Raxmatullaeva Durdona Ravshanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirib o‘qitishni takomillashtirish (“Avtomobillarni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish” misolida), 13.00.05-Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Ped181.
Ilmiy rahbar: Ismailova Zuhra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti, DSc.27.06.2017.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: Urazova Marina Batirovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Hakimov Ravshan Rashodovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirib o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnika yo‘nalishidagi kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga tayyorlash o‘quv jarayonining integrativ tuzilmasi o‘qitish bosqichlarida motivatsion, intellektual, kommunikativ va faoliyatli yo‘nalishlarni muvofiqlashtirish asosida ishlab chiqilgan;
maxsus fanlarni tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirib o‘qitishning immitatsion modellashtirish imkoniyatlari o‘quvchilarni liderlik, kommunikativlik va kreativlik qobiliyatlarini shakllantirishga qaratilgan “g‘oyalar yarmarkasi”, “strategik tadbirkor”, “maqsadli kredit” kabi didaktik o‘yinlar orqali kengaytirilgan;
tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirib o‘qitishning axborot-metodik ta’minoti o‘quv jarayonida prognostik-tahliliy va tashkiliy-uslubiy funksiyalarni chuqurlashtirish, o‘quv dasturlari mazmunini optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning tadbirkorlik ko‘nikmalari bilan bog‘liq motivatsion, kognitiv va faoliyatli mezonlari komponentlari va sifat ko‘rsatkichlari asosida differensiallash orqali kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajalarini aniqlash mexanizmi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirib o‘qitishni takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirib o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘icha Toshkent va Samarqand avtomobil` va yo‘llari kolleji, Shayxontohur transport kasb-hunar kolleji hamda Chirchiq sanoat kasb-hunar kollejlarining “Avtomobillarni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish” ta’lim yo‘nalishi uchun “Kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirib o‘qitish” maxsus kursi va uning o‘quv-uslubiy ta’minoti ishlab chiqilgan va tatbiq etilgan (O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2017 yil 31 oktyabrdagi 01/05-164-son ma’lumotnomasi). Mazkur maxsus kurs kasb-hunar ta’limi muassasalarining “Avtomobillarni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish” ta’lim yo‘nalishi o‘quvchilarini tadbirkorlik faoliyatga yo‘naltirib o‘qitish jarayonini takomillashtirishga xizmat qilgan;
kasb-hunar ta’limi muassasalarining “Avtomobillarni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish” ta’lim yo‘nalishi o‘quvchilari uchun “Kasb-hunar kolleji o‘quvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirib o‘qitish” nomli o‘quv qo‘llanmasi (2017 yil 7 iyuldagi 04659 raqamli guvohnoma) ishlab chiqilib, o‘quv jarayoniga tadbiq etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 13 noyabrdagi 89/03-2786-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv materiallari texnik xizmat ko‘rsatish ta’lim yo‘nalishlari o‘quvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirib o‘qitishning o‘quv-uslubiy ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
Savdo-sanoat palatasining “Tadbirkorlik asoslariga o‘qitishni tashkil etish” markazida “O‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yayotgan shaxslar uchun” metodik ta’minoti ishlab chiqilgan va tadbiq etildi (Savdo-sanoat palatasining 2017 yil 1 noyabrdagi 11/KU-26-6787-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan takliflar tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yayotganlar shaxslarni tadbirkorlik faoliyatiga tayyorlashda shaxsiy va kasbiy muhim sifatlarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
“O‘zbekiston yoshlar ittifoqi”ning “Yosh tadbirkorlar biznes klubini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirib o‘qitish metodikasi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi”ning Shayhontoxur va Olmazor tuman kengashlari tomonidan tashkil etilgan seminarlar va o‘quv kurslarida joriy etilgan (“O‘zbekiston yoshlar ittifoqi” Shayhontoxur tuman kengashining 2017 yil 18 oktyabrdagi 02-06/35-son ma’lumotnomasi, “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi” Olmazor tuman kengashining 2017 yil 19 oktyabrdagi 02-06/25-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar bo‘lajak mutaxassislarni tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirib o‘qitish jarayonida shaxsiy va kasbiy muhim sifatlarini samarali shakllantirish tizimi takomillashtirilgan.