Abdinazarov Jamshidning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Surxondaryo viloyatining taqirsimon tuproqlari sharoitida ingichka tolali g‘o‘za hosildorligiga turli kompostlarning ta’siri”, 06.01.01 – Umumiy dexqonchilik. Paxtachilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Qx782.
Ilmiy rahbar: Boltaev Saydulla Maqsudovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Tungushova Dilbar Abdukayumovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Sayimbetov Alisher, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Surxondaryo viloyatining taqirsimon tuproqlari sharoitida ingichka tolali g‘o‘zadan yuqori va sifatli paxta hosili olish, tuproq unumdorligini saqlash hamda oshirishda bentonit, fosforit va go‘ng asosida tayyorlangan turli kompostlarni qo‘llash samaradorligini aniqlash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor ingichka tolali g‘o‘zani parvarishlashda 10 t go‘ng va 3 t bentonit yoki 10 t go‘ng va 3 t fosforit asosida tayyorlangan kompostlarni shudgor ostiga 3 yilda bir marta 13 t me’yorida hamda shu nisbatlarda tayyorlangan kompostlarning 2 t me’yorini har yili g‘o‘zaning 2-3 chin barg davrida 700 kg, shonalashda 700 kg va gullashda 600 kg miqdorda kompostlar sifatida mineral o‘g‘itlar bilan birgalikda o‘suv davrida qo‘llash texnologiyasi ishlab chiqilgan;
tadqiqotda turli kompostlar qo‘llanilgan variantlarda tuproq hajm massasi 0,04-0,05 g/sm3 kamaygan, suv o‘tkazuvchanligi 39-42 m3/ga oshgan hamda tuproqda gumus miqdori 0,090% ga ortganligi aniqlangan;
bentonitli va fosforitli kompostlarning tabiiy meliorantlik xususiyatlariga ko‘ra tuproqning 0-30 sm haydov qatlamida xlor ioni miqdori 0,011% ga kamayganligi aniqlangan;
bentonit, fosforit va qoramol go‘ngi asosida tayyorlangan kompostlarning turli me’yorlari qo‘llanilganda ingichka tolali “SP-1607” g‘o‘za navining o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ijobiy ta’sir etib, nazoratga nisbatan 6,1-7,5 s/ga qo‘shimcha hosil olingani isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Respublikamizning janubiy Surxondaryo viloyatida ingichka tolali g‘o‘zani parvarishlashda kompostlarni qo‘llash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
“G‘o‘zaning ingichka tolali SP-1607 navini parvarishlashda qo‘shimcha oziqlantirishning samaradorligi” nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 27 martdagi 05/01-05/02-05/04-03-105-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma ingichka tolali g‘o‘zadan yuqori hosil etishtirishda qo‘llanma sifatida foydalanilmoqda;
ingichka tolali g‘o‘zani parvarishlashda bentonit+go‘ng va fosforit+go‘ng asosli kompost 13 t/ga shudgordan oldin hamda g‘o‘zaning o‘suv davrida 2 t/ga me’yorda qo‘llash Surxondaryo viloyati Muzrabod tumani “Tulak Katov” f/x 15,0 ga, “Razzok Mulk” f/x 15 ga, “Javlonbek Xamdam” f/x 12,0 ga, jami 42 ga maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 27 martdagi 05/01-05/02-05/04-03-105-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingichka tolali g‘o‘zadan gektariga 6,0 s qo‘shimcha paxta xosili olinib, rentabellik darajasi 46,8 % ni tashkil qilgan;
g‘o‘zaning “SP-1607” naviga turli kompostlarni qo‘llash texnologiyasi Surxondaryo viloyati Termiz tumani Ingichka tolali paxtachilik ilmiy tadqiqot instituti tajriba maydonida 10,0 ga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 27 martdagi 05/01-05/02-05/04-03-105-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingichka tolali g‘o‘za maydonining gektaridan 36,6 s paxta hosili olinib, qo‘shimcha xosil 6,3 s/ga ni, rentabellik darajasi 47,9% ni tashkil qilgan.