Djuraev Axmadjon Eshboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Yoshlarda yo‘l harakati xavfsizligi madaniyatini rivojlantirishning axloqiy mexanizmlari, 09.00.02 – Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (Madaniyat nazariyasi) (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fal 827
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02
Ilmiy rahbar: G‘aybullaev Otabek Muxammadievich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Samadov Aktamkul Rafikovich, falsafa fanlari doktori (DSc), professor; Allayorova Marxabo Mavlonovna, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ijtimoiy hayotda yo‘l harakati xavfsizligi madaniyatini rivojlantirishga oid qarashlarni qiyosiy tahlil qilish va axloqiy mexanizmlarini ishlab shiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yo‘l harakati xavfsizligi madaniyatining subyektlari bo‘lgan haydovshilar, yo‘lovshilar va piyodalarda bag‘rikenglikning xushmuomalalik, sabr-qanoat, kamtarlik singari ijtimoiy mezonlarini kushaytirish orqali yoshlar xulq-atvorining motivatsion dunyoqarashiga ta’sir qilishi va uning real hayotda identiv bog‘liq holda namoyon bo‘lishi aniqlashtirilgan;
yo‘l harakati qatnashshilari himoyasi tizimini takomillashtirishda asosiy subyektlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning “yo‘l harakati xavfsizlik madaniyati” konsepti asosida baxsiz hodisalarni oldini olish, bartaraf etish va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish kabi axloqiy indikatorlari bilan dialektik bog‘liqligi mantiqiy dalillangan;
jadal avtomobillashayotgan jamiyatimizda yoshlarning boshqalar xavfsizligiga qadrli munosabatda bo‘lishi, o‘zaro hurmat, xavfni oldindan ko‘ra bilish qobiliyatini shakllantirish, qonunga bo‘ysunuvshi xulq-atvor motivatsiyasini rivojlantirish, yo‘llarda harakatlanish davomida “dinamik stereotiplarga” shalg‘imaslik, konfliktogen omillarning oldini olish kabi kommunikativlik mexanizmlari oshib berilgan;
“inson-avtomobil-yo‘l” konsepsiyasiga muvofiq yo‘l konfliktlarining kompozision tipologiyasi ishlab shiqilib, uning obyektiv, subyektiv, konstruktiv, destruktiv shakllarining kelib shiqish sabablari hamda xavflilik doirasida kommunikativ va motivatsion tasnifga ega ekanligi aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tadqiqot natijasida yoshlarning ommaviy tahdidlarga qarshi kurashishi jarayonida axloqiy qadriyatlarga tayanishini tadqiq etish asosida:
yo‘l harakati xavfsizligi madaniyatining subyektlari bo‘lgan haydovshilar, yo‘lovshilar va piyodalarda bag‘rikenglikning xushmuomalalik, sabr-qanoat, kamtarlik singari ijtimoiy mezonlarini kushaytirish orqali yoshlar xulq-atvorining motivatsion dunyoqarashiga ta’sir qilishi va uning real hayotda identiv bog‘liq holda namoyon bo‘lishi aniqlashtirilganligiga doir taklif-tavsiyalardan Jizzax viloyati “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazi tomonidan 2021-yilda bajarilgan “Jamiyat barqarorligini ta’minlashda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishning inovatsion omillari” mavzusidagi 07-raqamli amaliy loyihasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Jizzax viloyati “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazining 2023-yil 19-maydagi 12-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarda yo‘l harakati xavfsizligi madaniyatini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarning ortishiga, kreativ falsafiy tafakkur tarzining shakllanishiga xizmat qilgan;
yo‘l harakati qatnashshilari himoyasi tizimini takomillashtirishda asosiy subyektlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning “yo‘l harakati xavfsizlik madaniyati” konsepti asosida baxsiz hodisalarni oldini olish, bartaraf etish va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish kabi axloqiy indikatorlari bilan dialektik bog‘liqligiga doir taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunshilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining “Sog‘lom inson – sog‘lom millat” mavzusidagi amaliy loyiha ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunshilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining 2023-yil 29-maydagi 04/9-10-29-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarda yo‘l harakati xavfsizligiga doir axloqiy ong va madaniyatning o‘sishga, yo‘llarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli baxsiz hodisalarning kamayishiga xizmat qilgan;
jadal avtomobillashayotgan jamiyatimizda yoshlarning boshqalar xavfsizligiga qadrli munosabatda bo‘lishi, o‘zaro hurmat, xavfni oldindan ko‘ra bilish qobiliyatini shakllantirish, qonunga bo‘ysunuvshi xulq-atvor motivatsiyasini rivojlantirish, yo‘llarda harakatlanish davomida “dinamik stereotiplarga” shalg‘imaslik, konfliktogen omillarning oldini olish kabi kommunikativlik mexanizmlari oshib berilganligiga doir taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi ishki ishlar vazirligi huzuridagi Jamoat xavfsizligi deportamenti yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining Samarqand viloyatida 2023-yilda amalga oshirilishi belgilangan “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturining “Yo‘l xaritasi”ni ishlab shiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi ishki ishlar vazirligi huzuridagi Jamoat xavfsizligi deportamenti yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining 2023-yil 29-maydagi 24/6-15-1-son ma’lumotnomasi). Natijada, fuqarolarning yo‘llarda harakatlanishini tartibga solishdagi xavfsiz tizimni yaratishga, yoshlarda yo‘l harakati xavfsizligiga doir immunitetni shakllanishiga xizmat qilgan;
“inson-avtomobil-yo‘l” konsepsiyasiga muvofiq yo‘l konfliktlarining kompozision tipologiyasi ishlab shiqilib, uning obyektiv, subyektiv, konstruktiv, destruktiv shakllarining kelib shiqish sabablari hamda xavflilik doirasida kommunikativ va motivatsion tasnifga ega ekanligi aniqlashtirilganligiga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 16-mart kuni efirga uzatilgan “Assalom Samarqand” teleko‘rsatuvining dasturi loyihasini tuzishda foydalanilgan (Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 23-maydagi 01-07/177-son ma’lumotnomasi). Natijada, teletomoshabinlarda yo‘l harakati xavfsizligi madaniyati haqida falsafiy tushunshaning shaklanishiga va efirga uzatilayotgan ko‘rsatuvning xalqshil bo‘lishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish