Isomiddinov Yo‘ldosh Yusubboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Abdurauf Fitrat ma’naviy-falsafiy merosining yangilanayotgan O‘zbekiston yoshlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi o‘rni”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fal619
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02.
Ilmiy rahbar: Karimov Sayimnazar, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Navro‘zova Gulchehra Negmatovna, falsafa fanlari doktori, professor; Siddiqov Ilyosbek Baxromovich, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Abdurauf Fitrat tarixiy - falsafiy merosini Yangi O‘zbekiston yoshlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasida yuzaga kelgan ijtimoiy-siyosiy vaziyatning barqarorlashuvida Abdurauf Fitratning milliy o‘zlikni anglash, ijtimoiy hamjihatlik, millatlararo totuvlik kabi ma’rifatparvarlik g‘oyalaridagi tolerantlikka asoslangan konstruktiv (bunyodkorlik) ahamiyati ochib berilgan;
Abdurauf Fitratni Vatanga muhabbat, ilm olish, kasb-hunar egallash, komillikga intilish kabi ma’rifiy-strategik qarashlarining zamon va makonga xos pozitivistik ustuvorlashuvi bugungi zamonaviy yoshlar axloqiy tarbiyasida birlamchi omil ekanligi falsafiy jihatdan asoslangan;
Abdurauf Fitratning jamiyat barqarorligi uchun ta’limni isloh qilish, yoshlarni zamonaviy ta’lim va madaniyatga yo‘naltirish kabi g‘oyalari jamiyat taraqqiyotini belgilovchi mafkura ekanligi ilmiy dalillangan;
Abdurauf Fitratning “Oila”  va “Munozara” asarlarida ilgari surilgan millatparvarlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik, barkamol shaxs tarbiyasi bilan bog‘liq qarashlari XX asr jamiyat boshqaruvi, davlatchiligi va ta’limdagi islohotlarning negizini tashkil etganligi mantiqiy isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Abdurauf Fitrat ma’rifatparvarlik qarashlarining ijtimoiy-falsafiy mohiyatini tadqiq etish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar va takliflar asosida:
XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasida yuzaga kelgan ijtimoiy-siyosiy vaziyatning barqarorlashuvida Abdurauf Fitratning milliy o‘zlikni anglash, ijtimoiy hamjihatlik, millatlararo totuvlik kabi ma’rifatparvarlik g‘oyalaridagi tolerantlikka asoslangan konstruktiv (bunyodkorlik) ahamiyatiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligining “2022-2023-yillarga qaratilgan chora-tadbirlar” dasturi va “Yo‘l xarita”sini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 7-iyundagi 05/21-43-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarni ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalash jamiyat taraqqiyotining garovi ekanligini inobatga olgan holda asoslangan dasturlarni ishlab chiqish va ularni takomillashtirishga xizmat qilgan;
Abdurauf Fitratni Vatanga muhabbat, ilm olish, kasb-hunar egallash, komillikga intilish kabi ma’rifiy-strategik qarashlarining zamon va makonga xos pozitivistik ustuvorlashuvi bugungi zamonaviy yoshlar axloqiy tarbiyasida birlamchi omil ekanligiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan nashr etilgan “O‘rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlari tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi” nomli ensiklopediyani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2023-yil 26-maydagi 02/273-son ma’lumotnomasi). Natijada, Abdurauf Fitratning ilm olish, kasb-hunar egallash kabi qarashlari zamonaviy shaxs tarbiyasida muhim omil sifatida xizmat qilgan;
Abdurauf Fitratning jamiyat barqarorligi uchun ta’limni isloh qilish, yoshlarni zamonaviy ta’lim va madaniyatga yo‘naltirish kabi g‘oyalari jamiyat taraqqiyotini belgilovchi mafkura ekanligiga oid ilmiy yangiliklar, taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining IV yo‘nalishida belgilangan “Vatanparvarlik tuyg‘ularini rivojlantirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari” nomli 18-bandidagi “Yoshlarda vatanparvarlik, milliylik g‘urur va iftixor tuyg‘ularini rivojlantirish, harbiylar, Vatan himoyachilariga hurmat uyg‘otish eng sharafli burch ekanligini keng targ‘ib qilish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar”da foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 19-iyundagi 230-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatimizda ma’naviy tahdidlarga qarshi kurash mexanizmlarini takomillashtirishga doir ilmiy-nazariy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
Abdurauf Fitratning “Oila” va “Munozara” asarlarida ilgari surilgan millatparvarlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik, barkamol shaxs tarbiyasi bilan bog‘liq qarashlari XX asr jamiyat boshqaruvi, davlatchiligi va ta’limdagi islohotlarning negizini tashkil etganligiga oid taklif va tavsiyalardan Samarqand radiosi tomonidan 2023-yili efirga uzatilgan “Samarqand sadosi” eshittirishining dastur ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 26-maydagi 01-07/185-son ma’lumotnomasi). Natijada Abdurauf Fitrat asarlaridagi ma’rifatparvar qarashlar va axloqiy tarbiya masalalarini keng jamoatchilikka etkazishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish