Xushvaktov Saydulla Xolbazarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Axborot-tahlil tizimlarini ishlab chiqishning ilmiy-nazariy asoslari va gidrogeologik ma’lumotlar oqimlariga ishlov berish usullari», 04.00.04 – Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/T708.
Ilmiy maslahatchi: Djumanov Jamoljon Xudaykulovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: “Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” Davlat muassasasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” DM huzuridagi DSc24/30.12.2019.GM.96.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Zaynidinov Xakimjon Nasridinovich? texnika fanlari doktori, professor; Abdullaev Botirjon Dadajonovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Gapparov Furqat Axmatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gidrogeologiyada axborot-tahliliy tizimlarning ilmiy-nazariy asoslarini va gidrogeologik ma’lumotlar oqimiga ishlov berish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor gidrogeologik tadqiqotlarda amaliy masalalarni shakillantirishni va ularni hal etishning asosiy bosqichlari va elementlarini tavsiflashni ta’minlovchi analitik tizimlar axborot tuzilmasining modeli yaratilgan;
gidrogeologik ma’lumotlar oqimlariga ishlov berish axborot-tahlil tizimlarini yaratish sohasidagi  yondoshuvlarni takomillashtirishning yangi atamalari islab chiqilgan;
amaliy axborot-tahlil tizimlari asosda gidrogeologik ma’lumotlar oqimiga ishlov berish algoritmi, boshqarish infratuzilmasi va uslubiy - texnologik sxemasi yaratilgan;
axborot-tahliliy tizimlarda gidrogeologik ma’lumotlar oqimiga ishlov berish jarayonlarining o‘ziga xosligi, kengaytirilishi va miqyoslanishini hisobga olgan holda matematik modellari ishlab chiqilgan;
murakkab mufassal tahlilga asoslangan surma oyna algoritmi yordamida gidrogeologik ma’lumotlar oqimlariga uzlyuksiz ishlov berishning geoaxborot-matematik modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Axborot-tahlil tizimlarini ishlab chiqishning ilmiy-nazariy asoslari va gidrogeologik maʼlumotlar oqimlariga ishlov berish usullari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
gidrogeologik tadqiqotlarda amaliy masalalarni shakillantirish, hal etish bosqichlari va elementlarini tavsiflash analitik tizimlari axborot tuzilmasining modeli hamda gidrogeologik ma’lumotlar oqimiga ishlov berish usullari “O‘zbekgidrogeologiya” davlat korxonasi “Davlat geologik monitoring xizmati” markazining axborot-tahlil tizimi tadqiqotlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2023 yil 24 noyabrdagi 08-4200-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, axborot-tahlil tizimning axborot tuzilmasi optimallashtirilgan, miqyosligi va aniqligini oshirish imkonini bergan;
gidrogeologik ma’lumotlar oqimiga ishlov berish axborot-tahlil tizimlarini yaratish sohasidagi takomillashtirilgan yondoshuvlari va yangi islab chiqilgan  atamalari “O‘zbekgidrogeologiya” davlat korxonasi “Davlat geologik monitoring xizmati” markazining axborot-tahlil tizimi tadqiqotlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2023 yil 24 noyabrdagi 08-4200-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, gidrogeologik tadqiqotlarni loyhalashda axborot-tahlil tizimini axborotliligi va tezkorligini oshirilishiga imkon bergan;
amaliy axborot-tahlil tizimlari asosda gidrogeologik ma’lumotlar oqimiga ishlov berish algoritmi, yaratilgan boshqarish infratuzilmasi va uslubiy - texnologik sxema “O‘zbekgidrogeologiya” davlat korxonasi “Davlat geologik monitoring xizmati” markazining axborot-tahlil tizimi tadqiqotlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2023 yil 24 noyabrdagi 08-4200-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, turli gidrogeologik sharoitda ma’lumotlarni intellektual tahlil qilish Aydar Arnasoy ko‘llar tizimi misolida ishlov berish uzlyuksizligiga erishish imkonini bergan;
gidrogeologik ma’lumotlar oqimlariga uzlyuksiz ishlov berishning geoaxborot-matematik modeli va algoritmlari “O‘zbekgidrogeologiya” davlat korxonasi “Davlat geologik monitoring xizmati” markazining amaliy tadqiqotlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2023 yil 24 noyabrdagi 08-4200-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, er osti suvlarining gidrorejim parametrlarini hisoblashning aniqlik darajasini oshirish va mehnat unumdorligini 10% ga ko‘tarish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish