Shokirova Sadoqatxon Muxammatsolievnaning
fan  doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi,ixtisoslik shifri ( ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bepushtlikda tuxumdonning klinik-anamestik va morfologik ko‘rsatgichlari», 14.00.15 - Patologik anatomiya; 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2DSc /Tib858.
Ilmiy rahbar: Israilov Rajabbay, tibbiyot fanlari doktori, professor; Zufarova Shaxnoza Alimdjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, PhD.04/30.09.2020.Tib.122.01.
Rasmiy opponentlar: Eshboev Erkin Abduxalimovich, tibbiyot fanlari doktori; Shatmanov Suynali Toktonazarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qirg‘iziston); Karimova Feruza Djavdatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali Ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: Amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: bepushtlikning klinik-anamnestik ma`lumotlarini tahlil qilish va tuxumdonda kuzatiladigan patologik holatlarning morfogenezi va xos patomorfologik belgilarini oydinlashtirishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bepushtlikdan aziyat chekkan ayollarning aksariyati 30 yoshdan kattaligi, anamnezida bepushtlik mavjudligi, tana vazni indeksi ko‘rsatkichining yuqoriligi, tuxumdon hajmining 3 sm3 pastligi, antral follikulalar soni 5 tadan kamligi, tuxumdon stromal arteriyalar pulsatsion indeks va rezistentlik indeksi ko‘rsatgichlari pastligi, lyuteinlovchi gormonning 8,0 me/l dan va follikula stimullovchi gormonning 7 me/l dan ortiq  bo‘lishi isbotlangan;
tuxumdonning surunkali yallig‘lanishida jarayon mag‘iz qavatida ustun turganligi, qon tomirlarida dissirkulyasiya, hujayralarida distrofiya rivojlanishidan biriktiruvchi to‘qimasi glikogenozli metaplaziyaga uchrab, vakuollashib, och rangga bo‘yalganligi, ayrim joylarida gialinoz kuzatilib, ovulyasiya va gormonal funksiyani bajaruvchi hujayralarning disregenerasiyasi oqibatida bepushtlik rivojlanishi aniqlangan;
tuxumdonning polikistoz sindromida tuxumdon interstisial to‘qimasi disregenerasiyaga uchragani, teka hujayralar o‘rniga fibroz to‘qima o‘sganligi, primordial tuxum hujayralar atrofidagi follikula epiteliysi kuchli giperplaziyalanganligi, ko‘p sonli kistalar paydo bo‘lganligi, giperandrogenemiya va anovulyasiyaga olib kelganligi va bepushtlik rivojlanganligi isbotlangan;
tuxumdon polikistoz sindromida tuxumdon to‘qimasida o‘tkazilgan immunogistokimyoviy tekshiruvlar ko‘rsatishicha CD3 marker doimo manfiy, CD20 yarim holda o‘rtacha ekspressiyalanish, yarmida manfiy, CD4 27% yuqori, 32% o‘rta darajada, CD8 25% yuqori, 44% o‘rta darajada ekspressiyalanganligi kuzatildi. Ki-67 proliferatsiya markeri 18% yuqori, 67,7% o‘rta va 21% manfiy, apoptoz geni 33% o‘rta 67% manfiy darajada ekspressiyalanganligi aniqlangan;
bepushtlikka nay peritoneal sabab qo‘shilganda, nayda shish va yallig‘lanish infiltratsiyasi to‘planishi tufayli, seroz membrana qalinlashib, mezoteliyning destruksiyaga uchrashi, mushak qatlamda diffuz limfoproliferativ yallig‘lanish, buning natijasida bachadon devori ham sklerotik yallig‘lanishga uchrashi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Andijon  davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2024 yil 29 apreldagi №06/19-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga  Andijon davlat tibbiyot institutining 2023 yil 10-yanvardagi 06/481-son xat yuborilgan.):
birinchi ilmiy yangilik: bepushtlikdan aziyat chekkan ayollarning aksariyati 30 yoshdan kattaligi, anamnezida bepushtlik mavjudligi, tana vazni indeksi ko‘rsatkichining yuqoriligi, tuxumdon hajmining 3 sm3 pastligi, antral follikulalar soni 5 tadan kamligi, tuxumdon stromal arteriyalar pulsatsion indeks va rezistentlik indeksi ko‘rsatgichlari pastligi, lyuteinlovchi gormonning 8,0 me/l dan va follikula stimullovchi gormonning 7 me/l dan ortiq  bo‘lishi isbotlangan. Bepushtlikdan aziyat chekgan ayollarning aksariyati 30 yoshdan kattaligi, anamnezida bepushtlik mavjudligi, tana vazni indeksi ko‘rsatgichining yuqoriligi, tuxumdon hajmining 3 sm3 pastligi, antral follikulalar soni 5 tadan kamligi, tuxumdon stromal arteriyalar pulsatsion indeks va rezistentlik indeksi ko‘rsatgichlari pastligi, lyuteinlovchi gormonning 8,0 me/l dan va follikula stimullovchi gormonning 7 me/l dan ortiq bo‘lishi isbotlanganligi  Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2022 yildagi 26-dekabrdagi №353-sonli buyrug‘i, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Namangan filialining 2023 yildagi 5-yanvardagi №15-sonli buyrug‘i, Andijon viloyat Jalolquduq tuman tibbiyot birlashmasining 2023 yildagi 4-yanvardagi №25-sonli buyrug‘iga asosida amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: tavsiya etilgan algoritm va uslublarning davolash amaliyotiga joriy etilishi natijasida, axoli orasida  ayollardagi bepushtlikni davolashdagi samaradorligi oshirilishiga imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi:  tavsiya etilgan klinik-anamnestik va patomorfologik tashxislash, davolash uslublari (qo‘llanilganda qo‘shimcha tekshirishlar o‘tkazilishi talab etilmasligi natijasida tadqiqotga talab etiladigan davo vaqti 10 kundan 7 -8 kungacha qisqartirilishi hisobiga iqtisod qilishga erishilgan (an’anaviy tashhis davolash usulning o‘rtacha narxi 1-bemor uchun byudjet xisobidan 2200000 so‘mni tashkil qilsa, tavsiya etilgan usulning narxi esa 1200000 so‘m). Xulosa: tavsiya etilgan tashxislash va davolash usuldan foydalangan holda muolajalarni o‘tkazish vaqtini 1-1,5 barobar qisqartirib, kurs davolanish xisobiga byudjet mablag‘larini 950000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: tuxumdonning surunkali yallig‘lanishida jarayon mag‘iz qavatida ustun turganligi, qon tomirlarida dissirkulyasiya, hujayralarida distrofiya rivojlanishidan biriktiruvchi to‘qimasi glikogenozli metaplaziyaga uchrab, vakuollashib, och rangga bo‘yalganligi, ayrim joylarida gialinoz kuzatilib, ovulyasiya va gormonal funksiyani bajaruvchi hujayralarning disregenerasiyasi oqibatida bepushtlik rivojlanishi aniqlangan. Tuxumdonning surunkali yallig‘lanishida jarayon mag‘iz qavatida ustun turganligi, qon tomirlarida dissirkulyatsiya, hujayralarida distrofiya rivojlanishidan biriktiruvchi to‘qimasi glikogenozli metaplaziyaga uchrab, vakuollashib, och rangga bo‘yalganligi, ayrim joylarida gialinoz kuzatilib, ovulyatsiya va gormonal funksiyani bajaruvchi hujayralarning disregeneratsiyasi oqibatida bepushtlik rivojlanishini oldini olishdan iboratligi Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2022 yildagi 26-dekabrdagi №353-sonli buyrug‘i, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Namangan filialining 2023 yildagi 5-yanvardagi №15-sonli buyrug‘i, Andijon viloyat Jalolquduq tuman tibbiyot birlashmasining 2023 yildagi 4-yanvardagi №25-sonli buyrug‘iga asosida amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Tuxumdonning polikistoz sindromida tuxumdon interstisial to‘qimasi disregeneratsiyaga uchragani, teka hujayralar o‘rniga fibroz to‘qima o‘sganligi, tuxum hujayralar atrofidagi follikula epiteliysi kuchli giperplaziyalanganligi, ko‘p sonli kistalar paydo bo‘lganligi, giperandrogenemiya va anovulyasiyaga olib kelganligi va bepushtlik kasalligini aniqlashda va davolashda samarador bo‘lib, bemorlar hayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy ishning iqtisodiy samaradorligi: biz tomondan tavsiya etilgan ayollardagi bepushtlikni erta aniklash bo‘yicha tashxislash usuli va davolash taktikasini tanlash klinik - patomorfologik natijalarni hisobga olgan xolda iqtisodiy xisoblash mumkin, kasallikni kechishida an’anaviy usullar (umumiy amaliyot shifokori , akusher ginekolog ko‘rigi, rentgen, EKG, qon va peshob taxlili, ortiqcha gormonal taxlillar va boshqalar) bilan jarroxlik amaliyotidagi xarajatlar summasini tashrixsiz davolanishda byudjetdan tashqari 400000 so‘mgacha tejalishiga olib kelgan. Xulosa: xulosa qilib ushbu qo‘llanma dalillarga asoslangan tibbiyot tamoyillariga mos klinik va patomorfologik solishtirma tashxislash natijalari davolashni samaradorligini ko‘tarishga imkon beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: tuxumdonning polikistoz sindromida tuxumdon interstisial to‘qimasi disregenerasiyaga uchragani, teka hujayralar o‘rniga fibroz to‘qima o‘sganligi, primordial tuxum hujayralar atrofidagi follikula epiteliysi kuchli giperplaziyalanganligi, ko‘p sonli kistalar paydo bo‘lganligi, giperandrogenemiya va anovulyasiyaga olib kelganligi va bepushtlik rivojlanganligi isbotlangan. Tuxumdonning polikistoz sindromida tuxumdon interstitsial to‘qimasi disregeneratsiyaga uchragani, teka hujayralar o‘rniga fibroz to‘qima o‘sganligi, primorbidal tuxum hujayralar atrofidagi follikula epiteliysi kuchli giperplaziyalanganligi, ko‘p sonli kistalar paydo bo‘lganligi, giperandrogenemiya va anovulyatsiyaga olib kelganligi va bepushtlik rivojlanganligi isbotlanganligi Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2022 yildagi 26-dekabrdagi №353-sonli buyrug‘i, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Namangan filialining 2023 yildagi 5-yanvardagi №15-sonli buyrug‘i, Andijon viloyat Jalolquduq tuman tibbiyot birlashmasining 2023 yildagi 4-yanvardagi №25-sonli buyrug‘iga asosida amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan tashxislash tartibi tuxumdonning surunkali yallig‘lanishida ovulyatsiya va gormonal funksiyani bajaruvchi hujayralarning disregeneratsiyasi oqibatida bepushtlik rivojlanishi xaqidagi morfologik ma’lumotlar ginekologlar ish faoliyatida bepushtlik kasalligini sonini kamaytirgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: quyidagilardan iborat; tavsiya etilgan bepushtlik kasalligini aniqlash bo‘yicha tashxislash va davolash taktikasini tanlash klinik va patomorfologik natijalarini xisobga olgan xolda iqtisodiy samaradorlikni yuqoriligi byudjetdan tashqari 400000 so‘mgacha mablag‘lar tejalishiga erishildi. Xulosa: ayollar bepushligida tuxumdonlar polikistozining klinik morfologik xususiyatlarini to‘lik o‘rganib borilishi, klinitsistlar uchun kasallik kelib chikish sabablarini 98% aniqlash, to‘g‘ri tashxis qilish va davolash algoritmini to‘g‘ri tanlanishiga olib keladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tuxumdon polikistoz sindromida tuxumdon to‘qimasida o‘tkazilgan immunogistokimyoviy tekshiruvlar ko‘rsatishicha CD3 marker doimo manfiy, CD20 yarim holda o‘rtacha ekspressiyalanish, yarmida manfiy, CD4 27% yuqori, 32% o‘rta darajada, CD8 25% yuqori, 44% o‘rta darajada ekspressiyalanganligi kuzatildi. Ki-67 proliferatsiya markeri 18% yuqori, 67,7% o‘rta va 21% manfiy, apoptoz geni 33% o‘rta 67% manfiy darajada ekspressiyalanganligi aniqlangan. Tuxumdon polikistoz sindromida tuxumdon to‘qimasida o‘tkazilgan immunogistokimyoviy tekshiruvlar ko‘rsatishicha CD3 marker doimo manfiy, CD20 yarim holda o‘rtacha ekspressiyalanish, yarmida manfiy, CD4 27% yuqori, 32% o‘rta darajada, CD8 25% yuqori, 44% o‘rta darajada ekspressiyalanganligi kuzatildi. Ki-67 proliferasiya markeri 18% yuqori, 67,7% o‘rta va 21% manfiy, apoptoz geni 33% o‘rta 67% manfiy darajada ekspressiyalanganligi aniqlanligi Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2022 yildagi 26-dekabrdagi №353-sonli buyrug‘i, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Namangan filialining 2023 yildagi 5-yanvardagi №15-sonli buyrug‘i, Andijon viloyat Jalolquduq tuman tibbiyot birlashmasining 2023 yildagi 4-yanvardagi №25-sonli buyrug‘iga asosida amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi kuyidagilardan iborat: Birlamchi bepushtlikning xavfli omillari sifatida: ayollar yosh guruhlari, tana vazni indeksi, somatik holati, ginekologik kasalliklari, tuxumdonning funksional va laborator ko‘rsatgichlari, bepushtlikni bashoratlash mezonlarini tahlil qilindi., bemorlarni davolash sifatini yaxshilanishiga imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: ayollar bepushtligining boshlang‘ich davrida oddiy va samarali tekshiruv usullaridan foydalanilib, asoratsiz davolanadi. Gistokimyoviy tekshirishda, asosan, faol bo‘yalgan sohalardagi hujayralar, tolali tuzilmalar tarkibiy qismining xos rangda bo‘lishi morfometriya jarayonida o‘lchangan kattaliklarni aniq bir chegaradagi traektoriyasini raqamlar orqali ifodalash uchun asos qilib olindi, bir-biridan farqi aniqlandi, morfofunksional jihatdan baholandi. Morfometrik ko‘rsatkichlarni baholash, mazkur patologiyada to‘qimadagi hujayralar joylashuvining o‘zgarishi, kasallikning og‘irlik darajasini aniqlashga zamin yaratadi. Xulosa: ayollar bepushtligining struktur—funksional turi isbotlangan bemorlarda reproduktiv tizimidagi nuqsonlarni tasdiqlash yoki istisno qilish uchun erta tashxislash asosida samarali davolash hisobiga budjetdan tashqari mablag‘larning 350000 so‘mgacha mablag‘lar iqtisod qilish imkonini beradi.
beshinchi ilmiy yangilik: bepushtlikka nay peritoneal sabab qo‘shilganda, nayda shish va yallig‘lanish infiltratsiyasi to‘planishi tufayli, seroz membrana qalinlashib, mezoteliyning destruksiyaga uchrashi, mushak qatlamda diffuz limfoproliferativ yallig‘lanish, buning natijasida bachadon devori ham sklerotik yallig‘lanishga uchrashi aniqlangan. Bepushtlikka nay peritoneal sabab qo‘shilganda, nayda shish va yallig‘lanish infiltrasiyasi to‘planishi tufayli, seroz membrana qalinlashib, mezoteliyning destruksiyaga uchrashi, mushak qatlamda diffuz limfoproliferativ yallig‘lanish, buning natijasida bachadon devori ham sklerotik yallig‘lanishga uchrashi tasdiqlanganligi Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2022 yildagi 26-dekabrdagi №353-sonli buyrug‘i, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Namangan filialining 2023 yildagi 5-yanvardagi №15-sonli buyrug‘i, Andijon viloyat Jalolquduq tuman tibbiyot birlashmasining 2023 yildagi 4-yanvardagi №25-sonli buyrug‘iga asosida amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi kuyidagilardan iborat: Birlamchi bepushtlikning xavfli omillari sifatida: ayollar yosh guruhlari, tana vazni indeksi, somatik holati, ginekologik kasalliklari, tuxumdonning funksional va laborator ko‘rsatgichlari, bepushtlikni bashoratlash mezonlarini tahlil qilindi, bemorlarni davolash sifatini yaxshilanishiga imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi kuyidagilardan iborat: ayollar bepushtligining boshlang‘ich davrida oddiy va samarali tekshiruv usullaridan foydalanilib, asoratsiz davolanadi. Xulosa: ayollar bepushtligining nay peritoneal  turi isbotlangan bemorlarda reproduktiv tizimidagi nuqsonlarni tasdiqlash yoki istisno qilish uchun erta tashxislash asosida samarali davolash (Yordamchi reproduktiv texnologiyalardan foydalanish imkoni pasayadi) hisobiga byudjetdan tashqari mablag‘larning 1500000 so‘mgacha mablag‘lar iqtisod qilish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish