagacha turdagi assotsiatsiyalar bilan ifodalanishi ochib berilgan;
yirtqich sutemizuvchilar parazitofaunasining shakillanish yo‘llari parazitar tizim komponentlarining biotsenotik munosabatlari bilan bog‘liqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonning yirtqich sutemizuvchi (Mammalia: Carnivora) hayvonlari parazitofaunasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
parazitar zoonozlar va antropozoonozlarning oldini olish bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar Toshkent va Buxoro viloyatlari fermer va yordamchi xo‘jaliklar faoliyati amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 1 fevraldagi 02/23-62-son ma’lumotnomasi). Natijada it va mushuklarning gel`mintozlarini kamaytirish imkonini bergan;
itlar dirofilyariozi qo‘zg‘atuvchisi Dirofilaria repens nematodasi hamda ektoparazitlari Pulicidae oilasi ayrim burga turlarining mitoxondrial DNK (COX 1) sohasi nukleotidlar ketma-ketligi bo‘yicha olingan ma’lumotlar Biotexnologik axborotlar milliy markazi bazasiga (NCBI) (https://www.ncbi.nlm.nih.gov/nuccore) joylashtirilgan. Natijada, Dirofilaria repens – (MZ081850), Ctenocephalides canis – (ON247050) va Ctenocephalides orientis – (ON247215) turlarining identifikasiya raqamlari olingan va ular xalqaro miqyosda turlarni aniqlash hamda filogeniyasini o‘rganish imkonini bergan;
it va mushuklarda uchrovchi gel`mintlarga qarshi kurashda  “SupramilR” va “Gelmimaks-10” preparatlarini qo‘llash yuzasidan ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi veterinariya amaliyoti faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligining 2023 yil 6 maydagi 03-01/21-852-son ma’lumotnomasi). Natijada yirtqich sutemizuvchilarning zoonoz va parazitoz kasalliklarini oldini olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish