Ochilov Ozodjon Mardievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «VII–X asrlar Tang davri she’riyatida ramzlar semantikasi», 10.00.05–Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fil58
Ilmiy rahbar: Mannonov Abdurahim Mutalovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti, DSc. 27.06.2017.Fil.21.01.
Rasmiy opponentlar: To‘xliev Boqijon, filologiya fanlari doktori, professor; Lyu Tao (刘涛), filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: VII-X asrlar tang she’riyatida poetik ramzlarning keng qo‘llanishi, ularning shakllanish omillari, o‘sha davrda vujudga kelgan adabiy voqelik, badiiylik masalalari, tang she’riyatida «Oy» va «may» poetik obrazlarining ramziy ma’nolari, ularning semantikasini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tang she’riyatida poetik ramzlarning ma’no shakllanishiga xitoy xalqining mentaliteti, madaniyati, diniy-falsafiy qarashlari, fol`klori, she’riyat qonuniyatlari, shoir shaxsi va xitoy tili fonetikasi kabi omillarning tutgan o‘rni isbotlangan;
ramzning mumtoz xitoy she’riyatiga xos an’anaviy ifoda usullari hisoblanmish bi va singdan ma’noni yashirin ̶ implisint ifodalash, o‘zida katta madaniy ma’lumot saqlash singari farqli hamda moddiylik yordamida mavhum tushunchani ifodalash va assotsiativ jarayonni yuzaga keltirish kabi o‘xshash xususiyatlarning mavjudligi aniqlangan;
Tang davri she’riyatida shakllangan ramzlarning hozirgi davr iqtisodiy-tijoriy hayotdagi ahamiyati, xususan, savdo-sotiq faoliyatidagi o‘rni asoslab berilgan;
Tang davridagi adabiy muhit va tanqidchilik, adabiy aloqalar va an’analar hamda ijtimoiy-siyosiy vaziyat kabilarning shoir va yozuvchilar ijodiy yo‘nalishiga ta’siri dalillangan;
semiotika, kognitiv tilshunoslik, germenevtika, pragmalingvistika, lingvokul`turologiya kabi sohalarning nazariy qarashlari yordamida tang she’riyatida keng qo‘llanilgan «Oy» va «may» poetik obrazlarning ramziy ma’nolari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
VII–X asrlar Tang davri she’riyatida ramzlar semantikasi tahlili davomida olingan xulosa va natijalar asosida:
Xitoy milliy-madaniyati va mumtoz adabiyotida «may» ramzining lingopoetikasi borasidagi natijalardan O‘zbekiston turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda qo‘mita qoshidagi «Ipak yo‘li ofisi» UKning O‘zbekiston vino mahsulotlarining xitoylik sayyohlarga manzur keluvchi reklama matnlari, broshyura, video-roliklar tayyorlashda foydalangan (O‘zbekiston turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qoshidagi «Ipak yo‘li ofisi»ning 2018 yil 4 maydagi 01/057-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar xitoylik sayyohlarni yurtimizga keng miqiyosda jalb qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
Xitoy madaniyatida ramzlarning o‘rni, ahamiyati va she’riy tarjimalar O‘zbek-xitoy Konfusiy instituti faoliyatida, «Bahor bayrami», «O‘rta kuz bayrami» kabi madaniy tadbirlarda va xitoy madaniy hayotida muhim o‘rin tutuvchi ramzlarlarning ma’no talqinini o‘quvchilarga tushuntirish jarayonida foydalanilgan (O‘zbek-xitoy konfusiy institutining 2018 yil 4 maydagi 64/18-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning xitoy milliy madaniyatida muhim o‘rin tutuvchi ramzlarning ma’no-mohiyatini chuqur anglashga va ularning dunyoqarashini anglashga xizmat qilgan;
Xitoy xalqining dunyoni anglash borasidagi badiiy-estetik, falsafiy-etik tafakkuri va o‘ziga xosliklarini anglash to‘g‘risidagi natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston» teleradiokanali DUK tomonidan turkum eshittirishlarni tayyorlashda foydalanilgan («O‘zbekiston» teleradiokanali DUKning 2018 yil 30 apreldagi 04-25-665-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar tinglovchilarning xitoy xalqining o‘ziga xos mentaliteti, madaniy-estetik qarashlari haqida bilimlarini takomillashtirishga xizmat qilgan.