Jumaniyozov Sardor Pirnazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Murakkab sohada nostatsionar ikki o‘lchovli issiqlik tarqalish masalasini sonli modellashtirish”, 05.01.07 – Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3879
Ilmiy rahbar: Polatov Asxad Muxamedjanovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.13/30.12.2021.T.142.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamadiev Abdivali Shukurovich fizika-matematika fanlari doktori, dotsent; Isomiddinov Anvarjon Inomjonovich, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi murakkab shaklga ega jismlarda issiqlik tarqalishi jarayonlarini tadqiq qilish uchun hisoblash algoritmlarini yaratish va dasturiy majmuasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ikki o‘lchovli sodda sohalarni yig‘ish asosida murakkab sohani qurish diskret modeli va algoritmi ishlab chiqildi;
bir jinsli bo‘lmagan jismlar uchun ikki o‘lchovli nostatsionar issiqlik tarqalishi masalasini chekli elementlar usuli asosida hisoblash algoritmi ishlab chiqildi;
tizimli qo‘shimchalarga ega sohalar uchun ikki o‘lchovli nostatsionar issiqlik tarqalishi masalalarini chekli elementlar usuli asosida sonli algoritmi yaratildi;
chekli elementlar usulida nuqtali issiqlik manbalarini hisobga olgan holda ikki o‘lchovli nostatsionar issiqlik tarqalishi masalasini echishning hisoblash algoritmi ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Dissertatsiya doirasida olib borilgan tadqiqotlar natijasida ishlab chiqilgan algoritmlar va yaratilgan dasturiy majmua asosida:
murakkab shakldagi ikki o‘lchovli jismlarda nostatsionar issiqlik tarqalishi jarayonini chekli elementlar usuli asosida hisoblash algoritmi va dasturiy vositasi “UzXCMG” MChJ qo‘shma korxonasida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligining 2023 yil 24 avgustdagi 6-2709 sonli ma’lumotnomasi). Natijada uzoq vaqt yuqori harorat maydoni ta’sirida bo‘lgan konstruksiyalarning ekspluatatsiya ishonchliligini, mustahkamligini ta’minlashga va hisoblashlarni o‘tkazishga ketadigan vaqt sarfini 7-10 % ga qisqartirish imkonini bergan;
sizot suvlar oqimini tahlil qilish asosida erdagi suv miqdorini normallashtirish masalasi bo‘yicha chekli elementlar usuli asosida hisoblash algoritmi va dasturiy vositasi Xorazm viloyati Shovot tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limiga tegishli erlarda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligining 2023 yil 24 avgustdagi 6-2709 sonli ma’lumotnomasi). Sizot suvlar miqdori yuqori bo‘lgan hududlarni maxsus nasoslar orqali suvini so‘rib olish yo‘li bilan suv miqdorini normallashtirish va hisoblarni o‘tkazishga ketadigan vaqt sarfini 9-12 % ga qisqartirish imkonini bergan.