O‘tamurodov Elbek Alimjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Zirabuloq tog‘larining plutonik daykalari (Janubiy Tiyon-Shon)», 04.00.03 – Geotektonika va geodinamika. Petrologiya va litologiya (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/GM183.
Ilmiy rahbar: Ishbaev Xalbay Djangirovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Geologiya va geofizika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Geologiya va geofizika instituti, DSc.24/30.10.2020.GM.125.01.
Rasmiy opponentlar: Axundjanov Raxmadjon, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Dulabova Nafisa Yusupovna, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Zirabuloq tog‘lari plutonik daykalarining geologik-petrografik, petrokimyoviy, geokimyoviy xususiyatlari va ma’dandorligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Zirabuloq tog‘larida keng tarqalgan plutonik daykalar zamonaviy usullar yordamida batafsil o‘rganilgan va bir nechta petrografik turlari ajratilgan;
ilk bor lamprofirlarning ishqorli turlari-monchikitlar va olivinli kampto-spessartitlar aniqlangan;
plutonik daykalar 3 ta magmatik: qoratepa-zirabuloq adamellit-granitli majmuasining tomirli fatsiyasi, shimoliy nurota daykali majmuasi va janubiy tiyon-shon dayka-diatremali majmualariga mansubligi asoslangan;
plutonik daykalar niobiy, tantal, gafniy, qo‘rg‘oshin, kumush, selen, margimush, vismut va NEga geokimyoviy ixtisoslashuvi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Zirabuloq tog‘larining plutonik daykalarini batafsil o‘rganish natijalari asosida:
Zirabuloq tog‘lari plutonik daykalarining geologik, mineralogik, petrografik va petrogeokimyoviy xususiyatlari “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ ning amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2023 yil 16 avgustdagi 08-2408-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, plutonik daykalarning geologik-petrografik va petrogeokimyoviy xususiyatlari boshqa hududlardagi muqobil daykalar tarkibini qayta ko‘rib chiqishga va mintaqada magmatik majmualarning hosil bo‘lish ketma-ketligini batafsil tavsiflashga imkon bergan;
Monchikit va olivinli kampto-spessartit daykalarining tarkibi “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ ning amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2023 yil 16 avgustdagi 08-2408-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishqorli lamprofirlar va olivinli kampto-spessartit daykalari janubiy tiyon-shon majmuasiga mansubligi va mitaqada eng yosh magmatik hosilalar ekanligi yirik miqyosli geologik hamda metallogenik xaritalar tuzish imkonini bergan;
Plutonik daykalarning petrografik va genetik turlarining ma’dandorligi va ularning mintaqadagi kumush, nodir, kamyob va polimetallar minerallashuvi bilan genetik bog‘liqligi “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ ning geologiya-qidiruv ishlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2023 yil 16 avgustdagi 08-2408-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, plutonik daykalarning genetik turlari hududda endogen ma’danlashuvni qidirish va bashorat qilishda qidiruv omili sifatida foydalanish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish