Sodiqova Shohida Mirzaahmadovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Akademik liseylarning fizika sohasiga tegishli maxsus kurslarni yaratish va o‘quv jarayoniga joriy qilish”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped513.
Ilmiy rahbar: Otajonov Shavkat, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.28.12.2017.Ped.01.09.
Rasmiy opponentlar: Nasriddinov Komiljon Raxmatovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Qahhorov Siddiq Qahhorovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: fizikani chuqurlashtirib o‘qitiladigan akademik liseylarda “Lazerlar va ularning amaliyotdagi o‘rni” maxsus kursni yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fizikani chuqurlashtirib o‘qitiladigan akademik lisey o‘quvchilarining ijodiy motivatsiyasi, fanga oid umumiy kompetensiyalarini shakllantirish, ilmiy, tavsifiy aspektlar asosida fan va ishlab chiqarish uyg‘unlashuvini ta’minlashga yo‘naltirilgan “Lazerlar va ularning amaliyotdagi o‘rni” maxsus kursi mazmuni ishlab chiqilgan;
fizikani chuqurlashtirib o‘qitishning pedagogik tayyorgarlik bosqichlariga oid metodik yondashuvlar namoyish tajribalarni yaratish va o‘tkazish, didaktik materiallarni tayyorlash va foydalanishdagi tabiiy hamda virtual muhit shakllarini o‘zaro integratsiyalashuvi imkoniyatlariga asoslanib tizimlashtirilgan;
maxsus kursni o‘qitish metodikasi o‘quvchilar faollashuviga qaratilgan axborot-ta’lim muhitida kompetensiyaviy yondashuvga ko‘ra mul`timediyali elektron qo‘llanma, videolavhalarni loyihalash asosida takomillashtirilgan;
akademik lisey pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi uchun lazer texnologiyalarini o‘qitish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan “Fizika va astronomiya fanlaridagi zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar” o‘quv moduli tuzilmasi va o‘quv metodik ta’minoti ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Akademik liseylarning fizika sohasiga tegishli maxsus kurslarni yaratish va o‘quv jarayoniga joriy qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
fizikani chuqurlashtirib o‘qitiladigan akademik lisey o‘quvchilarining ijodiy motivatsiyasini hamda fanga oid umumiy kompetensiyalarini shakllantirish, namoyish tajribalar o‘tkazish, didaktik materiallardan foydalanishga oid takliflari asosida “Lazerlar va ularning amaliyotdagi o‘rni” nomli o‘quv qo‘llanma yaratilgan va o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 6 fevraldagi 89-03-594-son ma’lumotnomasi). Ushbu o‘quv qo‘llanma akademik liseylarning o‘quv-metodik ta’minotini boyishiga va o‘quvchilarda hozirgi zamon fizikasining dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy bilim va tafakkur hamda amaliy ko‘nikma va malakalar, umumiy va tayanch kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qilgan;
lazer texnologiyalari bilan bog‘liq zamonaviy kasbiy kompetentligini shakllantirish, innovatsion ta’lim texnologiyalariga oid takliflari asosida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq (mintaqaviy) markazida akademik liseylar pedagog kadrlari malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining mutaxassislik fanlar blokidagi “Fizika va astronomiya fanlaridagi zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar” va tanlov o‘quv moduli mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 13 iyundagi 89-03-2312-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv modulning joriy etilishi o‘quv dastur hamda o‘quv-metodik majmuasini yaratishga va akademik lisey pedagog kadrlarning kasbiy kompetentlilik darajasini oshirishga xizmat qilgan;
maxsus kursni o‘qitishda axborot-ta’lim muhiti, mul`timediyali elektron qo‘llanmalar, videolavhalarni loyihalashga oid takliflari asosida ishlab chiqilgan o‘quv resurslari va vositalaridan akademik liseylar, kasb-hunar kollejlari va ixtisoslashgan maktablarida “Fizika” fanini o‘qitishning metodik tizimini takomillashtirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 6 fevraldagi 89-03-594-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv resurslari va vositalari o‘quvchilarda o‘quv faolligini, tadqiqotchilik, ijodiylik, amaliy ko‘nikma va malakalarni, o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetentligi va ta’lim samaradorligini oshishiga hamda oliy ta’lim muassasasi bilan uzviylik va uzluksizlikni ta’minlashga xizmat qilgan.