G‘anieva Xayriniso Baxtiyarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Punktuatsion belgilar  pragmalingvistik xususiyatlarining qiyosiy tadqiqi (ingliz va o‘zbek tillari misolida)”, 10.00.06 –  Qiyosiy  adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam:B2020.4.PhD/Fil1444.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Mamatov Abdugafur Eshonkulovich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ahmedov Oybek Saparboevich, filologiya fanlari doktori, professor; Gadoeva Mavlyuda  Ibragimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi badiiy matnlar punktuatsion belgilari pragmalingvistik xususiyatlarining ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillaridagi qavs, qo‘shtirnoq, vergul, tire kabi punktuatsion belgilarning chegaralovchilik hamda nuqta, undov, so‘roq, vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, ko‘p nuqta kabi belgilarning ajratuvchilik vazifalari, shuningdek, nutqning sintaktik tuzilishi va intonatsiyasi kabi hissiy-ekspressiv baholovchi xususiyatlari aniqlangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi badiiy  matnlarda  gap o‘rtasida, oxirida va aralash holda qo‘llanuvchi tinish belgilarining darak, so‘roq, undov, buyruq, istak gaplarda o‘xshash, o‘zbek tilida uyushiq bo‘laklarning tinish belgilari bilan ajratilishi, ingliz tilida uyushgan sifat leksemalarining vergulsiz ifodalanishi kabi farqli jihatlari ochib berilgan;  
nuqta, ko‘p nuqta, vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, tire, so‘roq va undov punktuatsion-grafik vositalarning inglizcha va o‘zbekcha matnlarning uslubiy ravonligini ta’minlovchi funksional-uslubiy, tarjima mantlaridagi sintaktik konstruksiyalarni to‘g‘ri, ifodali, aniq bayon qilish kabi pragmalingvistik xususiyatlari ochib berilgan;  
ingliz va o‘zbek tillarida matnlarda til birliklariga tayangan verbal va harakat, mimika va jestlarga asoslangan noverbal ma’nolarni ifodalashda punktuatsion belgilarning ta’kidlash, kuchaytirish kabi pragmalingvistik jihatlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida punktuatsion belgilar  pragmalingvistik xususiyatlarining qiyosiy  tahlili bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
ingliz va o‘zbek tillaridagi qavs, qo‘shtirnoq, vergul, tire kabi punktuatsion belgilarning chegaralovchilik hamda nuqta, undov, so‘roq, vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, ko‘p nuqta kabi belgilarning ajratuvchilik vazifalari, shuningdek, nutqning sintaktik tuzilishi va intonatsiyasi kabi hissiy-ekspressiv baholovchi xususiyatlari to‘g‘risidagi xulosalardan “O‘qish va yozuv” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-son buyrug‘i bilan 232-623-raqamda tasdiqlangan nashr guvohnomasi). Natijada darslikning ikkinchi qismining nazariy manbalar bilan boyitilishiga erishilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi badiiy  matnlarda  gap o‘rtasida, oxirida va aralash holda qo‘llanuvchi tinish belgilarining darak, so‘roq, undov, buyruq, istak gaplarda o‘xshash, o‘zbek tilida uyushiq bo‘laklarning tinish belgilari bilan ajratilishi, ingliz tilida uyushgan sifat leksemalarining vergulsiz ifodalanishi kabi farqli jihatlari haqidagi xulosalaridan Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus + dasturining 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillari institutining 2023-yil 4-apreldagi 885/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada innovatsion tadqiqot loyihasi doirasida yaratilgan darslik, o‘quv qo‘llanmalarini ishlab chiqishda foydalanilgan;
nuqta, ko‘p nuqta, vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, tire, so‘roq va undov punktuatsion-grafik vositalarning inglizcha va o‘zbekcha matnlarning uslubiy ravonligini ta’minlovchi funksional-uslubiy, tarjima mantlaridagi sintaktik konstruksiyalarni to‘g‘ri, ifodali, aniq bayon qilish kabi pragmalingvistik xususiyatlari to‘g‘risidagi xulosalaridan Rossiya Federatsiyasi Qozon federal universitetida 2021-2023 yillarda bajarilgan № 47 “Britaniya ingliz tilidagi tinish belgilarini qiyosiy o‘rganish (turk tillari misolida)” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy ta’lim vazirligi Qozon federal universitetining 2023-yil 2-noyabrdagi 209-AS-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida “Ingliz tili: praktikum” nomli o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda dissertatsiya manbalaridan unumli foydalanilgan;  
ingliz va o‘zbek tillarida matnlarda til birliklariga tayangan verbal va harakat, mimika va jestlarga asoslangan noverbal ma’nolarni ifodalashda punktuatsion belgilarning ta’kidlash, kuchaytirish kabi pragmalingvistik jihatlari borasidagi xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Adabiy jarayon”, “Ta’lim va taraqqiyot” va “O‘zbekiston yoshlari” radioeshittirishlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston MTRK “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2023-yil, 6-apreldagi  04-36-525-son maʼlumotnomasi). Natijada ushbu radioeshittirishlar uchun tayyorlangan materiallar yangi qarashlar asosida mazmunan boyitilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish