Gafurjanova Saidaxon Amirtemirxon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Inson kapitalini rivojlantirish tizimida aholi kambag‘alligini qisqartirish», 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3855.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy daraja va unvoni: Zokirova Nodira Kalandarovna,  iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.I.100.01
Rasmiy opponentlar: Xudoyberdiev Zayniddin Yavkachevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Goyipnazarov Sanjar Baxodirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: inson kapitalini rivojlantirish tizimida aholi kambag‘alligini kamaytirish bo‘yicha nazariy-uslubiy va amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
inson va intellektual kapital komponetlari shakllanishiga yondashuv iqtisodiy komponent bilan birga inson tafakkurining psixofiziologik imkoniyatlari, bilim darajasi, mehnat malakasi va motivining sun’iy intellekt texnologiyalarini yaratish va joriy qilish imkoniyatlariga ko‘ra takomillashtirilgan;
kambag‘allikni aholi bandligini tadbirkorlik faoliyatiga ko‘ra ustuvor oshirish, xomashyo va kasbiy brend manbalari asosida mintaqaviy iqtisodiy rivojlanishni maqsadli (manzilli) rag‘batlantirish, innovatsion va sun’iy texnologiyalarni mintqalar bo‘yicha bir tekisda jadal  rivojlantirish va norasmiy iqtisodiyotni qisqartirishga ko‘ra kamaytirishning maqsadga muvofiqligi nazariy-uslubiy jihatdan asoslangan;
innovatsion muhitda inson va intellektual kapitalning o‘zaro samarali faoliyati modeli tarkibiy jihatdan uzviy birlikdagi genetik intellektual salohiyat va intellektual-innovatsion faoliyat natijalari negizidagi sun’iy intellekt texnologiyalariga ko‘ra takomillashtirilgan;
kambag‘allik darajasini o‘lchash (baholash)ga yondashuv kambag‘allikni miqdoriy, miqdoriy-sifatli qiyoslash va kambag‘allarning moddiy ahvolini baholash uyg‘unlashuviga ko‘ra takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Inson kapitalini rivojlantirish tizimida aholi qashshoqligini kamaytirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavciyalar asosida:
inson va intellektual kapital komponetlari shakllanishiga yondashuv iqtisodiy komponent bilin birga inson tafakkurining psixofiziologik imkoniyatlari, bilim darajasi, mehnat malakasi va motivining sun’iy intellekt texnologiyalarini yaratish va joriy qilish imkoniyatlariga ko‘ra takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “Aholi bandligini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tarmoq-hududiy dastur”larini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024 yil 17 yanvardagi 01/00-03/24-412-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif inson va intellektual kapital komponetlarini yanada aniqroq belgilanishiga ko‘ra maqsadli chora-tadbirlarni ishlab chiqishga hamda ta’lim dasturlari va kasb-hunar ta’limi dasturlarini maqsadli yaratish darajasini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
kambag‘allikni qisqartirishda muhim omillar bo‘lib hisoblangan aholi bandligini tadbirkorlik faoliyatiga ko‘ra ustuvor oshirish, xomashyo va kasbiy brend manbalari asosida mintaqaviy iqtisodiy rivojlanishni maqsadli (manzilli) rag‘batlantirish, innovatsion va sun’iy texnologiyalarni mintaqalar bo‘yicha bir tekisda jadal  rivojlantirish va norasmiy iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha berilgan taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va hokim yordamchilari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi faoliyati keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024 yil 17 yanvardagi 01/00-03/24-412-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif kambag‘allik darajasini qisqartirishda faol dasturlar natijadorligini oshishida, kambag‘allik ta’siridagi shaxslarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha chora-tadbirlar samaradorligini oshishida xizmat qilgan;
innovatsion muhitda inson va intellektual kapitalning o‘zaro samarali faoliyati modeli tarkibiy jihatdan uzviy birlikdagi genetik intellektual salohiyat va intellektual-innovatsion faoliyat natijalari negizidagi sun’iy intellekt texnologiyalariga ko‘ra takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “Aholi bandligini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tarmoq-hududiy dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024 yil 17 yanvardagi 01/00-03/24-412-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif ta’limga investisiyalar hajmini oshirish, intellektual salohiyatni va yangi texnologiyalarni yanada rivojlantirish va hayot sifatini yaxshilash hamda har bir shaxsning umumiy farovonligi va rivojlanishga maqsadli shart-sharoitlar yaratish darajasini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
kambag‘allik darajasini o‘lchash (baholash) yondashuvi kambag‘allikni miqdoriy, miqdoriy-sifatli qiyoslash va kambag‘allarning moddiy ahvolini baholash uyg‘unlashuviga ko‘ra takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “Aholi bandligini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tarmoq-hududiy dasturlarini ishlab chiqshda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024 yil 17 yanvardagi 01/00-03/24-412-sonli ma’lumotnomasi). Taklifning joriy qilinishi kambag‘allikning turli jihatlari va aholining o‘ziga xos ehtiyojlariga yanada manzilli yo‘naltirish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni maqsadli guruhlarga ajratishning aniqlik darajasini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish