Alimova Gulnoza Baxshilloevnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Sotsial tarmoqlarda jurnalistikaning shakllanishi, faoliyat tendensiyalari va xususiyatlari (jahon va milliy tajribaning qiyosiy-tipologik tahlili)», 10.00.09–Jurnalistika (filologiya fanlari)

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fil102.

Ilmiy rahbar: Mo‘minova Fotima Izzatullaevna filologiya fanlari doktori, professor

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti, DSc. 27.06.2017.Fil.21.01.

Rasmiy opponentlar: Irnazarov Qudrat, filologiya fanlari doktori, professor; Toshboev Olim, filologiya fanlari nomzodi.

Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: sotsial tarmoqlarda jurnalistikaning shakllanishi, faoliyat tendensiyalari va xususiyatlarini jahon va milliy tajriba asosida qiyosiy-tipologik jihatdan yoritib berishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

sotsial tarmoqlarning umumiy modelini yaratishda logotiplar, ruknlar, kalit so‘zlar, ranglar va proporsiyalarning o‘rni aniqlanib, mavjud tarmoqlar fuqarolik jurnalistikasining yaxlit tizimi ekanligi isbotlangan;

sotsial tarmoqlar tipologiyasining empirik, nazariy, morfologik, qiyosiy, tarixiy, strukturaviy va genetik tasniflari mavjudligi, tarmoq reytingini dizayn, yo‘nalish, materiallar mazmuni va auditoriya kabi mezonlar belgilashi aniqlangan;

sotsial tarmoqlardagi fuqaroviy jurnalistlar ijodiy faoliyatining davriylik, aniqlik va xolislik kabi fazilatlari ajratilib ko‘rsatilgan va ular alohida tasniflangan;

tarmoqlarda faoliyat olib boradigan havaskor jurnalistlar ko‘proq o‘z shaxsini namoyon etadigan janrlardan foydalanishlari aniqlangan;

internet va sotsial tarmoqlarda o‘z aksini topgan yangi tipdagi axborot almashuvidan unumli foydalanish natijasida tug‘ilgan ko‘p fikrlilik, mulohazalar rang-barangligi jurnalistikaning to‘rtinchi hokimiyat sifatidagi mavqeini mustahkamlashi dalillangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 

Sotsial tarmoqlarda jurnalistikaning shakllanishi, faoliyat tendensiyalari va xususiyatlari tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:

Axborot maydonida  milliy va umumjahon jarayonlarning aks ettirilishida xolislik va tezkorlik prinsiplarining ishlashi, muallif pozisiyasi va texnik imkoniyatlarning ahamiyati yuzasidan olingan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”ning 52-bandida O‘zbekiston matbuot va axborot agentligiga joriy yilning 1-choragida “Jurnalistlarning amaliy kasbiy malakasi va amaliy ko‘nikmalarni oshirish Dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining 2018 yil 12 fevraldagi 01-524-son ma’lumotnomasi). Mazkur natija jurnalistlarning amaliy kasbiy malakasini oshirishda ularning sotsial tarmoqlardan foydalanishning amaliy ko‘nikmalariga ega bo‘lishiga yordam bergan;

Sotsial tarmoqlardagi jurnalistik faoliyatning ijodiy hamda texnikaviy  cheksizligi yuzasidan olingan natijalardan, “Zamonaviy AKT bosma OAV faoliyatidagi roli va mamlakat internet-resurslarining istiqboli”ga bag‘ishlangan media-forum, engillashtirilgan mualliflik tushunchasi va uning xususiyatlarida keltirilgan takliflardan   “Muvaffaqiyatli siyosat yuritishda sotsial tarmoqlardan foydalanish istiqbollari” mavzuidagi onlayn-konferensiya natijalaridan foydalanilgan (AT-assotsiatsiyasining 2018 yil 11 fevraldagi 1/11-02-son ma’lumotnomasi). Natijada bir qator korxona va tashkilotlar o‘z interent saytlarini sotsial tarmoqlarga ulab, sayt reytingini oshirgan hamda ularning sotsial tarmoqlardagi sahifasi xalq bilan muloqotni yangi-onlayn bosqichga ko‘tarishga xizmat qilgan;

Jamiyatda demokratiyani amalga oshirish va hokimiyatning ochiqligini ta’minlashning eng ommaviy va samarali usullaridan biri sotsial tarmoqlar ekanligi yuzasidan dalillangan xulosalardan O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi qoshida tashkil etilgan va 2016 yildan buyon faoliyat olib borayotgan “Yosh jurnalistlar klubi” faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasining 2018 yil 12 fevraldagi 14/38-son ma’lumotnomasi). Mazkur materiallar klub tinglovchilarining sotsial tarmoqlar faoliyatiga stereotiplardan xoli, ob’ektiv baho berishiga xizmat qilib, tarmoq imkoniyatlaridan maqsadli foydalanishiga imkon bergan.

Ommaviy axborot nomarkazlashuvi va uni nazorat qilish imkoniyatlarining keskin kamayishi axborot asrining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Bu holatning milliy domendagi saytlarda aks etishi yuzasidan dissertatsiyaning amaliy qismida keltirilgan xulosalardan O‘zbekiston bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamda hamkor tashkilotlar o‘rtasida  ishlab chiqilgan “Milliy domendagi diniy-ma’rifiy mavzudagi Internet manzillari faoliyatini yanada takomillashtirish, veb-sahifani yuritishga mas’ul shaxslarning bilim va mahoratlarini oshirish maqsadida yilda ikki marotaba malaka oshirish o‘quv kurslarini tashkil etish to‘g‘risida”gi qo‘shma qaror va Dasturga muvofiq tashkil etilgan malaka oshirish kurslarida foydalanilgan (O‘zbekiston bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining 2018 yil 12 fevraldagi 1/F-44-son ma’lumotnomasi). Natijada milliy domendagi saytlar faoliyatining reytingi tuzilgan, milliy sotsial tarmoqlar faoliyati ham shu reyting asosida baholangan, shuningdek, veb-sahifani yuritishda uni sotsial tarmoqlar bilan integratsiyalashtirishga asos bo‘lib xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish